12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:56
Adabiyot 👁 3,748

QAYNONANING DIL SANDIĞI OÇILGANDA...

QAYNONANING DIL SANDIĞI OÇILGANDA...

SÖZINI ANGLAMAGAN KELIN

Qişloqning odamlari boşqaça-da! Mehr-oqibatli, bordi-keldili. Birovi töy boşlasa, xuddi özining maʼrakasiday yugurib-yelib xizmatda turişadi.

Ötgan haftada Norpoşşa ena öğlini uylantirdi. Töy Norpoşşanikida emas, qöşnilarinikida böldi göyo. Hukumat idorasida 35-yil işlagan Norpoşşa enaning hamkasblari-yu şogirdlari, oşna, yor-döstlarining barçasini qöni-qöşnilari mehmon qilişdi. Bu ham bir özbekona muruvvat, qadriyat-da.

- Qöşnilarim omon bölişsin, -deydi quvonib Norpoşşaxon ena.

"Iş buyurar”, "kuyov çaqiriq”, "quda çaqiriq” kabi marosimlarni ötkazişda ham qöni-qöşnilari Norpoşşa enaning joniga oro kirişdi. Biri patir yopsa, biri şirinliklar pişirib kelişdi-ya, baraka topkurlar. Töydan keyingi barça rasm-rusumlardan köngli tölgan Norpoşşa enaga avval sobiq hamkasblari:

- Kelinpoşşaning qölidan bii-ir çoy içsak, -deyişdi.

Norpoşşa enaga bu taklif maʼqul kelib, özi nafaqaga çiqquniça bir oila aʼzolariday ahil bölib işlaşgan hamkasblarini tuşlikka çaqirdi.

- Qizim, - dedi u yangi kelinni yoniga çorlab, -keladigan mehmonlar mening tuğişganlarimday aziz, katta uyga dasturxon yozgin. Ham salqin, ham keng uyda bemalol ötirişadi.

Kelin jimgina içkariga yönaldi. Katta kelin ovqatga unnab yubordi. Qöşnilari Asalbibi, Jangiljon, Gulsara çeçalar tezda patir yopişga çoğlandilar. Katta uyda dasturxon tuzayotgan yangi kelinning tundligini körgan Norpoşşa ena xavotir bilan söradi:

- Ha, bolam, biron joying oğriyaptimi?

Kelin indamadi-yu, uy  eşigidan çiqayotib ğudrandi:

- Bu uy "stolovoy”mi yo "restoran”mi, butun ovul yiğilib keladi bir gap bölsa.

Kelinning ne sababdan tundligini anglagan Norpoşşa ena qatʼiy buyurdi:

- Töxta!

Kelin töxtab, orqasiga burildi. U aftidan ğudranib aytgan gaplarimni qaynonam eşitmadi, deb öylagandi.

- Mening uyim, - dedi Norpoşşa ena, - nafaqat yaxşilar uçun "stolovoy” va "restoran”, balki bozor ham. Yaxşilik uruği ekilgan joyga yaxşilar keladi. Senga bu yoqmasa, eşigingni hoziroq yop. Xonadonimga egilib, hurmat-ehtirom körsatib keluvçilarga egilmaydigan kelinning "stolovoy”imda ham, sen aytganday "restoran”imda ham xizmat qilişi şart emas!

Kelin özini yöqotib qöyayozdi. Bu xonadonga tuşganiga endigina bir oy tölgan yangi kelin uçun qaynonasining bu gaplari kaltakdan ham battar edi.

Mehmonlar tarqagaç, Norpoşşa ena yangi keliniga:

- Insonning qandayligi uning söz olişidan bilinadi, bolam, - dedi nasihatomuz. – Sözing ham dovruğing, ham şaʼning. Bir oğizgina yomon söz seni yer bilan bitta qiladi. Sen boyagi sözlaring bilan mening dilimga toş ot-ding. Bundan keyin sözingni anglab gapirmasang, seni aslo ke-çirmayman!

 

"Öğlim ham menga tegişli”

Oysulton badavlat oilaning qizi bölganidan ota-onasi hadya qilgan sep-u sarpo-suruqlari qaynonasi jihozlagan uyga siğmay qoldi.

- Bittagina xona berişdimi sizga? – kinoya qildi töydan söng eriga.

- Nima böpti, ikkovimiz yaşaşimiz uçun hozirça şu xona yetadi, keng-möl, - dedi eri samimiyat bilan.

- Yöq!-dedi kelin qatʼiy. – Bu xonaga siz siqqaningiz bilan men siğmayman, ana u zalni ham qöşib berişsin!

Töydan söng hali bir oy ötmasdan uy talaşayotgan kelinning gapini bexos eşitib qolgan qaynona:

- Qizim, -dedi nasihat ohangida, - uyimiz keng, siğmayotgan bölsang, xohlagan xonangga çiqib olaver. Bu uy seniki, bunisi meniki demagin, uyat böladi.

Kelin jimgina yerga qaradi. Qaynonasi çiqib ketgaç, eri ötirgan oromkursini körsatib:

- Turing örningizdan, - dedi jahl bilan, - şuyam matohmi, Manğitning ustalari qölidan çiqqan ordona qolgur mebellardan örgildim. Ota-onangiz qilgan mana bu "quti”larni ham çiqarib taşlaymiz.

Kelin xona töridagi bejirimgina servantga işora qilayotganini tuşungan öğil jahl bilan örnidan turib, çiqib ketdi. Kelin esa bilganidan qolmadi. Qaynilarini çaqirib, xonadagi qaynona-qaynotasi yaxşi niyat bilan Manğitning nomdor ustalariga buyurtma berib yasattirgan servant va divan-kreslolarni ayvonga çiqartirib taşladi. Örniga ota-onasi tomonidan sepiga qöşilgan yotoqxona mebellarini kiritdi. Körpa-körpaçalarni ham tanlay boşladi:

- Mana bu körpaçalar ham parda va gilamga "podtsvet” emas ekan, olib çiqaraveringlar, mana bu gilam ham "moda”dan qolgan, umuman, qaynonamga tegişli narsalarning heç qaysisi kerak emas, olaveringlar, - qölini beliga qöyib qaynilariga buyruq berardi kelin.

- Kelinpoşşa, -dedi uyini qaytadan bezatayotgani ustiga kirgan qaynona. – Menga tegişli heç narsa qolmadimi? Öğlim ham menga tegişli, uniyam xonangdan çiqarib taşlagin-u bemalol yaşayver. Şuni unutmaginki, butun dunyoning yarmini olib kelib qöysang ham könglingda mana bu ostonaga salgina mehr, odamgarçilik bölmasa, sening bizga keraging yöq.

- Öğlim, sen esa ana u köç-köroning bilan bizning yonimizga köçib ötaqolgin, to kelinimiz öziga kelib olsin, - dedi qaynona qatʼiyat bilan.

Boyvaçça kelin zil ketdi. Tilini tişlab qoldi.

 

Oilaning havosini hasad buzar

Oysara ena ikki öğil uylantirdi. Yolğiz qizini turmuşga berdi.

- Xudoga şukur, öğil-qizdan tinçidim, – dedi yaqin dugonasiga quvonib.

- Alloh baxtini bersin, bolalarning, - Oysaraga tilakdoş böldi dugonasi.

Ulardan sal narida, supa çetida öğlini emizib ötirgan kelin öziça hazil qilgan böldi:

- Alloh baxtimizni beradi, deb kutib yuraverarkanmiz-da!

Oysara ena kelinining bu gapidan ranjidi:

- Hah, bolam-a, imoni soğ, mehnatkaş odamning rizqini Alloh ziyoda qiladi, - dedi astoydil xafa bölganini bildirib. – Rizqing ziyoda bölgani – baxting-da, bolam.

- Qöysangiz-çi, ena, katta ovsinimga yangi imorat qurib berdingiz, -dedi kelin sur-betlik bilan. – Qaynotamdan qolgan maşinani ham qaynoğajon minib yuribdi. Molni sotib, qizingizning sepini butladingiz. Ularga xudo berdimi yo sizmi?

Oysara ena dugonasi oldida uyatdan titrab ketdi. Keliniga biron gap aytişga ham madori kelmay, yer çizdi. Şunda dugonasi:

- Hay-hay kelinpoşşa –dedi ovozini kötarib. –Bu ne, öpkangmi  yo hasadingmi? Nima bölganda ham juda tilingga erk berding-a! Bu yerda söljayib ötirganingdan, kampirlarning gapini tinglaganingdan uyal! Undan köra anov qaynotang bilan qaynonang tuzgan qöra töla mol-holingga qara, tovuğingga don sol, tomorqangni obod et. Gap bilan ğiybat va hasad seni heç kimga el qilmaydi. Oysara barça farzandlari uçun qiladiganini qilib, ataganini berib böldi. U yoğiga özing yugur!

Kelin öylamay gapirib qöyganini anglab, ikki kampir oldida boşini kötarolmay qoldi. Oysara ena esa kelinining odobsizligidan dugonasi oldi-da yer bilan bitta bölib ötirar, dilida bir hikmat çarx urardi: "Oilaning havosini hasad buzar”.

 

Sandiqni oçgan:

Robiya YÖLDOŞEVA.   

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026