ÖTKIR YuQUMLI IÇAK KASALLIKLARIDAN SAQLANING!
Ötkir yuqumli içak kasalliklari mavsumiy kasalliklar hisoblanib, asosan yilning yoz va kuz fasllarida köproq uçraydi, çunki bu fasllarda kasallikning yuqiş omillari faollaşadi.
Ötkir yuqumli içak kasalliklariga qorin tifi, paratiflar, salmonellyoz, içburuğ, virusli gepatitning "A” turi va boşqa bir qator kasalliklar kiradi.
Bu kasalliklarni aksariyat hollarda bakteriya va viruslar qözğatib, bemor va bakteriya taşuvçi odamlar kasallik qözğatuvçilarining manbalari hisoblanadi. Ular kasallik qözğatuvçilarini asosan özlarining najasi orqali taşqi muhitga çiqaradi va atrof-muhitni şu kasallik qözğatuvçilari bilan ifloslantiradi.
Ötkir yuqumli içak kasalliklari qözğatuvçilarining barçasi taşqi muhitga ança çidamli böladi. Masalan, qorin tifi qözğatuvçisi oqar suvda, sabzavot va mevalarda 5-10 kun, kölmak suvda 1 oygaça, non va non mahsulotlari yuzasida bir neça kun davomida tirik saqlansa, vabo qözğatuvçilari oqar suvda 18 kundan 5 oygaça saqlanadi. Vabo qözğatuvçisi suvda va salmonellyoz qözğatuvçilari oziq-ovqat mahsulotlarida qulay şaroitda hattoki köpayişi ham mumkin.
Ötkir yuqumli içak kasalliklarning yuqiş yöllari bir-biriga öxşaş bölsa-da, ularning har birining yetakçi yuqiş omili bor. Masalan, qorin tifi va vabo kasalliklarida yetakçi yuqiş omili suv hisoblansa, salmonellyoz kasalliklarida oziq-ovqat mahsulotlari yetakçi yuqiş omili hisoblanadi.
Bu guruh yuqumli kasalliklar maişiy – muloqot yöli bilan ham yuqadi.
Yilning issiq kunlarida aholi, ayniqsa, bolalar örtasida ötkir yuqumli içak kasalliklari tez-tez uçrab turadi.
Yoz oylarida ötkir yuqumli içak kasalliklari omillari faollaşadi. Aholi köproq suv, har xil çanqoqbosdi içimliklar içiş, meva-sabzavotlar, kökatlar isteʼmol qiliş hamda kasallik qözğatuvçilari bilan ifloslangan oçiq suv havzalarida çömiliş jarayonlarida ötkir yuqumli kasalliklarni yuqtirib olişi mumkin.
Kasallik qözğatuvçilarining odam organizmiga tuşib, toki kasallikning ilk alomatlari paydo bölguniga qadar maʼlum bir vaqt ötadi. Ötkir yuqumli içak kasalliklarida yaşirin davr bir neça soatdan 21 kungaça davom etadi.
Kasallikka çalingan bemorlarda holsizlik, köngil aynişi, qusiş, içning suyuq ketişi, tana haroratining kötarilişi kabi alomatlar kuzatiladi.
Bemorlarga öz vaqtida tegişli tibbiy yordam körsatilmasa, bu kasalliklar özidan bir qança asoratlar qoldirişi mumkin. Bularga içaklar faoliyatining buzilişi, içakdagi yaralardan qon ketişi, içak devorlarining teşilişi, ötkir buyrak yetişmovçiligi misol böla oladi.
Aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, xonadonlarda, jamoat joylarida tozalik va obodonlaştiriş işlarini muntazam amalga oşiriş, umumiy ovqatlaniş, oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş va ularning savdosi bilan şuğullanadigan korxonalarda sanitariya talablariga rioya qiliş hamda aholining tibbiy-sanitariya madaniyatini oşiriş bu kabi kasalliklarning oldini olişda muhim ahamiyatga ega.
Tirnoqlarni öz vaqtida oliş, qöllarning tozaligiga doimo rioya qiliş, oilada har kim öz soçiğidan, töy-maʼrakalarda şaxsiy qöl römolçadan foydalaniş ham bu borada muhim rol öynaydi.
Ob-havoning isib ketişi natijasida odamlarning içimlik suvga bölgan ehtiyoji ham ortadi. Bundan taşqari, bolalar ariqlarga, kanallarga, hovuzlarga çömilişga oşiqişadi. Şu sababli kunning issiq paytlari bolalarning nazoratsiz köçaga çiqişlariga, töğri kelgan joylarda çömilişlariga yöl qöymaslik kerak.
Bundan taşqari, dehqon bozorlarida, köçalarda sifati kafolatlanmagan, qölda (uy şaroitida) tayyorlangan salqin içimliklar, şarbatlar, ayron va boşqa içimliklarni isteʼmol qiliş ham ötkir yuqumli içak kasalliklarining kelib çiqişiga sabab bölişi mumkin.
Ötkir yuqumli içak kasalliklari asosan 3 yoşgaça bölgan bolalar örtasida uçraşini inobatga olib, bolalar parvarişi bilan şuğullanuvçi ota-onalarga quyidagilar tavsiya qilinadi:
- bolalar parvarişi bilan şuğullanuvçi şaxslar muntazam ravişda pediatr vraçlardan bolalar parvarişi böyiça maslahatlar olişi;
- bolalar parvarişi bilan şuğullanuvçi şaxslar şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilişi, bolalarga nisbatan ham şu talabni qöllaşi;
- bolalarga sovutkiçda uzoq muddat saqlangan taomlarni yedirmasligi, ularni töğri kelgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ovqatlantirmasligi;
- har qanday kişiga bolani ovqatlantirişga ruxsat bermasligi;
- köçadan uyga kirganda, ovqatlanişdan oldin, bolaga ovqat tayyorlaşdan oldin va uni ovqatlantirişdan avval qöllarini sovunlab yuvişi;
- bolalar qöllari va oğizlarini umumiy foydalanilgan soçiqlar bilan artmasligi;
- oziq-ovqat mahsulotlarini paşşa, suvarak va boşqa böğimoyoqlilardan asraşi;
bolalarning barmoğini sörişiga yöl qöymasligi;
- bozorlarda va köçalarda sotilayotgan meva-sabzavotlarni oqar suvda yuvmasdan taʼtib körmasligi;
- bolalarning nazoratsiz köçaga çiqişlariga, töğri kelgan joylarda çömilişlariga yöl qöymasligi kerak.
Mutaxassislar va olimlarning taʼkidlaşiça, salomatlikni asraş 18 foiz irsiy omillarga, 17 foiz atrof-muhit omillariga, 10 foiz tibbiy xizmatga, 55 foiz soğlom turmuş tarziga boğliq.
Demak, soğlom turmuş tarzini bolalikdan şakllantirib boriş barça kasalliklarning oldini olişning boş mezonidir.
Töramurod
BOBONIYoZOV, tuman DSENM boş vraçi, xalq deputatlari tuman Kengaşi
deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶