Suvni tejaş — kelajak avlod oldidagi katta masʼuliyatdir
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş” yilida ustuvor yönalişlar böyiça islohotlar dasturlari va “Özbekiston — 2030” strategiyasini amalga oşiriş böyiça davlat dasturi töğrisida”gi Farmoni mamlakatimizda islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilayotgan muhim hujjatlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Uşbu hujjatda belgilangan ustuvor vazifalar nafaqat iqtisodiy taraqqiyot, balki jamiyatda zamonaviy fikrlaş, resurslarga masʼuliyatli munosabat va aholining turmuş farovonligini oşirişga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Mazkur Farmonga muvofiq işlab çiqilgan islohotlar dasturining 62-maqsadida respublikada suvdan oqilona foydalaniş madaniyatini yuksaltiriş, suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş, aholi örtasida suv resurslarini tejamkorlik bilan işlatiş könikmasini şakllantiriş hamda xonadonlarda tomorqadan unumli foydalanişni rivojlantiriş nazarda tutilgan. Şuningdek, suv resurslaridan maişiy ehtiyojlar uçun foydalanişni kamaytiriş, tomorqa xöjaligida suğorişning innovatsion va zamonaviy tejamkor texnologiyalarini joriy etişning afzalliklarini keng tarğib qiliş, bu yönalişda tajriba maydonlarini taşkil etişga kömaklaşiş kabi vazifalar ham alohida belgilab berilgan.
Şu munosabat bilan Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Nodavlat notijorat taşkilotlari uyida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining Qoraqalpoğiston bölinmasi boşliği Paraxat Turdimuratov, “Yuksaliş” umummilliy harakatining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi boşliği Tajibay Ramanov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligining bölim boşliği Ruslan Aytjanov, Qoraqalpoğiston Fermerlari Kengaşi bölim boşliği Yembergen Yernazarov hamda fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Mazkur muloqot Davlat dasturida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş, soha mutaxassislari va jamoatçilik vakillari örtasida özaro fikr almaşiş maydonini yaratiş maqsadida taşkil etildi.
Yiğiliş avvalida “Yuksaliş” umummilliy harakatining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi boşliği Tajibay Romanov “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş” yilida “Özbekiston – 2030” strategiyasini amalga oşiriş böyiça Davlat dasturida fuqarolik jamiyati institutlarining iştiroki mavzusida maʼruza qildi.
U öz nutqida mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarda fuqarolik jamiyati institutlarining örni va ahamiyati tobora ortib borayotganini taʼkidladi. Qayd etilganidek, mahallalardagi ijtimoiy faollikni oşiriş, aholini dolzarb islohotlar mazmuni bilan taniştiriş, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş va davlat dasturlari ijrosiga keng jamoatçilikni jalb etişda nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va boşqa jamoat tuzilmalari muhim örin tutadi. Bu esa islohotlarning hayotga yanada samarali tatbiq etilişiga xizmat qiladi.
Şundan keyin Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi bölim boşliği Ruslan Aytjanov “Aholi orasida suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaniş madaniyatini şakllantiriş orqali uy xöjaligida tomorqadan unumli foydalanişni rivojlantiriş” mavzusida maʼruza qildi.
Taʼkidlanganidek, suv resurslari bugungi kunda eng muhim tabiiy boyliklardan biridir. Undan oqilona foydalaniş esa nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Maʼruzada xonadonlarda tomorqadan samarali foydalaniş, suğorişda zamonaviy tejamkor usullarni joriy etiş, ortiqça suv sarfining oldini oliş hamda aholi örtasida suvni asraş madaniyatini şakllantiriş bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
Qayd qilinganidek, tomorqa yerlaridan unumli foydalaniş orqali aholining daromad manbalarini kengaytiriş, oilalarning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş va yaşaş sifatiga ijobiy taʼsir körsatiş mumkin. Buning uçun esa aholiga amaliy tuşuntiriş işlarini olib boriş, namunali tajriba maydonlarini taşkil etiş, zamonaviy agrotexnologiyalarni ommalaştiriş va soha mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikni kuçaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Yiğiliş yakunida iştirokçilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar va taşabbuslar suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaniş madaniyatini şakllantirişda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat idoralari va ommaviy axborot vositalarining özaro hamkorligi yanada kuçaytirilişi lozimligini körsatdi. Bunday muloqotlar aholi ongida masʼuliyatli munosabatni şakllantiriş, davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini keng tarğib qiliş va “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oşirişga munosib hissa qöşişi bilan ahamiyatlidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶