28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:00
Jamiyat 👁 472

Xavfsiz mahalla – osoyishta hayot tayanchi: Amudaryoda zamonaviy qoʻriqlash tizimlari qanday ishlamoqda?

Xavfsiz mahalla – osoyishta hayot tayanchi: Amudaryoda zamonaviy qoʻriqlash tizimlari qanday ishlamoqda?

Mamlakatimizda “Xavfsiz mahalla” tamoyilini hayotga tatbiq etish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat tartibini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalari, intellektual qoʻriqlash tizimlari va tezkor nazorat mexanizmlarining oʻrni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori sohaga yangi mazmun va amaliyot olib kirdi.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi Qoʻriqlash xizmati tomonidan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mahallalarda jinoyatchilikka qarshi samarali profilaktika ishlarini yoʻlga qoʻyish, aholi mol-mulkini ishonchli himoya qilish va xavfsiz muhitni yaratish borasida salmoqli natijalarga erishilmoqda.

2025-yil davomida tuman hududida joylashgan 320 ta fuqaro xonadonlari hamda 252 ta davlat va tadbirkorlik subʼektlariga tegishli obʼektlar zamonaviy qoʻriqlash pultlari, yongʻindan ogohlantirish signalizatsiya vositalari va maxsus “tashvish” tugmalari bilan jihozlanib, Qoʻriqlash xizmati tizimiga ulandi. Mazkur texnik vositalar orqali obʼektlardagi vaziyat doimiy ravishda masofadan nazorat qilinib, har qanday shubhali holat yoki xavf yuzaga kelganda tezkor chora koʻrish imkoniyati yaratildi.

Aholi zich joylashgan koʻp qavatli uylarda xavfsizlikni taʼminlash masalasi ham eʼtibor markazida boʻldi. Jumladan, tumandagi 36 ta koʻp qavatli uyning kirish yoʻlaklariga zamonaviy qoʻriqlash tizimlari, videokuzatuv uskunalari va “tashvish” tugmalari oʻrnatildi. Bu orqali ushbu uylarda istiqomat qilayotgan 730 ta xonadon egalarining xavfsizligi, mulkining daxlsizligi va umumiy osoyishtaligi taʼminlandi. Bunday tizimlar nafaqat jinoyatlarning oldini olish, balki fuqarolarda xavfsiz hayotga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

Shuningdek, odamlar gavjum boʻladigan jamoat joylari, savdo majmualari va bozorlarda tezkorlikni taʼminlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Mangʻit shahrining Navoiy mahallasi hududidagi Mangʻit dehqon bozoriga 6 ta, Beruniy mahallasida joylashgan “Mangʻit savdo kompleksi”ga 5 ta hamda ushbu savdo majmuasining Navoiy mahallasi hududidagi filialiga 2 ta “tashvish” tugmalari oʻrnatildi. Mazkur tizimlar orqali favqulodda holatlarda Qoʻriqlash xizmati xodimlari qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib kelib, zarur choralarni koʻrish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Bugungi kunda Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi Qoʻriqlash xizmatining 1 va 2-sonli Texnik qoʻriqlash markazlari tomonidan jami 550 ta davlat va turli yoʻnalishdagi tadbirkorlik obʼektlari, 371 ta yakka tartibdagi fuqaro xonadonlari hamda koʻp qavatli uylardagi yuzlab xonadonlar tunu kun uzluksiz nazorat ostida qoʻriqlanmoqda. Bu esa tuman hududida jinoyatchilik darajasini kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va aholining osoyishta hayot kechirishini taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Sohadagi islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ayni kunlarda Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan mahallalarda xatlov ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayonda aholi bilan yaqin muloqot oʻrnatilib, zamonaviy qoʻriqlash xizmatlarining afzalliklari, xavfsizlikni taʼminlashda fuqarolarning faol ishtirokining ahamiyati keng tushuntirilmoqda. Zero, har bir xonadon, har bir mahalla va butun jamiyat xavfsizligi har bir fuqaroning masʼuliyatiga bogʻliq. Oʻz uyimiz, mahallamiz va yurtimiz tinchligini asrash — barchamizning muqaddas burchimizdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026