28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:46
Jamiyat 👁 5,431

EL-YuRTGA BAXShIDA UMR

EL-YuRTGA BAXShIDA UMR

Hayot qancha totli boʻlmasin, intihosi bor, kimdir uzoq, kimdir qisqa umr koʻradi. Shu masofa oraligʻida qilgan ishlari, ezgu amallari umrini bezaydi, mangulikka daxldor qiladi.

Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov vafotidan chuqur qaygʻuga botgan tumanimiz xalqini 2016-yilning 8-sentyabr tongida yana bir mudhish xabar qarshi oldi: tumanimiz hokimi, Amu elining fidoyi va jonkuyar farzandi, gʻamxoʻr rahbar, talabchan ustozimiz Rajapbay aka Yoʻldashev ogʻir kasallikdan vafot etdi. Ushbu qaygʻuli damlarda men ustozimizning oila aʼzolariga, barcha qarindosh-urugʻlariga va butun tumanimiz xalqiga oʻz hamdardligimni bildiraman.

Men Rajapbay Yoʻldashev bilan uzoq yillar, avval "Amudaryo haqiqati” gazetasi muharriri, keyinchalik hokim muovini sifatida birga ishlashga, u kishining maslahatlarini, yoʻl-yoʻriqlarini olishga va oʻz faoliyatim davomida ulardan foydalanishga musharraf boʻlganimdan faxrlanaman.

Xuddi hozirgiday esimda, u kishi hokimlik masʼul xodimlari bilan yo korxona, tashkilotlar rahbarlari bilan qanday masalada yigʻilish oʻtkazmasin, bir gapni koʻp takrorlardilar: "Bizga tumanimiz xalqi suyanadi, umid bilan qaraydi, xalq gazsiz, elektr energiyasisiz yo suvsiz oʻtirsa, yo boshqa muammolar girdobida qolib ketsa... unda bizning nima keragimiz bor, biz kimman deb bosh koʻtarib yuramiz?”

Rajapbay Yoʻldashev tumanga rahbarlik qilgan yillarida xalqimizni qanchalik farovon, turmushini obod koʻrishni istagan boʻlsa, fidoyi mehnatlari tufayli, odamlarni ham shu niyatlari yoʻlidan boshlab, maqsadlariga erishdilar, deb ayta olaman. Tumanimizdagi barcha sohalarda erishilgan yutuqlar, yuksalishlar, dasturxonlarimiz toʻkinligi, turmushimizning obodonligi zamirida u kishining mashaqqatli mehnatlari mujassamdir.

Hech esimdan chiqmaydi: 2005-yilning izgʻirinli kuz kunlarida Amudaryoning ostidan tumanimizga gaz tarmogʻi tortilgan damlarda charchaganiga, sovuq yeganiga ham qaramay, Rajapbay aka jarayonning  boshida turdi. Tezroq xalqimizning tabiiy gaz bilan taʼminlanishiga oshiqdi.

Oʻsha hudud aholisi, tumanimizdagi korxona, tashkilotlar rahbarlari, fermerlar ishlovchilarga navbatma-navbat ovqat, choy tashib turganini koʻrib:

- Shunday ahil, borini el bilan baham koʻradigan odamlarimiz uchun har qancha xizmat qilsak oz, - degandilar quvonib.

Tumanimiz xalqi oʻz rahbarini, jonkuyarini, fidoyi oʻgʻlonini qanchalik  sevmasin, Yaratganning hukmi oldida  ojiz. Katta-yu kichik cheksiz qaygʻu bilan, alamli yoshlari bilan Rajapbay Yoʻldashevni soʻnggi yoʻlga kuzatdi. Uning xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi.

Xonimjon RAJABOVA,

"Barkamol avlod” bolalar markazi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

***

Necha oylarki, tumanimiz mehnatkashlari  tumanimiz rahbari, talabchan va ayni paytda gʻamxoʻr, qatʼiyatli ustozimizning sogʻ-salomat safga qaytishini tilab, u kishining yoʻqligini bildirmay, sidqidildan mehnat qilib, barcha sohalarda yutuqlarga erishib, u kishining dardini yengillatishga harakat qilishmoqda edi.

Afsus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tuman Kengashi deputati, "Shuhrat” medali, "Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi Rajapbay Yoʻldashev oramizdan juda erta ketdi.

Men oʻzim rahbarlik qilayotgan "Amirxon” fermer xoʻjaligimizning yillik paxta topshirish rejasini bajarganimni u kishiga quvonib aytishga chogʻlangan vaqtimda shu mashʼum xabarni eshitdim. Rajapbay akaga kichkina boʻlsa-da xushxabar aytsak, oʻzida yoʻq quvonar, hali sizlarning  qoʻlingizdan koʻp ishlar  keladi, deya yana ham ishga shoʻngʻib ketishga ruhlantirar edilar.

U kishining yoʻl-yoʻriqlari, maslahatlarini olib ishlab, kam boʻlmadim. 2008-yilda "Qilichboy” MMTP raisligini, 2012-yilda tuman fermerlar Kengashi raisligini menga ishonib topshirgan boʻlsalar, bu vazifalarni sidqidildan ado etishga harakat qildim. Umuman, Rajapbay aka barcha rahbarlarni  ham qoʻllar, kerak paytda muammolarini tinglab, yechim topishiga koʻmaklashardi. Dala kezib yurgan yo  tuman hayotiga oid boshqa muammolar bilan shugʻullanayotgan boʻlsa-da, oddiy xalqning hayotini hech nazardan qochirmas, hudud rahbarlariga doim ana shu odamlar uchun ishlayotganingizni unutmang, deb uqdirardi.

Rajapbay aka Yoʻldashev oʻzining ishchanligi, bilimdonligi, tumanimizda barcha jabhalarning taraqqiyoti uchun birday qaygʻuradigan fidoyi va jonkuyarligi bilan barchaga namuna edi.

Aziz ustozimizning xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi.

Otaxon QURBONIYoZOV,

"Amirxon” fermer xoʻjaligi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026