28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:33
Jamiyat 👁 491

QORAQALPOGʻISTONDA OQOVA SUV TIZIMI TUBDAN MODERNIZATsIYa QILINMOQDA

QORAQALPOGʻISTONDA OQOVA SUV TIZIMI TUBDAN MODERNIZATsIYa QILINMOQDA

Inson salomatligi va atrof-muhit musaffoligini taʼminlashda zamonaviy kommunal infratuzilma, xususan, oqova suv tizimlarining oʻrni beqiyosdir. Soʻnggi yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash barobarida, kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugungi kundagi real holatga nazar tashlaydigan boʻlsak, Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholini markazlashgan oqova suv xizmati bilan qamrab olish darajasi 5,4 foizni tashkil etadi. Respublika miqyosida jami 223,2 kilometr oqova suv tarmoqlari va 80 ta nasos stantsiyalari faoliyat yuritmoqda. Shundan salmoqli qismi, yaʼni 162,6 kilometr tarmoq, 49 ta nasos stantsiyasi va 1 ta oqova suv tozalash inshooti Nukus shahri hissasiga toʻgʻri keladi.

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining hududiy boshqarmasi xodimlari Nukus shahridagi oqova suv inshootlarida boʻlib, tizimning bugungi holati va modernizatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Koʻpchilik oqova suv inshooti deganda faqat quvurlarni tushunadi. Aslida esa bu murakkab texnologik jarayondir. Oqova suv tozalash inshootlarining asosiy maqsadi — aholi yashash punktlari va sanoat korxonalaridan chiqayotgan ifloslangan suvlarni qabul qilib, ularni zararsizlantirish va tabiatga qaytarishdan iborat.

Bu jarayon bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi. Birinchi bosqichda suv mexanik usulda yirik chiqindilar, qum va boshqa qattiq jismlardan tozalanadi. Ikkinchi — biologik tozalash bosqichida esa maxsus mikroorganizmlar yordamida suv tarkibidagi organik ifloslantiruvchi moddalar parchalanadi. Soʻnggi bosqichda suv xlorlash yoki ultrabinafsha nurlari yordamida zararsizlantirilib, ekologik talablarga javob beradigan holatda suv havzalariga oqiziladi.

Har bir tozalash inshootida faoliyat yuritadigan maxsus laboratoriyalar tizimning "yuragi" hisoblanadi. Nukus shahridagi oqova suv tozalash inshooti laboratoriyasida mutaxassislar tomonidan suvning tarkibi doimiy nazorat qilib boriladi. Laboratoriya xodimlari suvning tiniqligi, kimyoviy kislorod isteʼmoli, azot va fosfor miqdori, shuningdek, patogen bakteriyalar mavjudligini tahlil qiladilar. Bu tahlillar tozalangan suvning daryo va kanallarga oqizilganda oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazmasligini kafolatlaydi.

Hududdagi sanitariya-epidemiologik vaziyatni tubdan yaxshilash maqsadida Jahon banki ishtirokida yirik investitsion loyihalar boshlangan. Xususan, 2024–2027-yillarga moʻljallangan, umumiy qiymati 78 million AQSh dollariga teng boʻlgan loyiha doirasida Nukus shahri, Taxiatosh va Xoʻjayli tumanlarida keng koʻlamli qurilish-rekonstruktsiya ishlari amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida sutkasiga 45,2 ming kub metr oqova suvni tozalash quvvatiga ega boʻlgan 3 ta yangi inshoot qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 142,3 kilometr uzunlikdagi yangi oqova suv tarmoqlari tortiladi va mavjud nasos stantsiyalari modernizatsiya qilinadi.

Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Nukus shahrining oʻzida 192,5 kilometr tarmoqni yangilash va 17 ta nasos stantsiyasini taʼmirlash koʻzda tutilgan.

Ushbu saʼy-harakatlar natijasida nafaqat ekologik barqarorlik taʼminlanadi, balki aholi turmush sifati sezilarli darajada oshadi. Loyihalar yakuniga yetgach, qoʻshimcha 89,6 ming nafar aholi markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ulanadi. Natijada hududda jami 98,8 ming nafar aholi zamonaviy oqova suv xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bu oʻzgarishlar Orolboʻyi mintaqasida yashovchi aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va shahar infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026