Tarix nafasi va zamonaviy tarğibot: Çilpiq qalʼasidagi xalqaro promo-tur
2026-yilda bölib ötadigan futbol böyiça Jahon çempionati arafasida Özbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yanada mustahkamlaş, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi va betakror turistik salohiyatini keng tarğib etiş maqsadida “Uzbekistan Road Trip to World Cup 2026” nomli yirik xalqaro promo-tur loyihasi izçil davom etmoqda.
Mazkur loyiha doirasidagi navbatdagi manzil sifatida Çilpiq qalʼasi tanlangani bejiz emas. Qadimiy tarix va sir-sinoatlarga boy uşbu maskan nafaqat arxeologik yodgorlik, balki butun Qoraqalpoğiston Respublikasi turistik salohiyatining yorqin timsolidir.
13-aprel kuni promo-tur iştirokçilari Çilpiq qalʼasida tantanali ravişda kutib olindi. Milliy ruh aks etgan folklor jamoalarining çiqişlari mehmonlarga unutilmas taassurotlar ulaşdi. Qadimiy kuy-qöşiqlar, milliy raqslar va anʼanaviy marosimlar orqali mehmonlar xalqimizning boy madaniyati va mehmondöstligini çuqur his etişdi.
Şundan söng, keng auditoriyaga ega blogerlar tomonidan Çilpiq qalʼasi haqida turli formatdagi media-kontentlar — videoroliklar, fotojamlanmalar, hikoya va reportajlar tayyorlandi. Uşbu kontentlar xalqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilib, Özbekistonning turistik jozibadorligini namoyon etişga xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida hudud yoşlari ham faol iştirok etib, ajdodlarimizdan meros bölib qolgan tarixiy obidalar, qadimiy urf-odatlar va milliy qadriyatlar haqida yangi bilimlarga ega bölişdi. Bu esa yoş avlodning milliy özlikni anglaş, tarixga hurmat ruhida tarbiyalanişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Promo-tur dasturiga köra, iştirokçilar Taxtaköpir tumanidagi Qarateren turistik majmuasi hamda Taxtobe turistik majmuasiga ham taşrif buyurişlari rejalaştirilgan. Uşbu maskanlar özining tabiiy gözalligi, ekologik tozaligi va öziga xos landşaftlari bilan sayyohlarni öziga rom etadi.
Bugungi kunda içki turizmni rivojlantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Qoraqalpoğiston kabi tarixiy maskanlarga boy hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, yangi yönalişlarni oçiş, xizmatlar sifatini oşiriş orqali nafaqat xorijiy sayyohlarni, balki mahalliy turistlarni ham jalb etiş mumkin.
Içki turizmning rivojlanişi hududiy iqtisodiyotning jonlanişiga, yangi iş örinlarining yaratilişiga, milliy hunarmandçilik va xizmat körsatiş sohalarining kengayişiga xizmat qiladi. Şu nuqtai nazardan, “Uzbekistan Road Trip to World Cup 2026” kabi loyihalar nafaqat xalqaro imijni mustahkamlaş, balki içki turizmni rağbatlantirişda ham muhim platforma vazifasini ötamoqda.
Çilpiq qalʼasida ötkazilgan mazkur tadbir yana bir bor şuni körsatdiki, Özbekiston — bu nafaqat boy tarix, balki zamonaviy turizm imkoniyatlari mujassam bölgan mamlakatdir. Qoraqalpoğistonning betakror tabiati, sirli tarixiy obidalari va samimiy insonlari esa uni alohida jozibador maskanga aylantiradi.
Bunday taşabbuslar orqali Özbekistonning turistik salohiyati dunyo miqyosida tobora keng tanilib boraveradi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶