Giyohvandlik – insoniyatning katta duşmani
Giyohvandlik bu şaxs va jamiyat uçun jiddiy, xavfli va keng tarqalgan ijtimoiy muammo bölib, nafaqat individual soğliqni yomonlaştiradi, balki oilalar, jamiyat va hatto butun millatlarni yöqotişga olib keladi. U soğliq, xavfsizlik va iqtisodiyot sohalariga salbiy taʼsir körsatadi, jinoyatçilikni oşiradi hamda millionlab odamlar hayotini izdan çiqaradi.
Jahon böyiça statistik maʼlumotlarga nazar taşlaydigan bölsak, global giyohvand modda foydalanuvçilari soni ortib borayotganini köriş mumkin. 2022-yilda dunyo böyiça 292 milliondan ortiq odam giyohvand modda isteʼmol qilgan va bu körsatkiç ötgan ön yillikda taxminan 20 foizga oşgan. Eng köp isteʼmol qilinadigan moddalar orasida kannabis eng keng tarqalgan bölib, keyingi örinlarda opioidlarga asoslangan giyohvand moddalar joylaşadi. Giyohvandlik bilan boğliq soğliq muammolari ham dunyo böyiça dolzarbdir. Taxminan 64 million odam giyohvandlik kasalligi bilan azoblanadi, lekin faqat har 11 kişidan bittasi davolanişda qatnaşadi.
2022-yilda global miqyosda taxminan 7 million kişi giyohvand moddalar bilan boğliq politsiya aralaşuvi, yaʼni hibs, ogohlantiriş va taqiqlar bilan duç kelgan.
2025-yil yakunlariga köra, Özbekiston bojxona organlari tomonidan 1,6 tonna giyohvandlik va psixotrop modda musodara qilingan. Narkotik jinoyatlar va yoşlar masalasiga töxtaladigan bölsak, Toşkentda narkotik vositalar bilan boğliq jinoyat yönalişida har ikkinçi jinoyat yoşlar iştirokida sodir etilmoqda. 2023-yilda uşbu jinoyatlarda qariyb 28,1 foiz yoşlar qatnaşgan.
"World Population Review" maʼlumotiga köra, dunyo böyiça narkotik isteʼmol qiliş böyiça 95-örinni egallaydi. Mamlakatimizda davolaniş imkoniyati borasida Özbekistonda faqat 8–10 foiz bemorlar töliq terapevtik yordam olişi, bu esa juda past körsatkiç ekanligini qayd etiş lozim.
Giyohvandlik soğliq uçun organizmga jiddiy jarohat yetkazib, ruhiy kasalliklar va dozaning oşirib yuborilişi xavfini tuğdiradi. Şuningdek, OIV infektsiyalari va gepatit kabi kasalliklar tarqalişiga sabab bölişi mumkin. Jamiyat uçun bu illat jinoyatçilik va ijtimoiy muammolarning oşişiga, iqtisodiy yöqotişlarga, xususan, davolaş xarajatlari va mehnatga layoqatsizlikka olib keladi. Yoşlar va kelajak uçun esa taʼlimga salbiy taʼsir körsatib, savodsizlik va işçi kuçi yöqotilişiga zamin yaratadi.
Giyohvandlik bilan kuraşda samarali yeçimlar qatorida uning oldini oliş va xabardorlik kampaniyalarini kuçaytiriş, giyohvandlik bilan boğliq kasalliklarni erta aniqlaş va soğlomlaştiriş dasturlarini joriy etiş, davolaş va reabilitatsiya xizmatlariga erkin kirişni taʼminlaş hamda hisobga olinadigan huquqiy va profilaktik çoralarni amalga oşiriş muhim ahamiyat kasb etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶