Uyşin mahallasida zamonaviy tibbiyot maskani aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatmoqda
Bugun yurtimizda aholining salomatligini mustahkamlaş, tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Bu borada davlat bilan bir qatorda saxovatpeşa tadbirkorlarning ijtimoiy masʼuliyatini his etib, xalq manfaatini közlab amalga oşirayotgan ezgu işlari alohida eʼtirofga loyiq. Ana şunday xayrli taşabbuslardan biri Amudaryo tumani Uyşin mahallasida barpo etilgan zamonaviy oilaviy şifokorlik punkti böldi.
Mazkur tibbiyot maskani bugungi kunda mahalla aholisi salomatligini mustahkamlaş, kasalliklarning oldini oliş va birlamçi tibbiy xizmatlarni sifatli körsatişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, bu inşoot töliq saxovatpeşa tadbirkor homiyligida qurilib, xususiy sektorning ijtimoiy sohadagi faol iştirokini yaqqol namoyon etdi.
Avvallari Uyşin mahallasi aholisi tibbiy xizmat oliş uçun Qipçoq şaharçasida joylaşgan 1-sonli oilaviy poliklinikaga borişga majbur edi. Uşbu poliklinika mahalladan 8–9 kilometr uzoqlikda joylaşgani sababli, ayniqsa keksalar, nogironligi bölgan fuqarolar va yoş bolali ayollar uçun bu masofa jiddiy muammolar tuğdirardi. Qişning sovuq, izğirinli kunlari yoki yozning jazirama issiğida transport topiş muşkulligi tibbiy xizmatdan foydalanişni yanada qiyinlaştirgan.
Aholining ana şu dolzarb ehtiyojlari inobatga olinib, tadbirkor taşabbusi qöllab-quvvatlandi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Uyşin mahallasida yangi tibbiy punkt quriş loyihasi tasdiqlandi. Natijada qisqa vaqt içida barça zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan tibbiyot muassasasi barpo etildi.
Bugungi kunda mazkur oilaviy şifokorlik punkti ultra tovuş tekşiruvi (UZI), elektrokardiografiya (EKG), stomatologiya xizmatlari uçun zarur uskunalar, zamonaviy kompyuter texnikalari va boşqa ilğor tibbiy jihozlar bilan töliq taʼminlangan. Bu esa mahalla aholisiga turli tekşiruv va davolanişlarni uzoq yöl bosmasdan, öz yaşaş hududida amalga oşiriş imkonini bermoqda.
Oilaviy şifokorlik punktida tajribali şifokorlar hamda mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Xususan, umumiy amaliyot şifokori, pediatr, akuşer-ginekolog, stomatolog hamda qator mutaxassislar aholiga malakali tibbiy xizmat körsatmoqda. Şuningdek, hamşiralar va örta tibbiyot xodimlari tomonidan emlaş, profilaktik köriklar, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilişga qaratilgan çora-tadbirlar muntazam amalga oşirilmoqda.
Natijada mahalla aholisi turli kasalliklar böyiça dastlabki taşxis va maslahatlarni hududning özida, tezkor va qulay tarzda oliş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Şubhasiz, bunday tibbiyot maskanining taşkil etilganligi nafaqat tibbiy infratuzilmaning kengayişi, balki aholining hayot sifati yaxşilanişi, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş va kasalliklarni erta aniqlaş borasida muhim qadamdir. Eng asosiysi, bu ezgu iş xalq bilan tadbirkor, davlat bilan jamiyat örtasidagi hamkorlik samaradorligining yorqin ifodasidir.
Uyşin mahallasida barpo etilgan uşbu oilaviy şifokorlik punkti kelgusida ham aholi salomatligini muhofaza qiliş yölida işonçli tayanç bölib xizmat qilişi şubhasiz. Saxovat, taşabbus va ezgulik uyğunlaşgan bunday loyihalar yurtimizda tobora köpayib borayotgani esa barçamizni quvontiradi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶