28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:21
Iqtisodiyot 👁 1,416

Kichik sanoat zonasidagi istiqbolli loyihalar: Amudaryo sanoatining yangi drayverlari

Kichik sanoat zonasidagi istiqbolli loyihalar: Amudaryo sanoatining yangi drayverlari

Mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik sanoat zonalari faoliyatini jadallashtirish va shu orqali hududlarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Amudaryo tumanida ham mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlashga asoslangan, eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar soni ortib bormoqda. Amudaryo tumani prokurori Bahram Masharipov hamda tuman hokimi oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Hamza Haytimbetovlar tumanning Navoiy mahallasi hududida joylashgan kichik sanoat zonasida boʻlib, u yerda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, tadbirkorlarning muammo va takliflari bilan yaqindan tanishdilar.

Oʻrganishlar davomida dastlabki manzil “OYBEK MEBEL” masʼuliyati cheklangan jamiyati boʻldi. Mazkur korxona faoliyati kichik biznesning qanday qilib bosqichma-bosqich rivojlanib, yirik ishlab chiqaruvchiga aylanishi mumkinligiga yorqin misoldir. Korxona dastlab 2021-yilda umumiy qiymati 400 million soʻm boʻlgan loyiha doirasida, bank kreditlarisiz, toʻliq oʻz mablagʻlari hisobiga eshik va yumshoq mebellar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan edi. Oʻsha vaqtda 6 ta ish oʻrni yaratilgan boʻlsa, bugungi kunga kelib korxona oʻz ishlab chiqarish salohiyatini sezilarli darajada kengaytirishga erishdi. Hozirda korxona nafaqat standart mahsulotlar, balki aholi va tashkilotlarning buyurtmasi asosida barcha turdagi zamonaviy mebel jihozlarini yuqori sifatda tayyorlab kelmoqda. Ishlab chiqarish hajmining ortishi natijasida ish oʻrinlari soni 10 tadan oshirilib, mahalliy yoshlarning bandligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshilmoqda.

Sanoat zonasidagi yana bir eʼtiborga molik loyiha — “AMU METAL KOVKA ART” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyatidir. Bu korxona tarixi haqiqiy ustoz-shogird anʼanalariga va oilaviy tadbirkorlik qadriyatlariga asoslanadi. Amudaryolik tadbirkor Jasur Bobojonov oʻz mehnat faoliyatini otasining yonida, kichik ustaxonada oddiy ishchi sifatida boshlagan edi. Tinimsiz izlanish va tajriba orttirish natijasida bugun u yirik korxona rahbariga aylandi. Ayni paytda korxonada butun hududga mashhur boʻlgan “Amu teplo” brendi ostida isitish qozonlari ishlab chiqarilmoqda. Ushbu qozonlarning afzalligi — energiya tejamkorligi va yuqori samaradorligidadir. Masalan, birgina xonadon yoki issiqxonani qishning sovuq kunlarida bir kecha-kunduz davomida isitish uchun atigi 30–50 kilogramm koʻmir sarflanishi aholi uchun juda katta iqtisodiy foyda demakdir.

Bundan tashqari, korxonada temir eshik va darvozalar, shuningdek, milliy va zamonaviy uslubdagi metall dekorativ buyumlar ham tayyorlanmoqda. Bu jarayonlarga 10 nafar doimiy ishchi jalb qilingan boʻlib, mavsumiy ishlar paytida qoʻshimcha xodimlar va hunar oʻrganish ishtiyoqidagi yosh shogirdlar bilan bandlik qamrovi yanada kengayadi.

Jasur Bobojonov oʻz biznesini kengaytirish maqsadida Kichik sanoat zonasida ajratib berilgan bino-inshootlarni garov taʼminoti sifatida qoʻyib, imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qildi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qildi.

Sanoat zonasining eksport salohiyatini oshirishda esa “AL-KAFIL BIZNES PLAST” masʼuliyati cheklangan jamiyatining oʻrni alohida. Tadbirkor Allabergan Ernazarov rahbarlik qilayotgan ushbu korxona mahsulotlari geografiyasi bugungi kunda nafaqat Amudaryo tumani yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, balki Xorazm, Navoiy, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarini ham qamrab olgan. Korxonada bugungi kunda 15 nafarga yaqin ishsiz fuqaro doimiy daromad manbaiga ega. Oʻz faoliyatini 2019-yilda Xalq banki tomonidan ajratilgan 37 ming AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit hisobiga Xitoy Xalq Respublikasidan zamonaviy dastgohlar olib kelish bilan boshlagan tadbirkor qisqa vaqt ichida katta natijalarga erishdi.

Ayni paytda jamiyatga qarashli tsexda aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur boʻlgan 10 dan ortiq turdagi, har xil hajm va shakldagi sifatli xoʻjalik plastmassa buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarishni toʻxtovsiz rivojlantirish maqsadida tadbirkor 2025-yilda Xitoy davlatidan qoʻshimcha 100 ming AQSh dollarlik yuqori texnologik asbob-uskunalarni olib kelib oʻrnatdi. Bu esa mahsulot tannarxini arzonlashtirish va sifatini oshirish imkonini berdi. Korxonaning kelajak rejalari ham ulkan boʻlib, 2026-yilda yana qoʻshimcha 60 ming AQSh dollarlik yangi liniyalarni ishga tushirish koʻzda tutilgan.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Amudaryo tumanining Navoiy mahallasi hududidagi kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan bu kabi korxonalar tuman iqtisodiyotining lokomotiviga aylanib, aholi farovonligini oshirish hamda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim rol oʻynamoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026