28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Jamiyat 👁 550

Nukusda "Cyber Month" oyligiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi

Nukusda "Cyber Month" oyligiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi

Raqamli texnologiyalar hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgan bir paytda kiberxavfsizlik va raqamli madaniyat masalasi milliy xavfsizlik darajasida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida "Kibermadaniyatni oshirish va kibergigiyenani shakllantirish oyligi" oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan oylik doirasidagi tadbirlar haqida keng jamoatchilik vakillariga va OAV orqali aholiga batafsil maʼlumot berish, shuningdek, raqamli makondagi tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishga chaqirishdan iborat.

Matbuot anjumanida Qoraqalpogʻistonda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat organlarining matbuot xizmatlari rahbarlari, blogerlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Anjumanda taʼkidlanganidek, bugungi kunda internetdan foydalanuvchilar sonining ortishi bilan birga kiberjinoyatlar, onlayn firibgarlik, shaxsiy maʼlumotlarning oʻgʻirlanishi va shu kabi xavf-xatarlar ham kuchayib bormoqda. Ayniqsa, yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, ularni internetdagi tahdidlardan himoya qilish va "kibergigiyena" qoidalariga rioya etishlarini taʼminlash davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylangan.

Anjumanda masʼul tashkilotlar vakillari "Kibermadaniyatni oshirish va kibergigiyenani shakllantirish oyligi" doirasida Qoraqalpogʻistonning barcha shahar va tumanlarida, ayniqsa, taʼlim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda keng qamrovli tadbirlar oʻtkazilishini maʼlum qildilar. Oylik davomida shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, yaʼni kuchli parollardan foydalanish, ikki bosqichli autentifikatsiya xizmatini yoqish va boshqa kiberxavfsizlik choralari boʻyicha seminar-treninglar, ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlik holatlaridan ogoh boʻlish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, oylik doirasida yoshlar oʻrtasida kibermadaniyatni targʻib qiluvchi tanlovlar va aktsiyalar oʻtkazish, davlat xizmatchilarining raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Aytish joizki, bugungi kunda Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalar, elektron tijorat va onlayn bank xizmatlarining jadal rivojlanishi bilan bir qatorda, kiberjinoyatchilik va internetdagi firibgarlik holatlari ham ortib bormoqda. Firibgarlar doimiy ravishda yangi va murakkab aldov usullarini oʻylab topishmoqda.

Eng keng tarqalgan usullardan biri – firibgarlarning "Bank xodimi" yoki "Toʻlov tizimi vakili" sifatidagi qoʻngʻirogʻidir. Ular mijozga notanish raqamdan qoʻngʻiroq qilishib, oʻzini "Markaziy bank", "Click yoki Payme kompaniyasi" xodimi sifatida tanishtiradi va "Kartangiz bloklandi", "Sizning nomingizga kredit rasmiylashtirilmoqda", "Kartangizga hujum boʻldi" yoki "Aktsiya gʻolibi boʻldingiz" kabi bahonalar bilan plastik karta maʼlumotlarini hamda mijozning telefoniga kelgan SMS-kodni olishga harakat qilishadi. Bunday holatda hech kimga, u hatto bank xodimi boʻlsa ham, SMS-kodni aytmang!

Shuningdek, firibgarlar onlayn eʼlonlar saytlaridagi soxta xaridorlar yoki sotuvchilar sifatida, Telegram'dagi soxta guruhlar va "Investitsiya" loyihalarining vakillari sifatida oʻzini tanishtirib, yoki "Siz sovrin yutdingiz!", “Aktsiyada gʻolib boʻldingiz” kabi yolgʻon axborot bilan foydalanuvchilarning mobil qurilmalari, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari yoki bank plastik kartalariga ulanishga harakat qilishadi. Bunday aldovlarga ishonmaslik, shubhali koʻringan havolalarni ochmaslik va qoʻngʻiroqlarga javob bermaslik eng toʻgʻri yoʻldir.

Matbuot anjumani davomida soha mutaxassislari jurnalistlarga oylik doirasida tashkillashtirilayotgan tadbirlar haqida keng turda maʼlumotlar berish bilan bir qatorda ularning kiberxavfsizlik boʻyicha savollariga ham batafsil javoblar berdilar.

Ushbu oylikning asosiy maqsadi – aholi, ayniqsa, yosh avlod ongida raqamli makonning imkoniyatlari bilan birga uning xatarlari haqida ham aniq tushuncha hosil qilish, kibergigiyenaga rioya qilishni kundalik odatga aylantirish ishlariga hissa qoʻshishdan iboratdir. Bu kabi tadbirlar Qoraqalpogʻistonda xavfsiz, shaffof va madaniyatli raqamli muhitni yaratishga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026