28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:01
Adabiyot 👁 2,934

QAYNONANING DIL SANDIGʻI OChILGANDA

QAYNONANING DIL SANDIGʻI OChILGANDA

Kelinning tili – shaytonning qoʻli(mi?)

Besh qizdan keyin koʻrgani – yolgʻiz oʻgʻlini uylantirgan Gulsaraning ogʻzi qulogʻida.

Kelini oʻtirsa ham, tursa ham boʻyiga qarab toʻymaydi. Qizlari-ku besh qiz edik, endi oltov boʻldik, deyishdi bagʻirlari toʻlib. Tez-tez kelishadi, quvonchdan yayrab-yashnab, ochilib-sochilib oʻtirishadi.

Bugun ham oʻylashib olishganday, besh qizi ham jam boʻlishdi. Ona xursand, uka mamnun, oilaning bagʻri toʻldi-qoldi. Kelin esa...

Opalarining oldiga hadeganda choy-non qoʻyilavermadi. Uka noqulaylikdan oshxonaga oʻtdi.

- Opalaringiz tez-tez kelavershadi, toʻrga chiqib, yalpayib oʻtirib olishadi, enam ham ularni oʻlarday yaxshi koʻradi, mingʻirladi bir oylik kelin.

Uka ichidan zil ketdi, sezdirmadi:

- Gapni qoʻy, dasturxonni yaxshilab tuzat, - dedi.

- Men xizmatkormanmi, oshxonadan chiqmayman.

Kelin gapirmadi, goʻyo miltiqday otildi. Uning bu gapini suv ichgani kirgan qaynona eshitdi, indamay orqasiga burildi. Kelin to non-choy koʻtarib kirgunicha beshta qaynopa ketib ulgurgan edi. Ular onalariga hech narsa demadilar. Lekin qaynona – ona, sezdi. Biroq qizlari aqlli edilar, kulib-oʻynab xayr-xoʻsh qildilar.

Ikki kun oʻtib, kelin opasinikiga mehmonga ketdi. Qaytib kelganida qovogʻi ochilmadi. Hatto yigʻidan koʻzlari qizarib ketgandi.

- Ha, bolam, tobing yoʻqmi, ota-onang tinchmi? – Kelinning koʻnglini soʻradi qaynona.

- Yoʻq, yaxshiman, ota-onam ham yaxshilar.

- Unda nimaga yigʻlading?

- Xuddi men ularning narsasiga zorday, - piqillab yigʻladi kelin, - borsam, ota-onam uchun boraman. Chechamni aytaman-da, doim shunday qiladi.

- Nima qildi? – kuldi Gulsara qaynona.

- Ovqatni oʻzing pishir, ishim koʻp, dedi. Yaxshilab dasturxon ham yozmadi. Akam ham uning tarafini oldi.

- Onang-chi?

- Onam hech narsa demadi.

- Koʻrdingmi, qizim. Opang hamisha yaxshilik yoʻlini tanlaydi. Hammamiz shunaqamiz. Kelinning tili – shaytonning qoʻli, bolam. Shayton aralashdimi, uy tugul davlatlarning ham tinchi buziladi, esingda boʻlsin. Tiling emas, har gal aqling soʻzlasin.

Kelinning bir qiligʻi ortiq boʻlsa...

Saodat momoga nevarasi yangi koʻylak tikib berdi. Quvonganidan yashnab-yasharib ketgan momo koʻylakni kiyib chiqdi. Kelin tumshayib oldi. Nimadir deb mingʻirladi. Momo eshitmadi-yu, ichidan zil ketdi. Kelinga yoqmaganini sezdi. Qoʻshnining qudugʻidan suv olgani chiqqan kelin quduq boshida qoʻshnilarga "yorildi”.

- Yoshi yetmishdan oshganida yangi chiqqan falon matodan koʻylak kiyibdi bizning kampir.

- Bu nima deganing? - ogʻrindi toʻrt kelining qaynonasi boʻlgan qoʻshni ayol. - Kiysa, qaynonang kiyibdi, begona emas. Chiroyli boʻlib yursa, obroʻying. Nima, qari odam yangi kiymasinmi?

- Undan koʻra uyini taʼmirlasin, yangi chiqqan gilamlardan olsin.

- Hay, kelin! - jahli chiqdi momoning. – Saodat opa oʻgʻil-qizlari uchun barcha ishni qilib boʻlgan. Uning uyi ham, gilami ham koʻngli, bilsang, koʻnglidan boʻlak boyligi yoʻq bu ayolning. Kerak boʻlsa, uyingni oʻzing taʼmirla, gilamlar sotib ol. Yodingda boʻlsin, kelinning bir qiligʻi ortiq boʻlsa, oilaning ustunini sindirar, deydilar. Umri mehnatda oʻtgan halol va pokiza Saodat momo oilangning ustuni. Uning koʻnglini xira qilsang, oʻzingning ham koʻngling sinadi, bolam.

Sandiqni ochgan - Robiya.

(Foto - http://www.tarona.net)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026