Isteʼmolçilik madaniyati — halollik va farovonlik sari yöldir
Mamlakatimizda isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş sohasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Asosiy Qomusimiz — Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham iqtisodiy faoliyatda davlat isteʼmolçilar huquqi ustunligini hisobga olişi kafolatlab qöyilgan. Şuningdek, 1996-yilning 26-aprel sanasida bu boradagi yaxlit huquqiy hujjat — “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Bugungi kunda zamon taraqqiyoti bilan yangi iş, xizmatlar va tovarlarning yangi turlari paydo bölişi isteʼmolçilarning turli sohalar böyiça huquqlarini samarali himoya qilişni, bu boradagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni yanada takomillaştirişni taqozo etmoqda. Şunga muvofiq mavjud qonunçilikka özgartirişlar va qöşimçalar kiritildi. Unga köra, isteʼmolçi va sotuvçi, işlab çiqaruvçi hamda xizmat körsatuvçi örtasidagi huquqiy munosabatlarga ustuvorlik berilib, şartnoma hujjatlariga isteʼmolçilarning huquqlarini kamsitadigan şartlar kiritilişiga yöl qöymaslik talablari kiritilgani özining ijobiy samarasini bermoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasi tizimidagi Amudaryo tumani Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati tomonidan sohaga oid qonunçilik hujjatlari, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişdagi ahamiyati yuzasidan amalga oşirilayotgan tarğibot-taşviqot tadbirlari tufayli tuman hududida isteʼmolçilar huquqlari buzilişining oldi olinib, bu boradagi muammoli masalalar joylarda ijobiy hal etilmoqda.
Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasida ötkazilgan uçraşuvda taʼkidlanganidek, 2025-yil davomida isteʼmolçilar huquqlarini samarali himoya qiliş maqsadida jamiyat tomonidan tumandagi ovul va mahallalarda faoliyat olib boruvçi “Mahalla yettiligi” aʼzolari hamda korxona va taşkilotlar hamkorligida 4 ta tayanç guruhi taşkil etilib, ular tarkibidagi köngilli aʼzolar soni 2000 nafarga yetkazildi. Uşbu tayanç guruhlari tomonidan tumanning barça hududlarida “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi, “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi, “Ijtimoiy şeriklik töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan isteʼmolçilarga keng tuşunçalar berilib, huquqiy savodxonlik maşğulotlari olib borildi. “Yuksak isteʼmol madaniyati sari”, “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişda qonun ustuvorligi” mavzularida tumanning 35 ta hududidagi ovul va mahallalarida davra suhbatlari taşkil etilib, ularga barça yoş toifalaridagi isteʼmolçilar qamrab olindi.
Ayniqsa, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaşga qaratilgan nazorat tadbirlarida aholining faol iştiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu sababli aholi gavjum joylarda tuşuntiriş-tarğibot işlari taşkil qilinmoqda. Bozorlar va boşqa jamoat joylarida ötkazilayotgan uçraşuvlarda aholiga amaldagi qonunçilik va isteʼmolçilarning qonun bilan kafolatlangan huquqlari haqida maʼlumotlar berilmoqda.
Jamiyat tomonidan 2025-yil davomida tumanning 6 ta mahallasida jamoatçilik tartibida ötkazilgan örganişlar natijasida rasmiylaştirilgan isteʼmolçilar huquqlari buzilişi bilan boğliq maʼlumotlar zarur çoralar köriş uçun tuman hokimligiga, nazorat qiluvçi organlarga hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasi markaziy apparatiga kiritildi.
“Isteʼmolçilar huquqlarini samarali himoya qilişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori ijrosini taʼminlaş, şuningdek, aholining isteʼmolçi sifatidagi bilimi va savodxonligini oşirişga qaratilgan dasturlar doirasida olib borilayotgan izçil çora-tadbirlar natijasida Amudaryo tumani Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga kelib tuşgan 26 ta murojaat joylariga çiqqan holda örganilib, ularning barçasi ijobiy hal etildi va isteʼmolçilarga tegişli mablağlar undirib berildi.
Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş, ularning murojaatlari bilan işlaşda şaffoflik va samaradorlikni taʼminlaş borasidagi işlarni yanada yaxşilaşga qaratilgan saʼy-harakatlar nafaqat jamiyat aʼzolarining, balki har bir fuqaroning zimmasidagi masʼuliyatli vazifasidir. Zero, isteʼmolçilik madaniyati — halollik va farovonlik sari yöldir.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶