02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:42
Jamiyat 👁 3,015

GʻAMXOʻRLIKDAN MINNATDORMIZ

GʻAMXOʻRLIKDAN MINNATDORMIZ

Jami aholisining 60 foizidan koʻprogʻini yoshlar tashkil etadigan bizning mamlakatimizda ularning tarbiyasiga, bilim olishlariga va baxtli hayot kechirishlariga alohida eʼtibor beriladi. Shu boisdan ham yoshlar mustaqil Oʻzbekistonimizning gullab-yashnashi yoʻlida fidoyilik namunalarini koʻrsatmoqdalar. Yoshlarga bildirilayotgan ishonch ularni har bir sohada olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirishda gʻayrat-shijoat koʻrsatishga daʼvat etmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov katta yigʻinlarda soʻzlagan nutqlarida doimo yoshlarga "Vatani, xalqi uchun kurashga bel bogʻlagan, sofdil, irodasi mustahkam, koʻzlari yonib turadigan yoshlar” deya taʼrif berishdan charchamas edilar. Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga nisbatan shunday gaplarni aytishi ularga qanot bagʻishlardi goʻyo.

Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini mustahkamlash yoʻlida harakat qilayotgan yoshlar orasida amudaryolik yoshlarning ham alohida oʻrni bor. Bizning yoshlarimiz ham barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni jadallashtirishga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshmoqdalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda qilgan "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” nomli maʼruzalarida hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi oʻz dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yoʻqotmaydigan masala boʻlib qolayotganligini, bugungi tez oʻzgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi buyuk imkoniyatlar eshiklarini ochayotganini taʼkidlab, shu bilan birga ularni ilgari koʻrilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilayotganini, gʻarazli kuchlar sodda, gʻoʻr bolalarni oʻz ota-onasiga, oʻz yurtiga qarshi qayrab  ularning hayotiga, umriga zomin boʻlayotganini afsuslanib gapirdilar. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev oʻz nutqlarida bunday keskin va tahlikali sharoitda ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-koʻy bu masalada xushyorlik va ogohlikni yanada oshirishi kerakligini, yoshlar bilan koʻproq gaplashib, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy koʻmak berish kerakligini, bu borada uyushmagan yoshlar bilan alohida ish olib borish zarurligini uqtirdilar.

Biz Prezidentimiz nutqlarini eshitar ekanmiz, ushbu vazifalarni amalga oshirishda asrlar mobaynida shakllangan milliy anʼanalarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanib, yoshlarning, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, horijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sogʻlom va barkamol boʻlib, hayotdan munosib oʻrin topishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilishini chuqur his qildik.

- "Bizning navqiron avlodimiz manfaatlarini taʼminlash borasidagi faoliyatimiz yaqinda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun asosida qatʼiy davom ettiriladi, – dedilar Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev oʻz maʼruzalarida. – "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati barcha yoshlarimiz intiladigan, ularning qobiliyat va iqtidorini roʻyobga chiqaradigan va manfaatlarini haqiqiy himoya qiladigan tashkilotga aylanishi uchun barcha choralarni koʻramiz”.

Biz buni Prezidentimizning yoshlarga nisbatan gʻamxoʻrligi, ularni birlashtiradigan tashkilotga boʻlgan ishonchi deb bilamiz.

Ayni kunda tumanimiz yoshlari muhtaram Prezidentimizning "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” nomli maʼruzasini oʻqib-oʻrganishda davom etmoqdalar. Yoshlarimizning bugungi niyatlari – ona Vatanga sodiq farzand boʻlib, Prezidentimizning ishonchlarini toʻla oqlashdan iborat.

Mansur OʻROZBOYeV, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi raisi.


(Foto - http://farishta.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026