28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:15
Fan va taʼlim 👁 311

“Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida “Baday toʻqay” qoʻriqxonasiga maroqli sayohat uyushtirildi

“Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida “Baday toʻqay” qoʻriqxonasiga maroqli sayohat uyushtirildi

Tabiatni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni barqaror saqlash, bu boradagi inqirozlarning oldini olish bugungi kunda dunyo miqyosidagi ulkan ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy muammoga aylangan. Mamlakatimizda ham ekologiya bilan bogʻliq muammolarni tizimli ravishda hal etish, ayniqsa, bu borada yoshlarning ekologik savodxonligi va madaniyatini oshirish, tabiat, atrof-muhitga muhabbat bilan qarashga oʻrgatish maqsadida targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilib, bu kabi tadbirlarga barcha yosh toifasidagi fuqarolar, ayniqsa, umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlari keng qamrab olinmoqda.

Amudaryo tumanida faoliyat olib boruvchi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” nomli grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlarida ham tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan “Yosh ekolog” toʻgaragi aʼzolari faol ishtirok etishmoqda. Mazkur toʻgarak aʼzolari loyiha koordinatorlari bilan birgalikda hududlarni obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida “Oila bogʻi”ni yaratish kabi tadbirlarda faollik koʻrsatishmoqda.

Joriy yilning 20-dekabr sanasida “Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Yosh ekolog” toʻgaragi aʼzolari ishtirokida Beruniy tumanidagi “Baday toʻqay” qoʻriqxonasiga uyushtirilgan sayohat ham oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida tabiatga muhabbat tuygʻusini mustahkamlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Sayohat avvalida oʻquvchi-yoshlar Amudaryo biosfera rezervati tarkibidagi “Baday toʻqay” qoʻriqxonasi faoliyati, mazkur qoʻriqxonaning fauna va florasi, tabiiy boyligi haqida hikoya qiluvchi “Baday toʻqay qoʻriqxonasi” muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. Muzey masʼullari tomonidan toʻqayzor hududida oʻsuvchi dov-daraxtlar, hayvonot dunyosi toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, yosh ekologlarga qoʻriqxona hududiga yilning toʻrt faslida uchib keluvchi qushlar va ularning turlari, Buxoro xonguli va saygʻoqlarni koʻpaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar boʻyicha batafsil maʼlumotlar taqdim etilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar ham berildi.

Shundan soʻng yosh ekologlar “Barkamol avlod” bolalar maktabining turizm va ekologiya yoʻnalishi boʻyicha uslubchisi Xolida Yoʻldoshboyeva, “Yosh ekolog” toʻgaragi rahbari Matluba Allaberganova hamda loyiha koordinatorlari hamrohligida “Baday toʻqay” qoʻriqxonasi boʻylab, tabiat bagʻriga maroqli sayohat oʻtkazildi. Sayohat jarayonida oʻquvchi-yoshlar qoʻriqxonaning noyob oʻsimliklar dunyosi, musaffo, goʻzal va betakror tabiatidan bahra oldilar.

Yoshlar ongida ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuygʻularini mustahkamlash, ularni tabiatni nafaqat sevishga, balki atrofimizni oʻrab turgan tabiiy yashil olamni asrab-avaylash, bu betakror goʻzallikni yanada boyitish borasida oʻz shaxsiy hissalarini qoʻshishga daʼvat etish maqsadida tashkillashtirilgan mazkur sayohat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026