28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:41
Qishloq xoʻjaligi 👁 394

Nukusda Britaniya tajribasi orqali yer unumdorligini tiklash yoʻllari muhokama etildi

Nukusda Britaniya tajribasi orqali yer unumdorligini tiklash yoʻllari muhokama etildi

Orolboʻyi mintaqasida yerlarning degradatsiyasi va choʻllanish muammosi keskin tus olayotgan bir paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuproq unumdorligini qayta tiklash va suv resurslaridan oqilona foydalanish yoʻllarini izlash muhim ustuvor vazifaga aylanmoqda. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida ayni shu dolzarb mavzuga bagʻishlangan muhim ilmiy-amaliy tadbir – “Olti dyuym tuproq” nomli hujjatli film taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi vakillari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish va donorlar bilan ishlash boʻlimi masʼullari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlari, sohaviy ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, shuningdek, institutning professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va faol talaba-yoshlar ishtirok etdi. Xalqaro hamkorlik doirasidagi bunday muloqotlar mintaqadagi ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan yagona yondashuvni shakllantirishda muhim ahamiyatga kasb etdi.

Mazkur taqdimotdan koʻzlangan asosiy maqsad — degradatsiyaga uchragan yerlarning unumdor qatlamini qayta tiklash boʻyicha Buyuk Britaniyaning ilgʻor, innovatsion tajribasini chuqur oʻrganish hamda uni Qoraqalpogʻistonning shoʻrlangan va qurgʻoqchil sharoitida qoʻllash imkoniyatlarini atroflicha muhokama qilishdan iboratdir. “Olti dyuym tuproq” filmi aynan tuproqning hayotiy ahamiyati va uni saqlash usullariga bagʻishlangan boʻlib, u global iqlim oʻzgarishlari fonida mahalliy agrar sektorni barqaror rivojlantirishga undaydi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ekologik muammolar, tuproq resurslarining samarali boshqaruvi, barqaror qishloq xoʻjaligi amaliyotlari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida faol fikr almashishdi. Olimlar va mutaxassislar Orolboʻyi mintaqasidagi tuproq shoʻrlanishi va choʻllanish jarayonlariga qarshi kurashishda xorijiy innovatsiyalarni qoʻllashning ahamiyatini alohida qayd etib, buning uchun fan va amaliyot oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish lozimligini taʼkidlashdi.

Filmda yoritilgan ilgʻor tajribalar va innovatsion yondashuvlar institut olimlari va talabalarida katta qiziqish uygʻotdi. Institut rektori Berdiyar Jollibekov boshchiligida oʻtkazilgan muhokamada ishtirokchilar bu tajribani Qoraqalpogʻistonning tuproq-iqlim sharoitida qanday qilib muvaffaqiyatli joriy etish mumkinligi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Xususan, asosiy eʼtibor qurgʻoqchilikka chidamli, kam suv talab qiladigan navlarni joriy etish, suvni tejovchi agrotexnologiyalarni keng qoʻllash va tuproqni himoya qilishning organik usullarini rivojlantirishga qaratildi. Bu kabi ochiq muloqotlar yosh olimlar va talabalarni global muammolarga mahalliy yechim topishga undashi bilan birga, kelgusidagi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun yangi, amaliyotga yoʻnaltirilgan mavzular va yoʻnalishlar ochib berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Tadbir yakunlangandan soʻng, institut rektori Berdiyar Jollibekov Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi vakillarini institutdagi yangi, zamonaviy laboratoriyalar bilan tanishtirdi. Ushbu laboratoriyalar tuproq tarkibini aniq tahlil qilish va ilmiy hamkorlik uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilishi taʼkidlandi.

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida oʻtkazilgan ushbu tadbir Qoraqalpogʻistonning ekologik va qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, mintaqaning yashil iqtisodiyotga oʻtishini yanada jadallashtirish va bu jarayonda ilmiy asoslangan tajribalarni amaliyotga keng joriy etishga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026