Ğamxörlikdan minnatdormiz
Bizning "Manğit matbaasi” xususiy korxonamiz 2007-yildan buyon faoliyat körsatib kelmoqda. Asosan matbaaçilik işlarini bajarişga möljallangan korxonamizda tumanimizda çiqadigan "Taraqqiyot közgusi” gazetasini çop qiliş, korxona va taşkilotlar uçun iş qoğozlarini tayyoraş, buxgalterlik xujjatlarini muqovalaş va şunga öxşaş bir qança işlar amalga oşiriladi.
Korxonamizda 6 kişi mehnat qiladi. Biz öz xodimlarimizning mehnat qilişlari, dam olişlari va ularning ijtimoiy himoyasini yaxşilaş böyiça doimo ğamxörlik qilib kelmoqdamiz.
Şu sababdan ham korxonamizda iş unumdorligi sezilarli darajada oşib bormoqda. Bunday holat albatta korxonamizda belgilangan rejalarning öz vaqtida bajarilişiga samarali taʼsir körsatmoqda.
Biz tadbirkorlar hamişa Prezidentimiz va hukumatimiz ğamxörliklaridan minnatdorlik tuyğusi bilan yaşamoqdamiz. Çunki Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan tez-tez qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlarda doimo tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş masalalariga eʼtibor berilmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bizni yangi marralar sari ruhlantirib yuboradi.
Bugungi milliy qonunçiligimiz tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritişlarini kafolatlaydi. Endi tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga hadeb aralaşiş, xohlagan vaqtida tekşirişlar ötkaziş huquqi har qanday taşkilot yoki mansabdor şaxsga berilavermaydi. Prezidentimiz Farmoniga köra, rejali tekşirişlarning yagona tartibi va davriyligi belgilanib, barça rejali tekşirişlar moliyaviy xöjalik faoliyati böyiça ötkaziladigan tekşirişlar kabi kiçik biznes subʼektlarida 4-yilda bir marta, boşqa subʼektlarda esa 3-yilda bir marta ötkaziladi.
Biz tadbirkorlar uçun yaratilayotgan bunday ğamxörliklardan çeksiz minnatdormiz.
Pölat
XÖJABOYeV,
"Manğit matbaasi” xususiy korxonasi rahbari.
Maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶