NIKOH ŞARTNOMASI VA UNING AFZALLIKLARI
Nikoh şartnomasi — bu nikohlanuvçi şaxslarning yoki er va xotinning nikohda bölgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovçi kelişuvidir. U oila quriş jarayonida huquqiy aniqlik kiritadi, kelajakda kelib çiqişi mumkin bölgan nizolarning oldini oladi.
TUZIŞ TARTIBI VA ŞAKLI
Qaçon tuziladi? Nikoh şartnomasi nikoh davlat röyxatiga olinguniga qadar ham, şuningdek, nikoh davrida ham tuzilişi mumkin.
Qaçon kuçga kiradi? Nikoh davlat röyxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh şartnomasi nikoh davlat röyxatiga olingan kundan boşlab kuçga kiradi.
Şakli: Nikoh şartnomasi yozma şaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanişi lozim.
MULKIY HUQUQ VA MAJBURIYaTLAR
Er va xotin nikoh şartnomasiga köra quyidagilarni belgilaşga haqlidir:
Mulkka egalik tartibi: Birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini özgartirişga, er va xotinning barça mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birlikdagi, uluşli yoki alohida egalik qiliş tartibini örnatişga.
Qamrov: Nikoh şartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bölğusi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilişi mumkin.
Boşqa majburiyatlar: Özaro moddiy taʼminot beriş, oila xarajatlarini kötariş, bir-birining daromadida iştirok etiş, boşqa şaxslar bilan mulkiy şartnomalar tuziş, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş böyiça öz huquq va majburiyatlarini belgilab olişga.
Ajrim holatidagi mulk: Nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olişga.
ÖZGARTIRIŞ VA BEKOR QILIŞ
Kelişuv asosida: Nikoh şartnomasi er-xotinning kelişuvi bilan istalgan vaqtda özgartirilişi yoki bekor qilinişi mumkin. Uning özgartirilişi yoki bekor qilinişi ham şartnomaning özi qanday şaklda tuzilgan bölsa, şunday şaklda (notarial tasdiqlangan) amalga oşiriladi.
Bir tomonlama boş tortişga yöl qöyilmaydi.
Sud orqali: Nikoh şartnomasi er-xotindan birining talabi bilan Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan özgartirilişi yoki bekor qilinişi mumkin.
Amal qiliş muddati: Nikoh tugatilgan paytdan boşlab nikoh şartnomasining amal qilişi ham tugaydi, nikoh şartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uçun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.
NIKOH ŞARTNOMASINING AFZALLIKLARI
Mulkni aniq belgilaydi: Mulkka egalik huquqini oldindan aniqlaydi.
Ajrim holatida adolatli taqsimot: Nizoli holatlarda mulkiy ajrim jarayonini tezlaştiradi va adolatli ötişini taʼminlaydi.
Har ikki tomonning huquqlarini himoya qiladi: Er va xotinning mulkiy manfaatlarini teng kafolatlaydi.
Özaro işonçni kuçaytiradi: Moliyaviy munosabatlarda şaffoflikni örnatadi.
M. Eşmuradova, Amudaryo tumani FHDYo bölimi mudirasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶