ÇORLOV (Faxriya)
Keling, döst-u yoronlar-yey, davr-u davronimni köring,
Çiroy oçgan yovonlarim, boğ-u ravonimni köring!
Dunyo kezgan polvonlarim, mard-u maydonimni köring,
Tili burro öğlonlarim, ilm-u irfonimni köring!
Gulga kirgan armonlarim – sayr-u sayronimni köring!
Keça kimlar edik, e voh, millat misli bandi, tutqun.
Dillar aro ming bir söroq, yurak yutdi zard-u tutun.
Xörliklarga tarix guvoh, haqiqat ham böldi tutqun,
Elim yuz yil qoldi mudroq, çiqarmayin hattoki un.
Bugun şaraf-şonlarimni - tengsiz Arkonimni köring!
Ertak aytar momolarim: biz körganni körmangiz, deb,
Kuydirguvçi nolalarim, dardlarimni sörmangiz, deb.
Erk, deb sölgan lolalarim nomin tildan qöymangiz, deb.
Bugun quvonç jolalarim aslo ğamga yöymangiz, deb,
Duo qilgan momolarim – mehri ummonimni köring!
Ayvonlarda qaldirğoçlar jivir-jivir qilib turgan,
Yaşillanib gul, oğoçlar sabzazorga dönib turgan.
Bari Qamar ham Sirojlar jismi kuçga tölib turgan,
Erkka payvand xuş onlarim – dorilomonimni köring!
Jahon aytar havas bilan: - Özbekiston – uluğ yölda,
Yangi avlod ixlos bilan tutmiş buyuk bir tuğ qölda!
Köngil tölmas qiyos bilan eng aziz, eng uluğ kunda,
Mustaqillik bolalarin dil töla tuğyonin köring!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶