GAZDAN ZAHARLANGANDA BIRINÇI YoRDAM
Maişiy gaz (plitadagi) va is gazi (gazning yopiq joyda yonişidan hosil bölgan) inson uçun xavfli bölgan uglerod (II) oksidini saqlaydi. Uning xavfi şundaki, nafas olganda qondagi gemoglobin bilan birikib, kislorodning taşilişiga tösqinlik qiladi. Natijada avvalo odamlarda boş oğriği, köngil aynişi, qayt qiliş, huşidan ketiş va kislorod yetişmovçiligidan ölim holati kelib çiqadi.
Is gazidan zaharlaniş köpinça odamlar uxlayotganda, yoş bolalar qarovsiz qolganda, alkogol yoki narkotikdan mastlik holatidagi odamlar qarovsiz qolganda röy berişi mumkin.Köpinça is gazidan odamlar yonğin paytida zaharlanadi.
Bundan taşqari, is gazi yopiq joylarda töplanişi mumkin. Bunday paytda gazdan birinçi navbatda jabrlangan odamni tezda taşqariga olib çiqiş, agar buning iloji bölmasa, eşik va derazalarni oçib, xonani şamollatiş zarur.
Agar jabrlangan odamda puls va nafas oliş sezilmasa, sunʼiy nafas va yurakning yopiq massajini ötkazing. Agar u huşsiz bölsa, puls va nafas bor bölsa, uni yonboşlatib yotqizib, siqib turuvçi kiyimlarini yeçib, böyin va kökrak sohasini oçing.
Agar xonada maişiy va is gazi hidini sezsangiz, aslo olov va çiroqni yoqmang, aks holda portlaşga olib kelişi mumkin. Köçaga çiqing, yonğinga qarşi kuraşuvçilar yoki gaz tarmoqlari xizmatçilarini çaqiring. Agar Siz zaharlangan kişiga yordam bermoqçi bölsangiz, kimdir sizga kömaklaşişiga işonç hosil qiling.
Maişiy va is gazidan zaharlanişda davolaş qondagi uglerod oksidini kislorod bilan almaştirişdan iborat. Jabrlangan kişi tana va töqimalarini kislorod bilan boyitiş maqsadida unga kislorodli niqob kiygiziladi. Maişiy va is gazidan zaharlaniş profilaktikasi oddiy ehtiyot çoralarini qöllaşni talab etadi. Buning uçun uyning har bir xonasiga maişiy va is gazi detektorini örnating. Detektorlarni yiliga ikki marta tekşirib turing. Detektorlar işlamay qolganda yonğinga qarşi kuraşuvçilar yoki gaz tarmoqlari xizmatçilarini çaqiring. Maşinalarni haydaşdan oldin garaj eşigini oçib qöying, tutun çiqaruvçi naylarini çiqindi va qorlardan tozalang.
Aziz yurtdoşlar! Gaz va boşqa maişiy texnikalardan yöriqnomaga asosan foydalaning. Gaz plitasi va gaz peçlaridan uyni isitiş maqsadida aslo foydalanmang. Portativ gaz plitalaridan oçiq havodagina foydalaning. Benzin bilan işlovçi elektr toki generatorini yopiq joylarda qoldirmang. Gaz asboblari va kamin peçlaringiz holatining töğriligini taʼminlang. Yoqilği bilan işlaydigan isitiş moslamalari bor joyda bolalarni aslo qarovsiz qoldirmang.
I.NURIMBETOV, tuman Tibbiyot birlaşmasining köp
tarmoqli poliklinikasi şifokori.
(Foto - http://www.uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶