ISTIQLOL ILHOMLARI
Jonajon ölkam
Tarix sahfasida nomi tabarruk,
Jöşqin navolarda kuylangan Vatan.
Ilm-u irfonlari şunçalar suyuk,
Dovruği dunyoni titratgan Ölkam.
Vatanimning bitta tolmas qanoti-
Qoraqalpoq eli obod, farovon.
Qoratov, Ustyurtning ming sinoatin
Hayratda kuzatib turibdi jahon.
Dalalar xazina – boğ-böston har yon,
Neça dostonlarga bölgulik mavzu.
Alpomiş, Barçinlar qayta tuğilib,
Hurlik kirib keldi Vatanga mangu.
Keling-yey, yurtimga mehmonga keling,
Taxiatoş nuri porloq, çaroğon.
Amu sohillarin bir bora kezing,
Qör tökib turibdi Vatan - jonajon!
Tursunboy ÖROZIMBETOV,
Xitoy qişloği.
Öynaylik omon-omon
Intilib nurlar tomon,
Kun-kundan yaşnar jahon.
Istiqlol bergan davron,
Öynaylik omon-omon.
Ilm-u fan, zamin, oçun-
Hammasi yoşlar uçun.
Yigitlar, qizlar durkun,
Öynaylik omon-omon.
Zavq olib tinçlik damdan,
Öt çaqnab har qadamdan.
Qulf ursin dilda çaman,
Öynaylik omon-omon.
Millatlar qatorimda,
Hur-tenglik şiorimda.
Bağri keng diyorimda,
Öynaylik omon-omon.
Amalda, tilda, sözda,
Qiş, bahor, yoz-u kuzda.
Vatanni asrab közday,
Öynaylik omon-omon.
Tursunboy ABDULLAYeV.
Vatan madhiyasi
Hur Vatanda döst, örtoq,
Qoraqalpoq va özbek.
Ahil-inoq yaşarlar
Xuddi bir tuğişgandek.
Gullagan çamandir bu,
Döstlarga Vatandir bu.
Yoş-u qari – har kişi,
Yaratuvçilik işi.
Mard insonning har qaçon,
El ğami – ğam-taşvişi.
Muruvvatga kondir bu,
Yaşnagan böstondir bu.
Kim edigu, kim böldik,
Erkimiz qölga oldik.
Rejalar tuzib buyuk,
Kelajakka yöl soldik.
Zafardan nişondir bu,
Avlodlarga şondir bu.
Qurdik koşona, qasrlar,
Jahon lol qolar asrlar.
Unda bizlarning kelajak –
Yaşar navqiron nasllar.
Şijoat, surʼatdir bu,
Bizlarning qudratdir bu.
Ahmad NAFASOV, "Jayxun ilhomlari” NNT raisi.
Ona yurtim
Bepoyon qumlaring, biyday dalalar,
Tarixni eslatgan köhna qalʼalar,
"Baday töqay”dagi kiyik bolalar,
Barçasi bizniki, aziz Vatanim!
Boşimda porlagan iqbol quyoşi,
Quvonçdan tökilgan közimning yoşi.
Istiqlolimizning yigitlik yoşi,
Barçasi bizniki, aziz Vatanim!
Intilib tobora yuksaliş tomon,
Olğa bormoqdamiz, borarmiz hamon.
Odil Yurtboşimiz bölgay soğ-omon,
Barçasi bizniki, aziz Vatanim!
Bu quvonç, bu şodlik barçaga ayon,
Ming yillar bölgay-da şundayin ayyom.
Farhod der: bugungi Mustaqil bayram,
Mangu qutluğ bölsin, aziz Vatanim!
Farhod AVEZOV,
Xitoy qişloği.
VATAN
Ey, mening jannatmakon Özbekistonim,
Tört fasl mujassam aziz böstonim.
Moziy va bugunda tilda dostonim -
Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!
Buguni va kelajagi buyuksan özing,
Xalqimning yuragida suyuksan özing.
Tomirda qonim-u körarga közim -
Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!
Bağringga yaraşar gullagan boğlar,
Xuddi ğururingdek balanddir toğlar.
Istiqlol farzandlari könglingni çoğlar,
Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!
Har yutuğingga qilarman taʼzim,
Har kuning bayram-u bölgay töy-bazm.
Şukurlarim köpdir, Ollohga rozim,
Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan!
Bahodir JUMAMURODOV,
42-sonli maktab direktori.
Vatan bayroği
Şeʼr yozmoqçi edim Vatan haqida,
Vatanga munosib tanlar edim rang.
Öylarim osmonda edi gohida,
Oq-oydin orzular soçardi jarang.
Dilimda muhabbat urgandi sabza,
Soğinç va sadoqat gullagani dam,
Ilhom ham quyilib keldi şu lahza, -
Senga şeʼr bitildi, azizim - Vatan!
Moviy osmoning, ham oy-u yulduzing,
Oq sahifam uzra möralaganda,
Sabza urdi masʼud bir sezim:
Şeʼr - bayroğingning rangida.
Ha, dilimning oppoq sahifasida,
Senga bölgan mehrim ranglari yorqin.
Şeʼrlarim-bayroğingga bölmiş qasida,
Şul hisdan ilhom jöş urdi, inçunun.
Har bir yurak ekan sening bayroğing,
Öttiz million yurak urar seni deb.
Betakrorim Vatan, suyangan toğing –
Xalqing borki, kelajagingdir buyuk!
Özing ham Vatanga bayroq böla bil,
Elim deb, yurtim deb porla, hilpira.
Şeʼrlarda Vatanni kuyla sidqidil,
Ey Hayratiy, ijod otin qamçila.
Tojiboy DÖSANOV.
MUBORAK
Tinç ölkasan Özbekiston, obod Vatanim,
Köz tegmasin nomingga çamanistonim.
Özbegimning ğururisan hur makonim,
Onamdayin aziz Özbekistonim.
Dil boğini yaşnatar gul bahoring,
Butun elga donği ketgan oydin yöling.
Osmoni tinç, osuda, obod elim,
Muborak bölsin senga, hur Istiqloling!
Hurlik yöli bergan çiroylaring bor,
Iftixordan xalq köziga nur tölsin.
Ozod, erkin Vatanim, gözal, betakror,
Taraqqiyot odimlaring muborak bölsin!
Inobat OTAJONOVA,
38-sonli maktab öqituvçisi.
ÖZBEKISTONIM
Zamin köksin silab şamollar esar,
Quşlar çuğurlaşib samoni quçar.
Barglar ham şitirlab göyo sözlaşar,
Gul ekib undiray, boğ-u böstonim –
Gözallikda tengsiz Özbekistonim!
Mevalari ğarq pişadi boğida,
Bulbullar sayraydi har butoğida.
Ming bitta tilsim bor qir-u toğida
Har yoni gulga kon çamanistonim –
Betakrorim mening - Özbekistonim!
Buyuk erur aziz ajdodlarimiz,
Temur, Manguberdi avlodlarimiz.
Duyoni lol etmiş savodlarimiz,
Tafakkur gulşani, ilm-u irfonim –
Zakovatda tengsiz Özbekistonim!
Sevara SOBIROVA,
19-maktabning 8-sinf öquvçisi.
OZOD VATANIM
Ortda qoldi oçlik-u xorlik,
Yaşagaymiz barçamiz baxtli.
Mangu bölgay tinçlik va hurlik,
Ortda qoldi tobelik, zörlik.
Yurtimiz tinç, elimiz obod,
Har bir xonadonda fayz-u baraka.
Vatanimiz erkin, xalqimiz ozod,
Doimo bayram, töy-u maʼraka.
Ozod endi Vatanim suyuk,
Qaram bölmas özga ellarga.
Ötmişimiz qançalar buyuk,
Alişmaymiz özga ellarga.
Bugun quvonçlarga tölmoqda dil,
Vatanim böylab quvonçlar kezar.
Xurlikka töldi yigirma tört yil,
Quvonç-u şodlik bayroğim bezar.
Iroda YeRDAŞEVA, 38-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶