Ijtimoiy xodimlarga kompyuter jamlanmalari tarqatildi
Sönggi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş çoralari, ijtimoiy yordam va xizmatlar körsatişning şaffof va raqamlaştirilgan yangi tizimini joriy etiş böyiça tizimli islohotlar amalga oşirilmoqda. “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşiriş, hududlarda aholining yaşaş şaroitini yaxşilaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda kambağallikni qisqartiriş böyiça yangiça yondaşuvlarni joriy etilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qiliş tizimini moliyalaştiriş tartib-taomillarini takomillaştiriş töğrisida”gi Farmoniga muvofiq tuman va şaharlar hokimliklari huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamğarmalarini taşkil etiş belgilangan hamda uşbu mablağlar joylardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda iqtisodiyot va moliya bölimlari bilan kelişilgan holda aholi hayotiga doir ijtimoiy loyihalarni amalga oşirişga yönaltirilişi köpdan-köp ijtimoiy muammolar yeçimini topiş imkonini bermoqda.
Amudaryo tumanida ham Prezident Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaş, aholining farovon hayot keçirişiga salbiy taʼsir körsatayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etişga qaratilgan manzilli işlar amalga oşirilmoqda. Bunda, albatta, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mahallalarda faoliyat olib boruvçi kompleks ijtimoiy xizmat körsatuvçi xodimlarining saʼy-harakatlari muhim ahamiyatga ega.
Yangi yil bayrami arafasida Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlarni qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy xizmatlar va yordamlar qamrovini yanada kengaytiriş hamda aholiga mahalla darajasida namunali xizmat körsatiş samaradorligini oşiriş maqsadida ularni axborot texnologiyalari bilan taʼminlaş çoralari körildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qiliş tizimini moliyalaştiriş tartib-taomillarini takomillaştiriş töğrisida”gi 17-sonli Farmoni, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 2-oktyabrdagi maxsus topşiriq xati ijrosini taʼminlaş maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamğarmasi hisobidan jami 366 mln 765 ming söm mablağ ajratilib, ijtimoiy xodimlarga xizmat bobida foydalaniş uçun kompyuter jamlanmalari olib berildi. Bu endilikda ijtimoiy xodimlar iş faoliyati samaradorligini yanada oşiriş imkonini beradi.
Çindan ham, “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturining muvaffaqiyati bevosita mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlarning fidoyiligi va ularga yaratilgan şaroitlarga boğliq. Zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan taʼminlangan ijtimoiy xodimlar endilikda muhtoj qatlamning dardini nafaqat eşitadi, balki ularning muammolarini tizimli ravişda, tezkor hal qiliş imkoniga ega böladi. Bu kabi islohotlar inson qadrini uluğlaş va jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptiriş yölidagi izçil harakatlarning mevasidir. Zero, davlatning ijtimoiy siyosati har bir xonadonga, har bir inson hayotiga kirib borişi farovon va barqaror jamiyat qurişning asosiy garovi sanaladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶