Qomusim mening (Faxriya)
Vatan! Seni sevmoq men uçun şaraf,
Közim qaroğida yering – tört taraf,
Yaşayman qonuniy baxtga muşarraf –
Boşimda soyabon – Qomusim mening!
Oilam, mahallam, zaminu osmon –
Nurafşon tonglardan yorişgan makon,
Taqdir bitigimda hur, dorilomon
Hayotimga kafil – Qomusim mening!
Dunyoda nonga zor millatlar yaşar,
Huquqi toptalgan elatlar yaşar,
Mening baxtim körib, havasda başar,
Tinçlik taxtin qurgan Qomusim mening!
Etnik böliniş yöq, yöqdir kamsitiş,
Har dilda ezgulik tomon evriliş,
Maqsadlar yagona – yaşaş-yaşnatiş,
Iymon-eʼtiqodim – nomusim mening!
Vatan! Onajonim – mehr qörğonim,
ERKu adolatda keçar har onim.
Tuğing baland tutmiş qiz-u öğlonim,
Kuç-qudratim özing – Qomusim mening!
Kimsan, Amir Temur Körogon nasli,
Aql-u zakovatda tengi yöq asli.
Tegramda çarx urar Istiqlol fasli –
Mangu ozodligim – Qomusim mening!
Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶