28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:58
Jamiyat 👁 299

Turar joylarni maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashning yangi tartibi tasdiqlandi

Turar joylarni maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashning yangi tartibi tasdiqlandi

Aholi va ijtimoiy soha obʼektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning samarali tizimini yaratish, huquqiy asoslarini aniqlash va ushbu sohada yagona tashkiliy-texnik talablarni belgilash kabi islohotlar sohani yanada takomillashtirmoqda.

Suyultirilgan gazni isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonlarida yetkazib berish xizmatlarini takomillashtirish, aholiga qoʻshimcha qulaylik yaratish, masofadan turib elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.04.2026-yildagi “Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 180-sonli Qarori qabul qilindi.

  Mazkur Qaror bilan Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Maʼmuriy reglament turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi, maishiy gaz ballonlarini yetkazib berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼekti tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar, murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va rad etish asoslari, «E-gaz» dasturi orqali maʼlumotlarni qabul qilish, maʼlumotlar bazasini yuritish talablarini oʻz ichiga oladi.

Fuqarolar tomonidan turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlash yuzasidan Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanadi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida undan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.

 Ariza beruvchining soʻrovnomasi avtomatik tarzda bir ish soati davomida vakolatli operatorga yuboriladi.

Hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi fuqarolar shaxsan javobgar hisoblanadi.

Vakolatli operator ariza kelib tushgan kuni maʼlumotlarni real vaqt rejimida «E-gaz» dasturida shakllantiradi;

bir ish kunida soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshiradi;

uch ish kunida ariza beruvchini maishiy gaz balloni bilan taʼminlash masalasi yuzasidan joyiga chiqib oʻrganadi. Bunda oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi va gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi. Dalolatnomada ariza beruvchiga maishiy gaz balloni berilishi yoki berish rad etilishi sabablari koʻrsatiladi;

dalolatnomada keltirilgan xulosa ijobiy boʻlgan taqdirda, ariza beruvchi bilan «Maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisida» va «Suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish toʻgʻrisida»gi shartnomalarni ikki nusxada rasmiylashtiradi;

rasmiylashtirilgan shartnomalar asosida ariza beruvchini «Face ID» tizimi orqali suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun tegishli hisobvaraq bilan taʼminlaydi hamda unga bir dona maishiy gaz ballonini oʻn ish kunida bepul yetkazib beradi;

oʻrganish natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan shartnomalarni ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga oʻn ish kunida elektron shaklda yuboradi;

dalolatnomada keltirilgan xulosaga koʻra xizmat koʻrsatish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga uch ish kunida elektron shaklda javob yuboradi.

Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

maishiy gaz ballonini olish uchun ariza beruvchi tomonidan soʻrovnoma maʼlumotlari toʻliq toʻldirilmasdan taqdim etilganda;

ariza beruvchi tomonidan berilgan soʻrovnomadagi maʼlumotlar tasdigʻini topmaganda;

ariza beruvchining xonadoniga maishiy gaz balloni berilib, u tomonidan qoʻshimcha maishiy gaz balloni soʻralganda;

maishiy gaz ballonidan foydalanish uchun gaz plitasi mavjud boʻlmaganda yoki oshxona texnik talablarga mos boʻlmaganda.

Bitta turar joy xonadonida ikki va undan ortiq oila yashaydigan hollarda, agar xonadonda texnik talablarga mos boʻlgan alohida-alohida (yoki umumiy) gaz plitasi hamda oshxona mavjud boʻlganda, bitta kadastr raqamiga ega boʻlgan holatda ham, istisno tariqasida, har bir oilaga alohida bittadan maishiy gaz ballon ajratilishiga joyida oʻtkaziladigan oʻrganish dalolatnomasini rasmiylashtirish orqali ruxsat beriladi.

Maishiy gaz ballonidan foydalanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganda, ariza beruvchi ushbu maʼlumotlarni vakolatli operatorga ariza berish orqali (arizada maishiy gaz balloniga egalik kimga oʻtayotganligini koʻrsatgan holda) bir oy muddatda maʼlum qiladi (kadastr hujjatlari oʻzgarganda, zarur oʻzgartirishlar avtomatik tarzda amalga oshiriladi). Vakolatli operator tomonidan maʼlumotlar doimiy yangilanib, «E-gaz» dasturiga kiritib boriladi.

Bunda «E-gaz» dasturiga kiritilgan yangilangan maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligiga mazkur maʼlumotlarni kiritgan vakolatli operator javobgar hisoblanadi.

Maishiy gaz balloni quyidagi hollarda almashtiriladi (yangilab beriladi):

maishiy gaz balloni eskirganda yoki yaroqsiz holga kelganda (undan foydalanish imkoni boʻlmay qolganda);

maishiy gaz balloni yoʻqotilganda.

Bunda yoʻqotilgan maishiy gaz balloni uchun yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan oxirgi kirim qilingan hisob varaqasidagi narxi boʻyicha ariza beruvchidan toʻlov undiriladi.

Umida Saparbayeva, Amudaryo tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026