12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:41
Jamiyat 👁 3,095

ILM-U MAʼRIFATGA BAXŞIDA UMR

ILM-U MAʼRIFATGA BAXŞIDA UMR

Dörmanliklarning katta-yu kiçigi xalq taʼlimi faxriysi, umrini el bolalarini ham öz farzandlariday ilmli, odobli, barkamol bölib voyaga yetkaziş uçun baxşida qilgan Ozod aka Otajonovni özlariga ustoz deb bilişadi. Boisi, u 41-yil mobaynida şu el bolalariga taʼlim-tarbiya bergan bölsa, ovulida oilalarning tinç-totuv yaşaşi, özaro oğzibirçilik va hamjihatlik mustahkam bölişi uçun ham harakat qildi. Xonadoni eşigi hol-ahvol söraşgani, biron muammosini hal qilişga yöl-yöriq sörab kelgan odamlar uçun doimo oçiq turadi. Ustoz heç kimdan vaqtini ham, maslahatini ham ayamaydi.

Ozod Otajonov Buxoro Davlat pedagogika oliygohining biologiya fakultetini tugatib qişloğiga qaytgaç, iş faoliyatini dastlab 20-maktabda bolalarga dars berişdan boşladi. U paytlarda bolalar öqiş-örganişdan köra, köproq paxtani parvarişlaşdan tortib, yiğiştirib olişgaça bölgan işlarda band bölar, yoş öqituvçi imkon topib bolalarga ilm-u maʼrifat ulaşişga intilardi. Şuning uçun ham 1978-yildan boşlab maktab ilmiy bölim mudiri böldi. 1993-yildan 2008-yilgaça 70-sonli umumtaʼlim maktabiga direktorlik qildi. Yoş bolalar qalbida ilm-maʼrifatga qiziqiş uyğotişda va öqituvçilar jamoasiga rahbarlik qilişda öziga xos maktab yaratdi.

Ozod Otajonov xalqimizning özligini anglaşga, tarixini örganişga intilişi qattiq qatağon etilgan ötgan asrning saksoninçi yillarida safdoş dösti, jonkuyar öqituvçi Kenja aka Jumaniyozov (joyi jannatda bölsin!) bilan Dörmanninggina emas, balki butun Qiliçboy elining, tumanimizning tarixiga oid köpgina maʼlumotlar töplaşga erişdi. Ikkinçi jahon uruşida şahid bölgan, bedarak ketgan qiliçboylik yuz nafarga yaqin yurtdoşlarimizning ism-familiyalarini aniqlab, "Xotira kitobi”ga kiritilişiga erişdi. Eng diqqatga sazovor joyi – ustoz bu maʼlumotlarning hammasini hozir ham yodida saqlab qola olgan va bemalol aytib bera oladi.

- Oyoğimiz ostidagi tilsiz zamin ne-ne talotöplarni körmagan, neça-neça bugungiday farovon hayotni orzu qilib kuraşgan ajdodlarimizni bağriga olmagan deysiz? Qiliçboy tarixi bilan qiziqib, izlanib, ötmişimizning biror sahifasini bölsa-da yoritişga, bularni boşqalarga ham örgatişga intildim. Hozir ham qiziquvçilarga jonim bilan bularni örgataman, - deydi Ozod Otajonov.

Ustoz bilan bir bor suhbatlaşgan odam şuuri oydinlaşganday böladi, tiriklikdek bebaho neʼmatning qadrini teranroq anglaydi.

Öqituvçilik kasbi zarraça qadrlanmagan davrlarda ham ana şunday fidoyilik bilan 41-yil işlagan Ozod Otajonov 2008-yildan beri nafaqada. Davlatbika Tursunova bilan ahil yaşab, kamolga yetkazgan 4 qiz, ikki öğilning ardoğida keksalik gaştini surib yaşayapti. Qizlarining hammasi uyli-joyli bölib, ösib-unib, özliridan tinçib ketişdi. Öğillari Hamidullo, Xayrullo, ikkala kelin ham ota kasbini davom ettirişayapti.

Ularning oila qurganiga bu yil kuzda 40-yil töldi. 40-yil sen-menga bormay, ahil-inoq yaşab, farzandlarini ham odobli, ilmli, halol va el koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazişdi. Şuning uçun ham ularning oilasi joriy yilda "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi OFY, MFYlar bilan hamkorlikda ötkazgan "Eng ibratli oila” körik-tanlovining ovul bosqiçi ğolibi, deb eʼtirof etilib, tuman miqyosidagi bosqiçda iştirok etişdi.

- Opangiz ikkimiz ham keksalikka kirdik, deb qarab ötirmaymiz, doimo el bilan birgamiz, böş vaqtlarimizda nevaralarimizni yonimizga olib, tomorqa işlariga, mol-tovuqqa qaraymiz, - deydi Ozod aka kulib.

Şuning uçun ham ularning hovlisi atrofi yam-yaşil daraxtlar, gullar bilan juda tarovatli. 18 nafar nevara, bir çevara quvonçini körgan ustoz esa baribir tinim bilmaydi, ğayratli, könglida ertangi kun rejalari. Bularning barida kişini ezgulikka, intilişga çorlaguvçi ajib bir hikmat mujassam. Bu hikmatdan köpçilik örnak olsa arzigulik.

 

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026