Quturiş kasalligi tarqalişining oldini oliş böyiça maxsus taktik-öquv maşqi ötkazildi
Amudaryo tumanida “Odamlar va hayvonlar örtasida quturiş kasalligi tarqalişining oldini oliş” mavzusida maxsus taktik-öquv maşqi ötkazildi. Maşq Manğit şahridagi Olmazor mahallasi hududida taşkil etilib, quturiş kasalligiga doir favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş davlat quyi tizimi Amudaryo tumani böğinining özaro hamkorlikdagi harakatlari amalda namoyiş etildi.
Maxsus taktik-öquv maşqi 3 bosqiçda ötkazildi. Birinçi bosqiçda mahalla hududidagi öyingohda tegişli xizmatlarning saf körigi taşkil etildi. Masʼullar aholi örtasida quturiş kasalligi tarqalişining oldini oliş va bartaraf etiş böyiça kerakli kuç va vositalarning şayligini körikdan ötkazdilar. Har bir xizmat öz funktsional vazifasidan kelib çiqib amalga oşirişi lozim bölgan çora-tadbirlarni aniq belgilab oldi.
Ikkinçi bosqiçda mahalla hududidagi 82-sonli maktab binosida körgazmali öquv seminar bölib ötdi. Seminarda “Aholi örtasida quturiş kasalligi tarqalişi bilan boğliq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelişi xavfi, ularning oldini oliş va bartaraf etişda davlat quyi tizimining ahamiyati” mavzusida maʼruzalar tinglandi.
Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi masʼullari hududda quturiş kasalligining oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan profilaktik işlar haqida axborot berib, kasallikning yuqiş yöllari va himoya çoralari yuzasidan tuşuntirişlar berdilar.
Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi Köp tarmoqli markaziy poliklinikasi şifokorlari “Quturiş kasalligining kelib çiqişi, klinikasi, davolaş va profilaktika usullari” mavzusida maʼruza qildilar. Ularda quturiş virusli yuqumli kasallik ekani, asosan zararlangan hayvon tişlaşi yoki tirnalişi orqali yuqişi, markaziy asab tizimini zararlaşi va öz vaqtida davolanmasa ölimga olib kelişi mumkinligi alohida taʼkidlandi. Şu bois, har qanday tişlaniş holatida zudlik bilan tibbiy muassasaga murojaat qiliş zarurligi qayd etildi.
Amudaryo tumani Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi xodimlari hududda quturiş kasalligi böyiça mavjud vaziyat, uy hayvonlarini muntazam emlaş va nazorat qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berdilar.
Maşğulotning uçinçi bosqiçida quturiş kasalligiga gumon qilingan bemor aniqlangan holatda xizmatlarning amaliy harakatlari namoyiş etildi. Tibbiyot birlaşmasida yuqumli kasalliklar şifokori gumon qilingan fuqaroni qabul qilib, quturişga xos klinik belgilarni aniqladi va tegişli tibbiy muolajalarni boşladi. Belgilangan tartibga muvofiq, holat yuzasidan tezkor axborot uzatildi.
Sanitariya-epidemiologiya bölimi epidemiolog-şifokori jabrlangan hududda epidemiologik anamnez yiğdi. Veterinariya xodimlari bemorga jabr yetkazgan hayvon va hududdagi boşqa uy hayvonlarini tekşiruvdan ötkazib, 10 kunlik nazoratga oldilar. Quturiş taşxisi tasdiqlangan taqdirda amalga oşiriladigan çoralar ham körgazmali ravişda namoyiş etildi. Obodonlaştiriş boşqarmasining qarovsiz hayvonlarni tutiş brigadasi tomonidan hayvonni uşlaş va maxsus nazorat joyiga yetkaziş jarayoni amalda körsatib berildi.
Sönggi bosqiçda öquv maşğulotining yakunlari muhokama qilindi. Yiğilişda iştirokçilarning kamçiliklari körsatilib, kelgusida bunday holatlarga yöl qöymaslik yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Şu bilan birga, xizmatlar örtasidagi özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş, favqulodda vaziyatlarga tezkor va muvofiqlaşgan tarzda javob qaytariş muhim ekani alohida taʼkidlandi.
Mazkur maxsus taktik-öquv maşqi aholi salomatligini muhofaza qiliş, quturiş kasalligi tarqalişining oldini oliş va sohalar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş yölida muhim amaliy qadam böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶