KONSTITUTsIYa — XALQ IRODASIDAN TUĞILGAN BOŞ QOMUSIMIZDIR
Har bir xalqning tarixida şunday unutilmas sanalar böladiki, u kunlar yillar oşa öz ahamiyatini yöqotmaydi, balki yangiça maʼno kasb etib boradi. 8-dekabr — Özbekiston xalqi uçun ana şunday uluğ sanolardan biri. Çunki şu kuni mamlakatimizning boş Qonuni — Konstitutsiya qabul qilingan.
Bugun mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning tag-zaminida ham şu Konsituttsiya ruhiyati yotadi. Yangi Özbekiston degan tuşunça — adolatli jamiyat, kuçli fuqarolik pozitsiyasi, yoşlar uçun keng imkoniyatlar deganidir. Bularning barçasi boş Qonunimizdagi tamoyillar bilan uyğunlikda hayotga tatbiq etilyapti.
Yoşlar — jamiyatning eng katta kuçi, eng katta işonçi. Bugun ularga yaratilayotgan şaroitlar, taʼlimdagi özgarişlar, innovatsion imkoniyatlar, tadbirkorlikka berilayotgan keng yöl — Konstitutsiyaning amaldagi natijasidir. Zero, ertangi kun aynan bugungi yoşlar qölida. Ularning bilimli, taşabbuskor, vatanparvar bölib voyaga yetişi — davlatimiz taraqqiyotining asosi hisoblanadi.
8-dekabrni nişonlar ekanmiz, biz Konstitutsiyani faqat bir kun eslab qolmaymiz. Balki uning har bir bandi — bizning tinçligimiz, erkinligimiz, farovonligimizni himoya qilayotganini yana bir bor anglaymiz. Konstitutsiya — biz yaşayotgan hayotning qoidalari, adolatning mezoni, davlat va xalq örtasidagi işonç köprigidir.
Şu bois bu hujjatni hurmat qiliş, unga amal qiliş, uni anglaş — har bir fuqaroning şarafli burçidir. Boş Qonunimizga sodiqlik esa — yurt kelajagiga sodiqlik demakdir.
Konstitutsiya — bugunning barqarorligi, ertangining işonçi va kelajak avlodlarning mustahkam poydevoridir.
8-dekabr — ana şu poydevorning yuksak qadriyati sifatida nişonlanadigan kunidir.
Şahlo Yangiboyeva, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti 3-bosqiç talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶