28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:02
Jamiyat 👁 394

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazildi

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazildi

Mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash hamda qonuniylikni mustahkamlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻzaro hamkorligi va uygʻunlashgan faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Amudaryo tumani prokurori – huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning Muvofiqlashtiruvchi Kengashi raisi Bahrom Masharipov raisligida boʻlib oʻtgan kengaytirilgan idoralararo yigʻilish ham ayni shu maqsadlarga, yaʼni hududda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi faoliyat tahliliga bagʻishlandi. Tanqidiy va tahliliy ruhda oʻtgan mazkur yigʻilishda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, tuman prokuraturasi masʼullari, Ichki ishlar boʻlimi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi rahbarlari hamda tumandagi boshqa mutasaddi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masala sifatida oʻtgan 2025-yil davomida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va mavjud muammolar chuqur tahlil qilindi. Tuman prokurori Bahrom Masharipov yigʻilishni ochar ekan, oʻz maʼruzasida oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan xatolarga alohida toʻxtalib oʻtdi. Taʼkidlanganidek, 2025-yil davomida qonunlar ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan yuzga yaqin nazorat tadbirlari natijasida 1200 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Ushbu holatlarni bartaraf etish va qonuniylikni tiklash maqsadida 314 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilgan. Bu raqamlar ortida nafaqat nazorat faoliyati, balki jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlidagi qatʼiy harakatlar yotibdi.

Shuningdek, aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va muammolariga yechim topish masalasi ham prokuratura organlarining diqqat markazida boʻldi. Hisobot davrida kelib tushgan jami mingdan ortiq murojaatlarning 825 tasi bevosita prokuraturada koʻrib chiqilgan boʻlsa, shundan 392 tasi qanoatlantirilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi. “Inson qadri uchun” tamoyili asosida tashkil etilgan 27 ta sayyor qabulda 300 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari tinglanib, ularning ijobiy yechimi boʻyicha tegishli choralar koʻrildi. Bundan tashqari, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunbuzarliklarning oldini olish maqsadida 500 ga yaqin targʻibot tadbirlari oʻtkazilgani ham profilaktik ishlarning koʻlamidan dalolat beradi.

Biroq, yigʻilishda erishilgan natijalar bilan birga, yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar ham roʻy-rost aytib oʻtildi. Xususan, aniqlangan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, bunga asosan ayrim idora va tashkilotlar rahbarlari hamda masʼul shaxslarining oʻz xizmat vazifalarini lozim darajada bilmasligi, ularda kasbga sadoqat ruhi shakllanmaganligi sabab boʻlayotgani keskin tanqid ostiga olindi. Shuningdek, ishlarni toʻgʻri tashkil etmaslik, sohada tizimli xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyish, eng yomoni — mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish borasida shaxsiy tashabbusning yoʻqligi asosiy omillar sifatida koʻrsatildi. Prokuror oʻz soʻzida xizmat vazifasiga yuzaki va masʼuliyatsizlik bilan qarab, qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan bundan buyon qatʼiy choralar koʻrilishi lozimligini alohida taʼkidladi.

Tadbir davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa aloqador idoralar rahbarlarining hisobotlari va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan izohlari tinglandi. Muhokamalar yakunida Muvofiqlashtiruvchi Kengashning tegishli qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Amudaryo tumanida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, hokimlik, idora va tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Belgilangan vazifalarning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi. Zero, qonun ustuvor va jazo muqarrar boʻlgan yurtdagina taraqqiyot va farovonlik hukm suradi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026