ÇEKSIZ MINNATDORMIZ
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik harakatini rivojlantirişga alohida eʼtibor berildi. Natijada mamlakatimizda tadbirkorlik keng rivoj topdi, u barqaror iqtisodiy taraqqiyotimizning omili sifatida namoyon böldi.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, uning huquqiy himoyasini kuçaytiriş yuzasidan bir qança işlar amalga oşirildi.
Ilgari biz biror bir iş yuzasidan davlat idoralariga borganimizda u yerlarda bizdan soliq va kommunal tölovlardan qarzimiz bor-yöqligi haqidagi maʼlumotnomalar, tadbirkorlik subʼekti taʼsis xujjatlari, litsenziyalar va ruxsat beruvçi tusdagi xujjatlar nusxalarini talab qilişardi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yilning 31-dekabridagi "Tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlari körsatiş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 377-sonli qarori bunday ovoragarçiliklarga çek qöydi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2015-yilning 15-mayida qabul qilingan "Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni va bu muhim hujjat asosida qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Qonuni bizning huquqiy himoyamizni yanada kuçaytirdi.
Uşbu Qonun asosida tadbirkorlik subʼektlarining faoliyatini tekşiriş va moliya-xöjalik faoliyatini taftiş qiliş tartibini buzganlik uçun javobgarlik ham kuçaytirildi. Bu borada Özbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi va Jinoyat kodeksiga qator özgartişlar kiritildi. Endilikda bu masalalar böyiça aybdor deb topilgan şaxslar eng kam oylik iş haqining bir yuz ellik baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud uç yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.
Tadbirkorlik sohasida bunday tekşirişlarni kamaytiriş, ularni qatʼiy tartibga soliş tadbirkorlarning vaqtini behuda oliş, kayfiyatiga salbiy taʼsir körsatiş kabi holatlarga barham beradi va ularning samarali faoliyat yuritişi uçun yanada köproq imkoniyat yaratadi.
Men oddiy bir hunarmand sifatida tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar haqida ularning huquqiy himoyasini kuçaytiriş maqsadida olib borilayotgan işlar töğrisida ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan xabarlarni, prezidentimiz Farmon va Qarorlari, şuningdek hukumatimiz qarorlarini doimiy ravişda kuzatib boraman.
Bu sohadagi har bir yangilikka duç kelganimda meni doimo muhtaram yurtboşimizga, hukumatimizga, mustaqil Vatanimizga bölgan minnatdorlik hissi çulğab oladi.
"Kamolov eşiklari” MÇJ raisi.
(Reklama huquqi asosida)
Maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶