AMUDARYoMSAN
Bu yil yaxshi niyat bilan, rejalarni hisoblab,
Yerga urugʻ qadagansiz, dala otizni toblab.
Mehnatingiz samarasi zafar quchdi eʼzozlab,
Yil boshidan karvonboshi boʻlgan Amudaryomsan,
Muddatidan ancha oldin toʻlgan Amudaryomsan!
Tong sahardan kun botguncha daladir uying-joying,
Mehnat qilish bilan oʻtdi bir yil-oʻn ikki oying.
Dam olishga oʻtirganda yoningda ovqat-choying,
Shu sababli karvonboshi boʻlgan Amudaryomsan,
Marra tomon eng birinchi kelgan Amudaryomsan!
Dongʻi ketgan Mangʻit, Qipchoq dehqon eli Qilichboy,
Toʻlqin, Toshyop, Oq oltinu, Doʻrman, Nazarxon, Bekboy.
Amir Temur, Turkmaniston, Kuyuk koʻpir va Xitoy,
Mehnating-la karvonboshi boʻlgan Amudaryomsan,
Qancha toʻyu, qancha bayram koʻrgan Amudaryomsan!
Fermerlaring bir-biridan koʻtardi baland xirmon,
Mehnat qilib yetishtirdi moʻl-koʻl paxta, pilla, don,
Bugun yerning egasidir haqiqiy bobodehqon.
Har sohada karvonboshi boʻlgan Amudaryomsan,
Soʻz berding-u ahdga vafo qilgan Amudaryomsan!
Mehnatidan qadr topgan azal usta paxtakor,
Halol mehnat, fidoyilik va ilgʻorlik senga yor.
Oʻttiz ikki ming tonnadan ortiq xirmoning tayyor!
Tumanlarga karvonboshi boʻlgan Amudaryomsan,
Oʻzbekistonda birinchi toʻlgan Amudaryomsan!
Shomurod XOʻJANOV, "Doʻrman” ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶