GRIPP VA ÖTKIR RESPIRATOR INFEKTsIYaLARNING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA TARĞIBOT IŞLARI KUÇAYTIRILMOQDA
Bahor mavsumida havo haroratining tez-tez özgarişi, organizm qarşiligining pasayişi va aholi örtasida mavsumiy kasalliklar xavfining ortişi munosabati bilan yurtimizda gripp hamda ötkir respirator virusli infektsiyalarning oldini olişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bolalar, keksalar, homilador ayollar va surunkali xastaliklarga ega fuqarolar salomatligini muhofaza qiliş bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bölib turibdi. Şu maqsadda Amudaryo tumanida ham profilaktika, emlaş va tuşuntiriş işlari izçil davom ettirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi qarori hamda Soğliqni saqlaş vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi buyruği ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tuman sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va jamoat salomatligi bölimi tomonidan joriy yilning 1-martidan boşlab maxsus ştab faoliyati yölga qöyildi. Mazkur ştab grippga öxşaş kasalliklar, ötkir respirator va oğir ötkir respirator infektsiyalar, şuningdek, ötkir pnevmoniya holatlari böyiça epidemiyaga qarşi çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş bilan şuğullanmoqda.
Mutaxassislar tomonidan bahor mavsumida emlanişi lozim bölgan xavf guruhlari töliq örganilib, tumanga 3750 doza grippga qarşi “Grippol plyus” vaktsinasi olib kelindi. Uşbu vaktsina tuman tibbiyot birlaşmasi tasarrufidagi köp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar va oilaviy şifokorlik punktlariga öz vaqtida tarqatildi. Belgilangan rejaga muvofiq, davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalanayotgan 3750 nafar bolani profilaktik emlaş közda tutilgan bölib, ayni paytda uşbu kontingent töliq emlab bölindi.
Ayni kunlarda ham tuman sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi şifokorlari tomonidan tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli köp tarmoqli markaziy poliklinika va boşqa tibbiyot muassasalarida aholi iştirokida tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda. Unda gripp va ötkir respirator virusli infektsiyalarning oldini oliş, immunitetni mustahkamlaş, şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qiliş hamda vaqtida şifokorga murojaat etişning ahamiyati haqida batafsil tuşuntirişlar berilmoqda.
Tarğibot tadbirlari doirasida bolalarni emlaş jarayoniga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tibbiyot xodimlari tomonidan har bir bola avval çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazilib, faqat şamollaş belgilari kuzatilmagan, soğlom bolalarga emlaş amalga oşirilmoqda. Bu esa profilaktik emlaş işlarining xavfsiz va tibbiy talablar asosida olib borilayotganidan dalolat beradi.
Mutaxassislar taʼkidlaganidek, gripp — havo-tomçi yöli orqali yuquvçi ötkir infektsion kasallik bölib, asosan yuqori nafas yöllarini zararlaydi. Kasallik odatda tösatdan boşlanib, tana harorati 38–40 darajagaça kötarilişi, quvvatsizlik, boş oğriği, muşaklarda oğriq, tomoq qurişi, burun bitişi va quruq yötal kabi belgilari bilan namoyon böladi. Jismoniy va ruhiy zöriqiş, töğri ovqatlanmaslik, dam olişning yetarli emasligi, vitamin va mikroelementlar tanqisligi, şuningdek, çekiş, içkilikbozlik, kamharakatlik va ortiqça vazn kabi omillar organizm immunitetini pasaytirib, kasallikka moyillikni oşiradi.
Şifokorlar aholini kasallikdan saqlaniş uçun şaxsiy gigiyenaga qatʼiy rioya qiliş, qöllarni tez-tez sovunlab yuviş, yötalganda va aksa urganda oğiz-burunni yopiş, xonalarni muntazam şamollatib turiş hamda alohida soçiq va idiş-tovoqdan foydalanişni tavsiya qilmoqda. Şuningdek, köproq iliq suyuqlik isteʼmol qiliş, vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qiliş, odam gavjum joylarda ehtiyot çoralarini köriş muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlanmoqda. Keksa yoşdagilar, maktabgaça yoşdagi bolalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklari bor fuqarolarda gripp oğir va asoratli keçişi mumkinligi alohida qayd etilmoqda.
Amudaryo tumanida gripp va ötkir respirator virusli infektsiyalarning oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan bu kabi çora-tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilişda muhim örin tutişi tabiiy. Eng muhimi, mutaxassislar tavsiyalariga amal qiliş, özboşimçalik bilan davolanmaslik va profilaktik emlaşga jiddiy yondaşiş orqali kasallik asoratlarining oldini oliş mumkin. Salomatlikni asraş esa har bir insonning öz qölida.
Mirzabek Amankulov, tuman SEO va JSB oliy toifali epidemiolog şifokori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶