Grant loyihasi doirasida aholiga LED lampoçkalar bepul tarqatildi
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Ekologik madaniyat – soğlom kelajak asosi” nomli loyihasi doirasida aholi örtasida keng qamrovli tarğibot işlari amalga oşirilmoqda. Loyihada ovul va mahallalarda uçraşuvlar ötkaziş, fuqarolarga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi qonun hujjatlari talablarini tuşuntiriş, aholi ongida ekologik masʼuliyatni şakllantiriş asosiy vazifa etib belgilangan.
Şuningdek, loyiha doirasida Amudaryo telekanali hamda Taraqqiyot közgusi gazetasi tahririyatlari bilan hamkorlikda tarğibot materiallarini keng jamoatçilikka yetkaziş közda tutilgan. Bu esa ekologik madaniyatni şakllantirişda ommaviy axborot vositalarining örni naqadar muhim ekanini yana bir bor körsatadi.
Grant loyihasining iş rejasiga muvofiq Amudaryo tumani Mahallalar uyuşmasi bilan hamkorlikda Döstlik mahallasida aholi vakillari iştirokida oçiq muloqot va tarğibot yiğilişi ötkazildi. Uçraşuv davomida iştirokçilarga hududlarning sanitariya holatini yaxşilaş, çiqindilarni belgilangan joylarga taşlaş, havo va tuproq ifloslanişining oldini olişning ahamiyati atrofliça tuşuntirildi.
Mutasaddilar aholiga daraxt ekiş va yaşil hududlarni köpaytiriş, tabiatni asrab-avaylaş, noqonuniy daraxt kesilişining oldini oliş, “yaşil” texnologiyalardan foydalaniş kabi masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berdilar. Şu bilan birga, xonadonlarda yoritiş tizimlarini energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlaş, ortiqça elektr sarfini kamaytiriş va tabiiy resurslardan oqilona foydalanişning ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Aholini energiya tejovçi qurilmalardan foydalanişga rağbatlantiriş maqsadida yiğiliş iştirokçilariga energotejamkor LED lampoçkalar tarqatildi. Bu taşabbus orqali nafaqat oilalar xarajatini kamaytiriş, balki elektr energiyasi sarfini qisqartiriş, şu orqali atrof-muhitni muhofaza qilişga hissa qöşiş közda tutilgan.
Ekologik masʼuliyat — bu faqat tabiatni yaxşi köriş emas, balki har bir fuqaroning kundalik odati va burçidir. Aholi ongida ekologik madaniyat şakllansa, hududlarning sanitariya holati ham yaxşilanadi: köça-köylar tozalanadi, maişiy çiqindilar belgilangan joylarga taşlanadi, atrof-muhitdagi salbiy holatlar keskin kamayadi. Yaşil hududlar inson salomatligi uçun tabiiy qalqon hisoblanadi. Şu sababli daraxt ekiş, köçatlarni parvarişlaş, mahalla va taşkilotlarda yaşil zonalarni köpaytiriş orqali havo tozaligi saqlanadi, çang kamayadi.
“Ekologik madaniyat – soğlom kelajak asosi” loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan bunday tarğibot tadbirlari aholida ekologik masʼuliyatni şakllantiriş, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni kuçaytiriş va barqaror turmuş tarzini qaror toptirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶