GUMON
Ziyoda kattagina xonadonga kelin böldi. Uning umr yöldoşi uç aka-ukaning kenjasi edi. Ikkala qaynopalari allaqaçon turmuşga çiqib, özlaridan tinib-tinçib ketişgan. Ziyoda kelin bölgan yildan söng katta qaynoğasi yangi imorat qurib, rözğorini bölakladi. Keyin ikkinçi qaynoğasi şahardan uy olib, oilasi bilan köçib ötdi. Köpçilik bölib yaşaşga örgangan Ziyoda hayhotday hovlida qaynonasi bilan qolib, kun böyi zerikadigan böldi. Nima qilsin, eri kun böyi işda , hatto baʼzan keçalariyam kasalxonada qolib ketadi. Baʼzan tongda, baʼzan yarim tunda keladi.
Turmuş qurişganiga tört yil böldi, hamon farzand körişmadi. Erining özi şifokor bölgani uçun Ziyoda biron joyga borib davolanib keliş haqida gapirişga ham yuragi betlamaydi. Qaynonasi esa bot-bot:
- Hadiçaning kelini öğil tuğibdi, şu kelin qaçon tuşgandi? Sanamoyning qizini qaçon uzatişgandi, farzandli bölibdi-ya, - deb ilmoqli-ilmoqli gapiradi-yu, Ziyodaga yeb qöyguday tikiladi. Biroq heç narsa de-maydi.
"- Undan köra oçiğini aytaqolsa-çi” – iç-içidan ranjiydi Ziyoda.
Bir kuni qarindoşlarinikiga töyga ketgan qaynonasi darvozadan kiriboq Ziyodani çaqirdi.
- Ötir! – dedi buyruqnamo.
Supa çetiga astagina ötirgan Ziyoda qaynonasining amrini kutdi.
- Menga qara, - dedi u keliniga qattiq tikilib, - sening ammang bola tuğmagan ekan-ku! – dedi osmondan tuşganday.
Ziyoda "yalt” etib qaynonasiga qaradi.. Axir ammasining uçta farzandi bölib, uçalasidan ham nevara körgan-ku!
- Ammam, ammamning bolalari, nevara...
- Qöy-ye, bilmas ekansan, - tutaqdi qaynonasi. – Ozoda ammang umuman tuğmagan. Uçala farzandini ham asrab olgan. Sening naslingda tuğmaslar bor ekan-da! Ozoda öqişdagi topgan yigiti bilan Qaşqadaryoda yaşab yurib, 3 nafar bolani asrab olgan ekan! Yo xudoyo, özganiki özak bölolmas, deganlar. Aytaver, sen bolamning boşini aylantirib nimalarni öylab yuribsan?
Ziyoda dong qotdi. Ammasining farzand tarbiyalab olganini u haqiqatan ham bilmasdi. Qaynonasining gaplaridan ham hayron, ham xijolatda edi. Qaynonasi esa Ozoda ammasining "detdom”dan bola asrab olganini, bepuştlik Ziyodaning qonida borligini, öğlining baxtsizligini, içidagi hamma dardini bir zumda tökib soldi. Ziyoda kelin bölganidan beri birinçi marta qaynonasiga tik qaradi:
- Bekor gap! – dedi ovozini kötarib. – Bunaqa yolğon gaplarni qayerdan oldingiz?
- "Bekor gap”, "yolğon gap”, endi mening gapim yolğon böldimi? – astoydil jahli çiqdi qaynonasining.
Ziyoda yerga qaradi, qaynonasiga qöpol gapirib qöyganini sezib, hatto puşaymon böldi. Lekin sevimli ammasining ortidan mağzava ağdarib, Ziyodani bilib-bilmay, uzil-kesil bepuştga çiqarayotganidan köngli zil ketdi. "Gapiga yaraşa gap qildim”, - öyladi u qaynonasiga böy bergisi kelmay.
- Men seni indamas, desam içingda uyday balo bor ekan-ku! – yana uzib oldi qaynona.
Bu gal Ziyoda indamadi. Hamma mojaro eri Muzaffar işdan kelganidan söng boşlandi. Oşxonada ovqatga unnab yurgan Ziyoda ona bilan öğlining gaplarini eşitmadi-yu, dasturxon boşiga kelganida erining ham qovoq-tumşuği osilib ötirişidan bildiki, ona-bola Ziyodaning "masalasi”ni muhokama qilib ötirişardi. Uçalasi jim ötirib ovqatlanişdi. Oşxonadagi yumuşlarini bitirgan Ziyoda içkari uyga yönalganida ortidan eri çaqirdi:
- Kel, Ziyoda, ötir, - dedi u mehribonlik bilan. – Sen onamdan xafa bölma. Men hammasini bilardim. Ozoda opaning farzand olib boqqanini suriştirib bilib olganimni senga aytmagandim.
- A! – xuddi Ziyodani birov turtib yuborganday, gandiraklab ketdi. – Bilasiz, nega menga aytmadingiz? Özingiz bilib, indamay yurganingiz bilan hayotimiz izga tuşarmidi? Kördingiz-ku, enamning kamsitişini! – yiğlab yubordi Ziyoda.
- Onam seni kamsitayotgani yöq, negadir xotiniga emas, yerga boqqança gapirdi Muzaffar. – Nima desam ekan, onam,... onam ham nevarali bölişni xohlaydi...
Oraga jimlik çökdi. Bir zumlik sukunat Ziyodaga yilday tuyuldi. Erining sönggi gapidan söng içida nimadir uzilganday, joni oğridi. Qaynonasi qölidagi soçiq bilan yelpinganiça:
– Böldi, tamom!- dedi çört kesib. – Ertagayoq Muzaffar bilan döxtirga borasizlar. Umr töxtab turmaydi, qaçon Gulsaraning kelini homilador bölar ekan, deb!
Ziyoda tongni bedor qarşiladi. Xuddi oğir kasallikdan turganday, lohas sezdi u özini. Negadir Muzaffar kamgap, ğamgin bölib qolganday tuyuldi unga. Nonuşta ham qilmay eri bilan şifokor körigiga otlanişdi.
Bir kunda rang-röyi sölib, maʼyus tortib qolgan Muzaffarning özini tutişi Ziyodaga ğalati tuyuldi. Eri özini bunday tutayotganining boisi faqat farzandsizligi emas, undan nimanidir yaşirayotganday tuyulaverdi Ziyodaga. Yana öziga özi taskin berdi: "Axir töydan oldin tibbiy körikdan ötganimizda şifokorlar ikkalasini ham soğlom, deb xulosa berişgan, gumon qilguday jiddiy kasalligi bölmasa”...
Şunday bölsa-da şifokor körigiga kirgunlariça Ziyoda ham, Muzaffar ham xuddi begonalarday, bir-birining gap sözlariga "ha” yoki "yöq” deb javob qaytarişdan nariga ötişmadi.
- Umumiy laboratoriya tahlillari, UZI xulosalari yomon emas, - dedi Ziyodani obdon körikdan ötkazgan şifokor opa. Söng Muzaffarga yuzlanib qöşib qöydi. – Mana bu dorilarni topib, Siz ozgina davolanişingiz kerak, şamollaş bor ekan. Nega oldin-roq muolaja olmadingiz? Özingiz şifokor ekansiz. Farzand körmayapman, deb kelindan gumon qilib yuraverdingizmi, a, ukajon?
Muzaffar noqulay ahvolda qolgandi. Garçi bolalar şifokori bölsa-da, öz vujudidagi yetişmovçilikni sezar, lekin bu holat farzand körmasligiga sabab bölişi haqida öylab ham körmagandi. U barça ayb Ziyodada, deb gumon qilar, hatto xotinining uruğ-aymoğida befarzand qarindoşlari bor-yöqligini zimdan suriştirgan, Ziyodaning Qaşqadaryo viloyatiga, öz kursdoşiga turmuşga çiqib, farzandsizligi uçun uç nafar bola asrab olgan Ozoda ammasi haqida eşitgaç, dilidagi gumon yanada ortgandi. Hatto Ziyodaning özi ham bilmaydigan Ozoda ammasining sirini oşkor etib, xotinini sal bölmasa bepuştga çiqarayozgani uçun özini özi yomon körib ketdi. Ziyoda esa xuddi yelkasidan toğ ağdarilganday, oyoqlari yerdan yengil köçar, bir gapirib ön kulardi.
- Döxtir opa bilgir ekan-a! – Göyo hamma muammolarini öşa opa hal qilib yuborganday, minnatdorlik bilan gapirdi Ziyoda. – Siz bölsangiz, Ozoda ammamdan aylanib kelib gapirib ötiribsiz.
Ziyodaning bu gapi Muzaffarga: "Siz gumonçisiz”, - deganday tuyuldi. Battar yuragi ezilib, xotinining yuziga tik qaray olmay qoldi.
Uylari oldidagi gujum soyasida ularni kutib ötirgan Gulsara ena öğliga emas, keliniga qarab kesatdi:
- Ha, döxtir qöyningizni aldovlarga töldirib yubordimi? Yo falon oydan söng tuğasan, dedimi?
Ziyoda ançayin farosatli, bosiq edi. Bor gapni eri aytişini bilgani uçun:
- Hammasi yaxşi böladi, deyiş-di, - dedi-yu uyga kirib ketdi.
Ona-bola gujum soyasida ötirib uzoq suhbatlaşişdi. Ona nima dedi-yu, öğil qanday gap aytdi, bunisi Ziyodaga qoronği. Faqat şu kundan keyin qaynonasining feʼli keskin özgardi. Ziyodaga nisbatan mehribon va muloyim bölib qoldi. Öğli bilan kelinini Toşkent şahridagi "Gulşan” sihatgohiga yuboriş taraddudiga tuşdi.
- Ozoda ammangda ayb yöq ekan, - dedi bir kuni Ziyodaga. – Boyaqiş erini yaxşi körgani uçun şu yölni tanlagan ekan. Aslida eri...
- Ammang boşqaga turmuşga çiqsa, farzandli bölardi, - degandi onasi Ziyoda u haqda söraganda. – Ota-onasining "ovulga qayt” deganiga ham könmadi. Sizlar juda kiçkina edinglar, bilmaysizlar. Lekin asrab olgan farzandlari biri-biridan aqlli. Gulsara qudağay gumonga borib, gunohga botibdi.
Ziyoda şuni esladi-yu:
- Heçqisi yöq, ena, - dedi kulib.
Oradan bir neça oy ötib, Ziyoda homilador böldi. Gulsara ena yer-u kökka siğmay quvondi.
- Bolam eson-omon qutulsa, xudo yöliga bir jonliq ehson qilaman, - köngliga tugib qöydi u.
Şunday qildi: Muzaffar malikalarday qizli böldi. Ismini ham Malikaxon, deb atadi. Şu kuni elga oş berib, nevarasining poyqadamida qon çiqarib, xudoyi-sadaqa qildi.
- Malikaxonning ukalari köp bölsin! – deya duo qilişdi "muborak bölsin”ga kelganlar...
Muzaffar bilan Ziyodaning bağri töldi, baxtlari kuldi. Ketma-ket yana ikki öğilçali bölişdi. Hovlilari oldidagi baland gujum daraxtiga Gulsara ena öz qöli bilan uçta arğimçoq qurdi. Kun böyi nevaralari bilan birga gujum soyasida öynovçi qöşni bolalar ham huzur qilib, navbatma-navbat arğimçoq uçişadi.
- Ha, şukur-a, şukur, - deydi Gulsara ena arğimçoqlar şamoliga köksini tutib. – Şu omon bölgurlarni bergan Xudoyimga şukur!
Faqat bot-bot irim-sirimlarga işonib, gumonlar girdobida qolganini, Ziyodaning diliga ozor yetkazganini eslab, oğir tin olib qöyadi. "Öşanda şaytonning izmiga kirib, öğlining oilasi buzilib ketişiga sababçi bölişiga bir bahya qolgandi-ya! Gumon – imondan ayirar, gumoning – duşmaning, deganlari şumikan? Imonsizlikdan özing asra”,- deya özini özi taftiş qiladi-yu, nevaralarining quvnoq kulgularidan bahri-dili yayrab, barça dilxiraliklarni unutadi.
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶