Mahalla — jamiyat tayançi, inson qadrining mezoni
Amudaryo tumanida joriy yilning 22-mart kuni «Mahalla tizimi xodimlari kuni» munosabati tantanali bayram keçasi taşkil etildi. Uşbu tadbir yurtimizda mahalla institutiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir yorqin ifodasiga aylandi. Tumandagi “Diamond” restoranida taşkil etilgan uşbu tadbir nafaqat bayramona kayfiyat, balki eʼtirof va ehtirom uyğunligi bilan ajralib turdi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, tuman prokurori Bahram Maşaripov, hokim örinbosarlari, bölim va taşkilotlar rahbarlari iştirok etib, mahalla tizimi xodimlarini samimiy qutladilar. Ularning fidokorona mehnati, xalq bilan bir nafasda yaşab, muammolarni joyida hal etişga intilayotgan saʼy-harakatlari alohida eʼtirof etildi.
Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Hurmatli Prezidentimiz rahnamoligida amalga oşirilayotgan islohotlar natijasida mahalla tizimi tom maʼnoda jamiyat va davlat örtasidagi mustahkam köprikka aylaniş yölida izçil rivojlanib bormoqda. Kam taʼminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy muammolarni aniqlaş va tezkor bartaraf etiş, yoşlar va xotin-qizlar bilan manzilli işlaş — bularning barçasi bugungi mahalla faoliyatining ajralmas qismiga aylandi.
Sönggi yillarda qabul qilingan qonun, farmon va qarorlar mahalla tizimini tubdan yangilaş, uning vakolat va imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilmoqda. Bu esa öz navbatida mahallani aholining işonçli suyançi, dardiga malham böladigan maskanga aylantirişga zamin yaratmoqda.
Joriy yilning “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb eʼlon qilinişi bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi böldi. Bu taşabbus mahalla institutini yanada mustahkamlaş, uning jamiyat hayotidagi örnini kuçaytiriş, eng muhimi, inson qadrini uluğlaşga xizmat qiladi. Zero, mahalla — bu nafaqat hududiy birlik, balki mehr-oqibat, hamjihatlik va insoniy qadriyatlar mujassam bölgan maskandir.
“Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” doirasida amalga oşirilayotgan işlar orqali aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, bandlikni taʼminlaş, muammolarni joyida hal etiş tizimi yanada takomillaştirilmoqda. Eng çekka hududlargaça kirib borayotgan eʼtibor va ğamxörlik esa davlat siyosatining markazida inson manfaatlari turganining yaqqol dalilidir.
Bugungi kunda mahalla tizimi xodimlari zimmasiga yuklangan vazifalar nihoyatda masʼuliyatli va şaraflidir. Ular har bir xonadonga kirib borib, odamlarning quvonçu taşvişlariga şerik bölmoqda, muammolarni yeçişda kömakçi bölmoqda. Şu bois ularning mehnati har qança eʼtirofga loyiq.
Tantanali tadbir davomida özining fidoyiligi, taşabbuskorligi va samarali faoliyati bilan ajralib turgan bir guruh xodimlar tuman hokimining taşakkurnomalari va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Bu esa soha vakillariga berilgan yuksak baho, ularning mehnatiga körsatilgan ehtirom ifodasi böldi.
Bayram keçasi sanʼat va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etib, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Mahalla — bu jamiyatning yuragi. Uning rivoji — yurt taraqqiyoti, uning obodligi — xalq farovonligidir. Uning mustahkamligi, avvalo, unda faoliyat olib borayotgan insonlarning fidoyiligi, halolligi va masʼuliyatiga boğliq.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶