28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:20
Iqtisodiyot 👁 3,415

BUNYoDKORLIK YOʻLIDAN

BUNYoDKORLIK YOʻLIDAN

Mamlakatimizda shahar va qishloqlarimizni yanada obod qilish boʻyicha katta ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan tumanimiz markazi Mangʻit shahri va qishloqlarida ham juda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayapti.

Amudaryo tumani hokimligining bevosita amaliy yordami natijasida 1993-yilda bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash boʻyicha tashkil qilingan meʼmor Sherboy Bekmuratovning "Shukurjon” shaxsiy ijodiy ustaxonasi xodimlari ham ana shu bunyodkorlik ishlariga maʼlum maʼnoda hissa qoʻshib kelmoqdalar. Mazkur muassasada tumanimizdan yetishib chiqqan isteʼdodli arxitektor va muhandislar ijodiy faoliyatlarini olib borishmoqda.

Korxona tomonidan mustaqillikning dastlabki yillarida tuman markazi va qishloq hududlarida barpo etilayotgan kichik biznes va savdo, maishiy xizmat obʼektlari, Mangʻit Dehqon bozori, tumanimizga Xorazm tomondan va Nukus-Toʻrtkoʻl yoʻli tomonidan kirib keladigan joylardagi ramziy darvozalar, tuman Davlat soliq inspektsiyasi maʼmuriy binosi, Xitoy ovuli hududidagi 630 oʻquvchi oʻrinli 21-sonli umumtaʼlim maktabi binosi va boshqa bir qancha ijtimoiy soha obʼektlari ijodiy ustaxonamiz loyihalari asosida qurib bitkazilib, tuman markazi va hududlariga oʻziga xos koʻrk bagʻishlab turibdi.

Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi 321-sonli "2004-2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida 2004-2009-yillar davomida korxona tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablarini yangidan qurish, kapital rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash loyihalarini ishlab chiqishda keng koʻlamda ishlar amalga oshirildi.

Keyingi yillarda yoshlar uchun bir qancha sport inshootlari, jumladan, Oʻrta qalʼa ovuli hududidagi 1-tipdagi bolalar sport majmuasi, tumandagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari rekonstruktsiya qilindi, 4 ta maktabga 12x24 metr oʻlchamdagi va 5 ta maktabga 9x18 metr oʻlchamdagi sport zali binosi loyihalari ishlanib, qurildi va mazkur sport inshootlari yoshlarning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun xizmat qilmoqda.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash toʻgʻrisidagi Davlat dasturiga muvofiqyangidan qurilgan 540 oʻquvchi oʻrinli Mangʻit iqtisodiyot kolleji, 360-oʻrinli Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejlarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi.

Shuningdek Mangʻit shahrida Nukus Davlat pedagogika instituti qoshidagi 495-oʻrinli 3-sonli Amudaryo akademik litseyi qurilishi loyiha – smeta hujjatlari tayyorlandi. Litsey qoshida oldin boʻsh turgan bino rekonstruktsiya qilinib, 100-oʻrinli yotoqxona tashkil etildi.

Qilichboy ovulida dastur boʻyicha 360 oʻquvchi oʻrinli kasb-hunar kolleji rekonstruktsiya loyihasi tayyorlanib, qoʻshimcha 12x24 metr oʻlchamli sport zali va laboratoriya binosi qurildi. 2014-yilda shu kollejga yangi tipdagi ustaxona qurildi.

Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji binosining loyihasi tayyorlanib, mazkur kollej binosi kapital taʼmirlandi.

Korxona tomonidan sogʻlikni saqlash obʼektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish boʻyicha ham qator loyiha ishlari amalga oshirildi. Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruktsiya qilish, Amir Temur, Bobur nomli ovullar va Qizilcholi mahallasidagi har biri 50 qatnovga moʻljallangan qishloq vrachlik punktlari ijodiy ustaxonamiz loyihalari asosida qurib bitkazilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1167sonli qaroriga muvofiq, 2010-2015-yillar mobaynida korxonamiz tomonidan tumanimizda namunaviy uy-joylar massivlarining qurilishi loyihalari tayyorlanib, mualliflik nazoratlari amalga oshirildi.

Ushbu sohada 2010 yilda Qipchoq ovulidagi "Beshtom” turar joy massivida 2 ta, Amir Temur nomli ovulning "Taqir qalʼa” turar joy massivida 58 ta,jami 60 ta 3 va 4 xonali zamonaviy turar joylar loyihalari, 2011-yilda "Toʻlqin” ovulidagi "Bagʻanali” turar joy massivida 8 ta, Qilichboy ovulining "Olmazor” turar joy massivida 17 ta, Amir Temur ovulining "Taqir-qalʼa” turar joy massivida 25 ta, jami 50 ta zamonaviy turar joylar loyihalari tayyorlanib buyurtmachilarga topshirildi.

2012-yilda tumandagi "Oʻrta qalʼa” ovulining "Vaxum”, Amir Temur nomli ovulning "Taqir qalʼa”turar joy massivlarida jami 50 ta , 2013-yilda "Oʻrta qala” ovulining "Vaxum”, Amir Temur nomli ovulning "Taqir qalʼa”, Choykoʻl ovulining "Bosuv” turar joy massivlarida jami 50 ta 4 xonali zamonaviy turar joylar loyihalari ishlab chiqildi. 2014 yilda tumanimizdagi 3 ta turar joy massivlarida jami 70 ta, 2015-yilda 3 ta turar joy massivlarida jami 75 ta zamonaviy turar joylar loyihalari ishlab chiqilib, buyurtmachilarga topshirildi.

2014-yilning iyun oyida Mangʻit shahrining "Gulzor” mahallasi hududida yoshlar uchun moʻljallangan yangi 4 vaqatli, 48 xonadonli "Kamolot” uylari binosini loyihalashtirish ishlari amalga oshirildi. Mazkur obʼekt yaqin kunlar ichida qurib bitkazilib, foydalanishga topshiriladi.

Ijodiy ustaxona jamoasi hozirgi kunda Amudaryo, Beruniy va Toʻrtkoʻl tumanlarida 2016-yilda qurilishi, kapital rekonstruktsiya qilinishi va kapital taʼmirlanishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obʼektlari loyihalarini tayyorlash boʻyicha amaliy ishlar olib bormoqda.

Korxona oʻz loyiha faoliyatini olib borish uchun zarur boʻlgan barcha zamonaviy kompyuterva tashkiliy texnikalar bilan taʼminlangan. Loyihalar zamonaviy dasturiy taʼminot asosida ishlanmoqda.

Hozirgi kunda xususiy korxonada 16 nafar malakali muhandis va arxitektorlar mehnat qilmoqda. Keyingi ikki yil ichida jamoaga oliy oʻquv yurtlarini bitirgan toʻrt nafar arxitektor va muhandis yoshlar kelib qoʻshildi. Ularga tajribali arxitektor vamuhandislar murabbiy qilibbiriktirilgan.

Bir soʻz bilanaytganda, mehnat jamoamizning asosiy maqsadiAmudaryo tumani vaqoʻshni tumanlarda amalgaoshirilayotgan keng koʻlamliqurilish va bunyodkorlik ishlariuchun zamonaviy koʻrinishdagi loyihalarni ishlabchiqish orqali yurtimizchiroyiga chiroy qoʻshishdaniborat.

Xolmurod OʻROZOQOV,"Shukurjon” shaxsiy ijodiy ustaxonasi loyihalar boʻyicha bosh muhandisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026