Vatanparvarlik oyligi davom etmoqda
Mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqatli, jasur insonlar qilib kamolga yetkaziş bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ona Vatanni şunçaki seviş emas, kindik qoni tomgan tabarruk makonni fidoyilik bilan himoya qiliş, şu muqaddas makon bilan faxrlaniş tuyğusi bilan yaşaşga örgatiş, ana şunday sadoqatli yoşlar hisobiga milliy armiyamiz tarkibini mustahkamlaşga qaratilgan amaliy çora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
Bu borada Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari va hamkor taşkilotlar tomonidan çegaraoldi hududlarda istiqomat qiluvçi yoşlar örtasida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida olib borilayotgan vatanparvarlik mavzusidagi tarğibot-taşviqot tadbirlari özining ijobiy samarasini bermoqda va kundan-kunga uşbu tadbirlarda qatnaşiş istagidagi yoşlar qamrovi ortib bormoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni bayramiga tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada ötkaziş dasturini ijro etiş töğrisida”gi farmoniga köra, ayni kunlarda mamlakatimizning barça hududlarida “Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan yoşlar iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy mavzulardagi uçraşuvlar, Qurolli Kuçlarimizning bugungi qudrati xususidagi muloqot tadbirlari ötkazilmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri yaqinda Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari harbiy qismi harbiy xizmatçilari va Amudaryo tumani mutasaddi taşkilotlari masʼullari bilan hamkorlikda amalga oşirildi. Tumanning çegaraoldi hududida joylaşgan maktab öquvçilari iştirokida ötkazilgan “Oçiq eşiklar kuni” tadbirida yuqori sinflar öquvçilari, ularning çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilari iştirok etdilar.
Tadbirda maktab öquvçilariga Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari harbiy zobitlari tomonidan Milliy Armiyamizning bugungi qudrati, harbiylar salohiyati, Qurolli Kuçlarining jangovarlik holati töğrisida qimmatli maʼlumotlar taqdim etildi. Şuningdek, tadbir jarayonida zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-aslahalar, xizmat hayvonlaridan harbiy xizmat jarayonida foydalaniş töğrisida körgazmali çiqişlar namoyiş qilindi. Ayniqsa, harbiy xizmat jarayonida xizmat itlaridan foydalaniş borasidagi körgazmali çiqiş yoşlarda katta qiziqiş uyğotdi. Unda xizmat itining turli buyruqlarni benuqson bajarişi, şuningdek, şartli çegara buzuvçini uşlab berişdagi jasorati ona Vatan himoyaçisi böliş orzusidagi yoşlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
“Oçiq eşiklar kuni” tadbiri davomida harbiy xizmatçilar bilan maktab öquvçilari iştirokida davra suhbati ham ötkazildi. Davra suhbati maktab öquvçilari uçun qiziqarli taassurotlarga boy böldi. Unda öquvçi-yoşlar harbiy xizmat yönalişlari, mamlakatimizdagi oliy hamda örta maxsus harbiy bilim yurtlaridagi mutaxassisliklar, mazkur bilim yurtlariga qabul jarayonlari, Qurolli Kuçlar safida xizmat qiliş qonun-qoidalari böyiça özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va barça savollariga harbiylar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
Şuningdek, tadbir davomida yoşlar örtasida sportning arqon tortiş yönalişi böyiça kuç sinaş musobaqalari hamda maktab öquvçilari va harbiy xizmatçilari örtasida “Zakovat” intellektual öyini taşkillaştirildi. Arqon tortişiş musobaqalari hamda “Zakovat” intellektual öyinida faollik körsatgan ğolib jamoaga diplom va esdalik sovğalar topşirildi.
“Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi bu kabi tadbirlar Qoraqalpoğiston Respublikasi böylab davom etmoqda.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶