Ona tili – millat ğururi, xalq ruhi
1989-yil 21-oktyabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Uşbu tarixiy sana munosabati bilan Amudaryo tumani Madaniyat bölimida bayram tadbiri bölib ötdi. Tadbirda madaniyat xodimlari, ijodkorlar, öqituvçilar hamda yoşlar iştirok etişdi. Tadbirni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi kotibiyati mudiri Mansur Örazboyev oçib berdi.
Mazkur sana xalqimizning maʼnaviy hayotida beqiyos ahamiyatga ega. Sababi, millatimizning özligini, ğururini va birligini ifodalaygan ona tili — bu xalqning yuragi, uning ruhiyati va tafakkur tarzidir.
Bayram tadbirda sözga çiqqanlar özbek tilining tarixiy ildizlari, boy merosi va bugungi kunda uni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritdilar. Taʼkidlandiki, til — bu xalqning özligini asrab qoladigan eng muhim omil, u milliy madaniyat, adabiyot, sanʼat va maʼnaviyatning poydevoridir.
Özbek tili tarix sahnasida şakllanişida va yuksak darajaga kötarilişida buyuk ajdodlarimizning hissasi beqiyos. Xususan, Mahmud Qoşğariy özining “Devonu luğotit turk” asari orqali turkiy tillarning boy luğaviy xazinasini yaratgan bölsa, bu asar özbek tilining ildizlarini örganişda bebaho manba bölib qolmoqda.
Şuningdek, Hazrat Alişer Navoiy özining daholarça ijodi bilan özbek adabiy tilini yuksak poğonaga olib çiqdi. “Muhokamat ul-luğatayn” asari orqali turkiy tilning, xususan özbek tilining gözalligi, boy ifoda imkoniyatlarini isbotlab berdi. Navoiy asarlari bugungi kunda ham milliy özligimizni anglaşda, tilimizga mehr va faxr bilan qaraşda bebaho maktabdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur esa nafaqat sarkarda, balki şoir, tarixçi va til fidoyisi sifatida özbek tilining sofligini saqlaş, uni adabiy til sifatida rivojlantirişga katta hissa qöşdi. Uning “Boburnoma” asari özbek tilining adabiy imkoniyatlarini amalda namoyon etgan ulkan tarixiy va badiiy yodgorlikdir.
Bugungi kunda ham davlat miqyosida özbek tilining nufuzini yanada oşiriş, uni xalqaro maydonda munosib öringa olib çiqiş yölida keng kölamli işlar olib borilmoqda. Til siyosatida erişilgan yutuqlar, özbek tili alifbosini takomillaştiriş, uni raqamli texnologiyalarga moslaştiriş borasidagi saʼy-harakatlar – bularning barçasi tilimizni zamon bilan hamnafas rivojlantiriş yölidagi izçil islohotlardir.
Prezidentimiz Özbek tili bayrami munosabati bilan xalqimizga yöllagan tabrigida taʼkidlaganidek, “farzandlarimizni ona tilimizga mehr qöyib, uning beqiyos boyligi va imkoniyatlaridan bahramand bölişga örgatiş maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaning ajralmas bir qismidir. Bu dolzarb masala ijodkor ziyolilarimiz, taʼlim-tarbiya, madaniyat, yoşlar, mahalla, xotin-qizlar taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatida doimo markaziy örinda turişi, butun jamiyatimizda umummilliy harakatga aylanişi kerak”.
Bayram tadbirida Madaniyat bölimining isteʼdodli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qöşiqlar, sahna körinişlari hamda badiiy çiqişlar iştirokçilarga bayramona kayfiyat ulaşdi. Diltortar navolar, ona tilimizni madh etuvçi qöşiqlar yuraklarga faxr va iftixor tuyğusini olib kirdi.
Özbek tili — bu tariximiz, bu madaniyatimiz, bu bizning faxrimizdir. Uni asraş, rivojlantiriş va kelajak avlodlarga bezavol yetkaziş har birimizning muqaddas burçimizdir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶