GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TARĞIBOT MATERIALLARI TARQATILDI
Korruptsiya öz-özidan paydo bölmaydi, bu illat qaysi sohada ildiz otişidan qatʼiy nazar, albatta inson omili iştirokida sodir böladi. Xususan, iqtisodiy faoliyatga örnatilgan turli xildagi çeklovlar, ayniqsa, amaldorlarning keng, fuqarolik nazoratidan xoli, qöl ostidagi xodimlariga nisbatan çeklanmagan ruxsat beriş yoki taqiqlaş vakolatlari poraxörlikka zamin yaratadi. Şu bilan birga yirik mablağlarga ega bölgan işbilarmonlar daromadlarini yanada köpaytiriş maqsadida hamda raqobat maydonida alohida imtiyozlarga ega böliş uçun katta miqdordagi pora evaziga amaldorlarni öz ixtiyorlariga böysundirib olişga intilişlari oqibatida davlat va jamiyat uçun jiddiy zarar keltiruvçi iqtisodiy jinoyatlarni — uyuşgan korruptsiyaviy holatlar sodir böladi.
Bunday salbiy holatlarning oldini olişda va korruptsiyaga qarşi kuraşişda eng faol tarğibotçi sifatida jahon miqyosida, şu jumladan mamlakatimizda ham ommaviy axborot vositalarining roli oşib bormoqda. Ommaviy axborot vositalari vakillari doimiy ravişda xalq orasiga kirib borib, fuqarolar ongida korruptsiya illatiga qarşi murosasizlik tuyğusini uyğotiş bilan birga jamiyatdagi ijtimoiy kayfiyatni faollik bilan yoritib bormoqda.
Amudaryo televideniyesi tahririyatining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölinmasi tomonidan moliyalaştirilgan "Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid" nomli grant loyihasi doirasida aholi keng qatlamlari iştirokida amalga oşirilayotgan uçraşuv va davra suhbatlari, oçiq va oşkora muloqot tarzidagi malakali huquqşunoslarni jalb qilgan holda taşkillaştirilayotgan savol-javob tadbirlari korruptsiyaga qarşi kuraş borasidagi aholining huquqiy madaniyatini hamda ularning ijtimoiy faolligini oşiriş imkonini bermoqda.
Loyiha koordinatorlari tomonidan navbatdagi korruptsiyaga qarşi kuraş böyiça tarğibot-taşviqot tadbiri Amudaryo tumanining Döstlik mahallasi hududida ötkazildi. Loyiha iş rejasiga asosan mahalla hududida joylaşgan tuman Içki işlar bölimi, Soliq inspektsiyasi, Döstlik mahalla fuqarolar yiğinida faoliyat olib boruvçi davlat xizmatçilari hamda davlat xizmatlaridan foydalanuvçi fuqarolarga korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça tarqatma vositalar, bukletlar va plakatlar tarqatiş orqali aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantirişga hissa qöşildi.
Tadbir jarayonida davlat xizmatçilari va davlat xizmatlaridan foydalanuvçilar "Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid" nomli grant loyihasi koordinatorlari tomonidan taqdim etilgan tarğibot-taşviqot vositalari bilan tanişib, korruptsiya illatiga qarşi kuraş böyiça öz fikrlarini bildirdilar. Şu bilan birga, mamlakatimizning korruptsiyadan xoli, yuksak taraqqiy etgan davlat sifatida dunyo miqyosida yuqori nufuzga ega bölişi uçun korruptsiyaga qarşi kuraşişda keng jamoatçilik nazorati va hamjihatlikdagi saʼy-harakatlari muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladilar.
Tahririyat tomonidan amalga oşirilayotgan bu kabi çora-tadbirlar haqiqatan ham aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantirib, korruptsiyaning oldini olişga, jamiyatda hamjihatlik va uyuşqoqlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶