28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:02
Jamiyat 👁 453

Qoraqalpogʻistonda "Fuqarolik jamiyati haftaligi" boshlandi

Qoraqalpogʻistonda "Fuqarolik jamiyati haftaligi" boshlandi

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada oshirish va ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini mustahkamlash borasidagi islohotlar doirasida 2025-yil 17-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ga start berildi. Ushbu muloqot maydonining asosiy maqsadi sohada amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va uni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Taʼkidlash joizki, Prezidentning maxsus farmoniga muvofiq, mazkur haftalik har yili dekabr oyining birinchi haftasida oʻtkazilishi belgilangan.

Haftalik doirasida 17-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida yuzga yaqin soha vakillari ishtirokida “Fuqarolik jamiyati institutlari bilan ochiq muloqot va milliy forumi” oʻtkazildi. Forumda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi Sharapat Otemisov soʻzga chiqib, yigʻilganlarni  fuqarolik jamiyati haftaligi bilan tabriklab  bugungi forumni ochib berdi.

Forumda sohaga doir milliy qonunchilik, nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy barqarorligi, uning faoliyatida fuqarolar ishtiroki va jamoatchilik nazorati, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlik hamda fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish va raqamlashtirish kabi mavzular muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari uchun tom maʼnoda yangi davr boshlandi. 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etishi belgilab qoʻyildi. Birgina joriy yilda sohaga oid 20 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi , shu jumladan, 2025-yil 21-avgustdagi qonun bilan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga doir 10 ta qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.

Sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi ham tubdan takomillashtirildi. Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi qayta tashkil etilib, Fond mablagʻlarini boshqarish uchun Oliy Majlis Senatining 8 nafar aʼzosi va Qonunchilik Palatasining 8 nafar deputatidan iborat Parlament komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Natijada, joriy yilda fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashga 1 trillion 200 milliard soʻm mablagʻ jalb qilindi. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida Jamoat fondi tomonidan 2 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi va 19 ta davlat granti loyihalari 3 mlrd 724 mln soʻmlik mablagʻ evaziga moliyalashtirilib, ularning 14 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Forum doirasida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi bilan davlat tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Shuningdek, forumning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun delegatlar saylanib, ommaviy axborot vositalari vakillariga haftalik davomida oʻtkaziladigan tadbirlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026