12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:29
Adabiyot 👁 2,916

Baxillik

Baxillik

(Bölgan voqea)

Tumanning qöşni davlat – Turkmaniston Respublikasi bilan çegara hududidagi xonadonlar köçiriladigan böldi. Ota-bobolari yaşab ötgan makondan köçiş qançalik oğirligini boşiga tuşganlar biladi. Buxorboy öziga yangi imorat quriş uçun ajratilgan yer maydonini körib kelgaç, taraddudni boşlab yubordi.

- Qöşnilarimiz qanday odamlar ekan? –qiziqdi onasi.

- Qöşnilarmi, yaxşi bölsa kerak, lekin ovul odamlari juda köngli oçiq, özimizga öxşagan ekan, - dedi xotirjamlik bilan Buxorboy.

Ovul oqsoqoli, mahalla ahlining qöllab-quvvatlaşi bilan Buxorboy bir oyda imorat paxsasini tiklab oldi.

- Bu yil binoning tomini yopib qöyaver, - dedi ovul oqsoqoli. Yaxşilab qurisin, paxsa devor ziçlaşsin, şunda suvoği köç-maydigan, mustahkam böladi.

Onasi ham şu fikrni aytdi.

- Tomorqa yeringning baland-pastligini töğrilab, jöxori ek, yerning şörini oladi, yer oçilib, yetilişadi, - maslahat berdi oqsoqol.

Buxorboy ikki tomonidagi qöşnilari bilan bamaslahat öz yeri çegarasiga kelasi bahorda devor uriş uçun toş terib çiqdi. Yangi hovlisining köça tomoniga ariq qazib, köçat ötqaziş uçun çuqurçalar tayyorlab qöydi. Kattalar maslahati bilan tomorqa yeriga qalin qilib oq jöxori uruğini sepdi.

- Bemalol ketaver, - dedi çap tomonidagi qöşnisi Nurjon. – Heç qayğurma, jöra, ekiningga ham, hovli-joyingga ham köz-quloq bölib turaman.

Haqiqatan ham Nurjon oqköngil, töğrisöz yigit edi. Aytganiday, Buxorboyning ekin-tikinidan, hovli-joyidan boxabar bölib turdi. Ammo...

Bir kuni tongda Buxorboy qöl telefonining tinimsiz jiringlaşidan uyğonib ketdi.

-Kelmasang bölmaydi, qöşni!

Nurjonning asabiy ovozidan hayron bölgan Buxorboy:

- Tinçlikmi, jöra, - deb söradi.

- Kel-çi, keyin bilasan.

Yangi hovli bilan Buxorboyning uyi orasi piyodaga bir-bir yarim soatlik yöl. Nurjon asabiylaşayotganiga qaraganda, jiddiyroq gap bor. "Nima bölişi mumkin-a?”- to velosipedda yetib kelgunça Buxorboy jiqqa terga botdi. Yangi hovli yaqiniga yetganda Nurjon uning oldiga çiqdi. "Nima gap?” deganday, öziga hayron qarab turgan Buxorboyga tomorqasini körsatib:

- Qaragin, Jumat akaga men tuşuntira olmadim. Har kuni şu ahvol, jöra. Şuning uçun özing ham bir körgin, deb tongda çaqirdim.

Tomorqa yeridagi tizza böyi ösib qolgan jöxoripoya ustiga ikkita molni böş qöyib, özi eşigi oldida, supada yonboşlab yotgan Jumat akaga közi tuşgan Buxorboyning jahli çiqdi. Axir yam-yaşil bölib ösib yotgan jöxorini ekiş uçun ozmunça xarajat qildimi? Şunday bölsa-da indamay, mollarni tomorqadan haydab çiqardi.

- Ey-ey-y-y! – örnidan turdi Jumat aka. – Mol-da, mol, körmay qolibman.

Buxorboy "qarab yotibsiz-ku!” demadi. Mollarni haydab çiqardi-yu, tomorqasini açiniş bilan bir aylanib çiqdi. Jöxoripoya boşdan-oyoq qoramol tuyoği ostida ezilib, payhon bölgandi.

Keç kuzda hovlisining köça tarafiga, ikkala qöşnilarining hovlilariga tutaş qismiga har xil köçatlar ekdi. Tomorqasini aylantirib mevali daraxt nihollarini ötqazdi. Oradan ön kunlarça vaqt ötib, hovlisidan xabar olgani kelsa, ekkan mevali daraxt köçatlarining bittasi ham yöq. Hovli atrofi va köça yuzidagi nihollar ham ança siyraklab qolgan. Hayron böldi.

- Ha, öğirlab ketişibdimi, deyman, - gap qotdi Jumat aka.

- Gumon qiliş imonsizlik, aka, - dedi Buxorboy. – Lekin ança pulga sotib olgandim-a.

- Xafa bölma, bahorda boşqatdan ekasan, ö-xö, köçib kelguningça mevaga kiradi, endi eksang ham.

Buxorboy bahorda yangi hovli-joyi atrofiga yana köçatlar ötqazdi. Usta yollab, imoratini sozlaşni boşladi. Bir yarim - ikki oy deganda imoratning içki-taşqi pardozlaş işlari bitdi. Oilasi bilan köçib kelişdan oldin hovli sahnlari, atroflarini tozalaş uçun katta öğli bilan bir-ikki kun işlaşiga töğri keldi. Jumat akaning hovlisi bilan öz hovlisi oraliğiga xom ğiştdan devor ura boşladi. Devor bitgan kuni birrov uyiga borib keliş uçun ota-bola yölga tuşişdi. Yarim yölga yetmay, qöl telefonini unutib qoldirgan Buxorboy öğliga:

- Şu matohsiz iş bitmaydi, sen ketib turaver-çi, men orqangdan yetib olaman,-deb iziga qaytdi.

Buxorboy yangi hovlisining darvozasini oçayotib nimaningdir gursillagan ovozini eşitib, hayron böldi. Ovoz Jumat akalarning uyi tomondan eşitilganday böldi. Dolondan ötib, hovli içkarisiga kirayotganida gursillagan ovoz yana eşitildi. Atrofni şom qoronğiligi çulğay boşlagani uçun hovlining çiroğini yoqib, qöl telefonini qoldirgan ayvon tokçasi tomon yönalgan Buxorboy Jumat akaning hovlisi bilan öz hovlisi oraliğiga uç kun öğli bilan tinmay işlab, tiklagan ihota devor ğiştlari töpir-töpir yerga tuşayotganini körib, dong qotdi. Qandaydir şarpa, aftidan Jumat aka çaqqonlik bilan özini qoronğilikka urganini Buxorboy aniq kördi. Tomorqasiga "böşalib” tuşgan mol, öğirlangan köçatlar, imo-ratni sozlaş jarayonida goh-goh yöqolib turadigan zarur buyumlar – barça-barçasi Jumat akaning işi ekanligini sezsa-da, işonqiramay yurgan Buxorboy yangi qöşnining baxilligini bugun öz közi bilan körib, hamon taxtaday qotib turardi. "Nima qilsin? Uruşsinmi, yoqa yirtişsinmi?”

Köçib kelmasidan janjal çiqarişni istamagan Buxorboy tişini-tişiga qöyib, biron narsa deyişdan özini tiydi. Heç narsa sezmaganday, qöl telefonini olib, ortiga qaytdi. Uyiga kelib, bor gapni onasiga aytdi:

- Mayli, bolam, tor, baxil odamga sen torlik qilma, - dedi onasi bosiqlik bilan. – Jazosini Xudoyimning özi beraveradi. Köçib boraylik-çi avval.

Buxorboy yangi imorati ostonasida jonliq söyib, yangi ovuldoşlariga xudoyi-sadaqa berdi. Keksalarning fotihasini oldi. Hamma unga soğlik, moli-joniga omonlik tiladi. Faqat "qutluğ bölsin”ga kelganlar ikki qöşni örtasiga qurilgan ihota devorning bir-ikki metr qismi buzilganiga hayron bölişdi.

- Nimaga qurding-u, yana buzding? –deyişdi yangi qöşnilar.

- Jumat akaning közi tekkan, - istehzo bilan kuldi Nurjon.

- Balki qöli tekkandir! – kesatdi yana bir qöşnisi.

- Yöq, Jumat akaning nafasi ham juda keskir! – kinoya qildi yana kimdir.

Şu yerda bölgan Jumat aka boşini kötarolmay qoldi. Lom-mim demadi. Ayniqsa, Buxorboyning heç nima demayotgani uning böğziga piçoq qadagandan battar böldi.

- Kel, şu ötkinçi dunyoda baxillik qilmay, şu paxsaning örniga ikki tupgina mevali oğoç ekay, dedim-da, - Buxorboy zimdan Jumat akaga boqdi. Jumat aka buzilgan paxsa devordan hatlab, "lip” etib hovlisiga ötib ketdi.

- Endi-i, öğlim, paxsa urilsa, bir-birovga malolsiz böladi-da, mol-hol, parranda, deganday,- dedi maslahatomuz ovul imomi.

Har kim bilganini aytib ketişdi. Buxorboy ham öz bilganini qildi. Buzilgan devorni qayta tiklamadi. Özi aytganiday, devorning öşa joyini yaxşilab tekislab, kuzda qondirib suğorib qöydi. Keç kuzga borib, bozordan bir tup şotut, ikki tup gilos köçatlari olib kelib ötqazdi. Uç-tört yilda köçatlar ösib, soya bera boşlaganda tagiga yoğoç supa örnatdi. Yozning issiq kunlarida supa xuddi jannatiy havo kasb etadi. Şotut, gilos mevalari pişgan pallada tovoqlarni töldirib qöşnilarga olib çiqadi.

Jumat aka yangi qöşnisining kengfeʼlligidan, odamoxun va samimiyligidan öziga xulosa çiqarmadi. Qaytanga:

- Mahallada obrö topmoqçi! –iç-içidan qovrildi u.

Buxorboy esa garçi ovulda yangi bölsa-da allaqaçon barçaga ellaşib, xuddi ming yillik qadrdonlarday bölib ketgandi.

Oradan ön yil ötib, Jumat aka qazo qildi. Azaga kelgan ayollar hamon tomorqasida makkajöxori aralaş qamiş ösib yotgan Jumat akaga açinganday boş çayqaşdi.

- Yaxşiligidan yomonligi köp edi, -deyişdi.

Mayyitni qabristonga eltgan hassakaş-tobutkaşlar yoqalariga "tuf”laşdi:

- Yo alhazar, şunaqasiyam bölarkan-da, uç-tört joyni kovlasak ham Jumat akaga qabrjoy qilolmadik, biridan ilon, biridan suv, yana biridan odam suyaklari çiqdi. Eski bir mozorga qöyib keldik Jumat akani. Mayyitga ikki gaz toza yer ham nasib etmadi-ya!

Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://profpto.uz)
🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026