28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:21
Jamiyat 👁 314

“Yusuf Eshon bobo” jome masjidida maxsus-taktik oʻquv mashqlari oʻtkazildi

“Yusuf Eshon bobo” jome masjidida maxsus-taktik oʻquv mashqlari oʻtkazildi

Xalqimizning asriy qadriyatlari, mehr-oqibat va saxovat ramzi boʻlgan muqaddas Ramazon oyi yurtimizda oʻzgacha tadorik bilan kutib olinmoqda. Ushbu fazilatli oyni tinch va osoyishta, koʻtarinki ruhda oʻtkazish, ramazon oyi davomida oʻqiladigan taroveh namozlari vaqtida masjidlarga tashrif buyuruvchi aholining xavfsizligini har tomonlama taʼminlash huquqni muhofaza qiluvchi organlar va favqulodda vaziyatlar boʻlimlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir.

Ayniqsa, odamlar gavjum toʻplanadigan jamoat joylari, ziyoratgohlar va masjidlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida joylarda profilaktik tadbirlar va amaliy oʻquv mashgʻulotlari tashkil etilmoqda. Amudaryo tumanida oʻtkazilgan koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv mashqi ham ana shunday muhim tadbirlardan biri boʻldi.

Tumanning Boy ovul mahallasi hududida joylashgan “Yusuf Eshon bobo” jome masjidida Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tashabbusi bilan tegishli xizmatlar hamkorligida yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish boʻyicha amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi qutqaruvchilari, Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, Tibbiyot birlashmasining tez yordam brigadalari hamda kommunal xizmat koʻrsatish sohasi vakillari ishtirok etib, oʻzaro hamkorlikdagi harakatlarni sinovdan oʻtkazdilar. Mashgʻulot stsenariysiga koʻra, masjid binosida shartli ravishda yongʻin sodir boʻlganligi haqida xabar kelib tushdi. Xabar olingan zahoti voqea joyiga shartli signal asosida maxsus texnikalar va tezkor guruhlar zudlik bilan yetib keldi.

Mashq davomida birinchi navbatda inson hayotini saqlab qolishga eʼtibor qaratildi. Qutqaruvchilar tomonidan masjid ichida qolib ketgan fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish va ularni shifoxonaga joʻnatish jarayonlari amalda koʻrsatib berildi. Shu bilan birga, yongʻin oʻchirish ekipajlari tomonidan shartli yongʻin oʻchogʻi qisqa muddatda oʻrab olinib, bartaraf etildi.

Tadbirning yana bir muhim jihati jamoat tartibini saqlash bilan bogʻliq boʻldi. Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan mashgʻulot davomida yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, jamoat tartibini buzuvchi shaxslarni aniqlash, ularni zararsizlantirish va hududda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tezkor harakatlar amalga oshirildi. Bu esa binoda nafaqat yongʻin, balki turli tartibsizliklar kelib chiqishining oldini olishga ham tayyorgarlik koʻrilayotganidan dalolat beradi.

Oʻquv mashgʻuloti yakunida barcha xizmatlarning harakatlari tahlil qilindi. Yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar koʻrsatilib, kelgusida favqulodda vaziyatlarda yanada tezkor va uygʻun harakat qilish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi. Tashkilotchilar tomonidan mashqning faol ishtirokchilariga, oʻz vazifasini sidqidildan bajargan xodimlarga minnatdorlik bildirildi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Amudaryo tumanida oʻtkazilgan ushbu taktik oʻquv mashqi Ramazon oyini tinch va osoyishta oʻtkazish, yurtdoshlarimizning ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun xavfsiz muhit yaratish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026