“Ekologik madaniyat — soğlom kelajak asosi” loyihasi doirasida öquv-seminari iştirokçilariga LED lampoçkalar tarqatildi
Ekologik vaziyat bilan boğliq muammolarni hal etişga hissa qöşiş bugungi kunda har bir ongli insonning zimmasidagi eng dolzarb va keçiktirib bölmaydigan masʼuliyatli vazifaga aylandi. Butun dunyoda röy berayotgan global iqlim özgarişlari bilan boğliq ekologik falokatlar, inson omili natijasidagi tabiatga nisbatan şafqatsizlarça munosabat tufayli sodir bölayotgan mislsiz tabiiy yöqotişlar har bir ongli insonni öylanib iş qilişga daʼvat etadi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasida: “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bölişga majburdirlar”, deb belgilab qöyilgani xalqimiz oldiga nafaqat hozirgi davr insonlari, balki kelgusi avlod taqdirini öylab hal etilişi lozim bölgan masalalarni köndalang qilib qöymoqda. Çunki olimlarning hisob-kitoblariga köra, yer yuzini örab turgan atmosfera qatlamining 78 foizini azot, 21 foizini kislorod, 1 foizini nafas olişimiz uçun zarur bölgan boşqa moddalar taşkil qilar ekan. Agar ana şu muvozanat buzilsa, yer sayyorasi yo olov içida qoladi, yo inson yaşab bölmaydigan makonga aylanadi.
Demak, tabiiy resurslardan tejab-tergab, oqilona foydalaniş, ekologik muvozanatni meʼyorida uşlab turiş, tabiatdan faqat olişni emas, uni boyitib borişni ham har bir inson öz burçi deb bilmoği joiz.
Bu haqda Amudaryo tumanida faoliyat olib boruvçi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Ekologik madaniyat — soğlom kelajak asosi” nomli loyihasi doirasida joriy Amudaryo tumani Mahallalar kengaşi bilan hamkorlikda taşkillaştirilgan öquv-seminarida atrofliça fikr yuritildi.
Fuqarolar yiğinlari huzuridagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş böyiça komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxşilaş maqsadida taşkil qilingan öquv seminarida Amudaryo tumani Mahallalar kengaşi raisi Alişer Yuldaşev sözga çiqib, tuman hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida amalga oşirilayotgan keng kölamli obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga töxtaldi. Şu bilan birga, ekologik vaziyatni soğlomlaştirişda bular yetarli emasligini, aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş, xonadonlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalaniş orqali atrof-muhit tozaligini taʼminlaş, imkoniyati yetarli oilalar qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan samarali foydalanişlari maqsadga muvofiqligini taʼkidladi.
Şundan söng loyiha koordinatorlari tomonidan “Ekologik madaniyat — soğlom kelajak asosi” grant loyihasini amalga oşirişdan közlangan maqsad va kutilayotgan natijalar xususida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Mazkur loyiha doirasida tumanimiz aholisining ekologik savodxonligi va madaniyatini oşirişga qaratilgan amaliy tadbirlar, keng kölamli tarğibot-taşviqot işlari özining ijobiy samarasini berayotgani taʼkidlandi. Xususan, aholi örtasida energiya tejamkor uskunalardan foydalanişning ahamiyati haqidagi bilim va tuşunçalarni tarğib qiliş hamda energotejamkorlikka çorlaş böyiça muntazam ravişda tarğibot işlari olib borilmoqda. Öquv-seminari iştirokçilari bu xususdagi öz fikr-mulohazalarini bayon qilişib, taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Öquv-seminari davomida aholini elektr energiyasi tejovçi uskunalardan foydalanişga rağbatlantiriş, şu orqali ekologik vaziyatni yaxşilaşga, yaşil olamni asraşga, tabiiy resurslardan tejab-tergab oqilona foydalanişga daʼvat etiş maqsadida “Ekologik madaniyat — soğlom kelajak asosi” loyihasi doirasida öquv-seminarining faol iştirokçilariga energotejamkor LED lampoçkalar tarqatildi.
Bundan taşqari seminarda fuqarolar yiğinlari huzuridagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş böyiça komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxşilaş maqsadida qator takliflar ilgari surilib, tavsiyalar berildi.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶