28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:13
Iqtisodiyot 👁 4,432

MAVSUMGA PUXTA HOZIRLIK KOʻRILMOQDA

MAVSUMGA PUXTA HOZIRLIK KOʻRILMOQDA

Bugungi kunda yurtimizning barcha shahar va qishloqlarida Prezidentimizning 2015-yil 7-iyuldagi "Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini va ijtimoiy sohalarini 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanimizda ham maktablar, maktabgacha taʼlim hamda tibbiyot muassasalari, korxona va tashkilotlar, turar-joy binolarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. 2015-2016-yilgi kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda tuman boʻyicha 803,2 mln. soʻm mablagʻ evaziga 2 ta, yaʼni "Chordara” mahallasidagi 5-sonli va "Yangiobod” mahallasidagi 43-sonli maktabgacha taʼlim muassasalarini mukammal taʼmirlash ishlari yakuniga yetish arafasida. Shuningdek, 180 mln. soʻm mablagʻ evaziga "Jumurovul” mahallasidagi 25-sonli hamda "Boʻzyop” ovulidagi 14-sonli maktabgacha taʼlim muassasalarini joriy taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan "Boyovul” mahallasidagi 9-sonli musiqa va sanʼat maktabida loyiha bahosi 1 mlrd. 705 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari, Oybek nomli mahalladagi 55-sonli maktabga 602,8 mln. soʻm mablagʻ evaziga yangidan 12x24 metr oʻlchamdagi sport zali qurilishi nihoyasiga yetkazilmoqda.

Mavsumga tayyorgarlik koʻrish jarayonida taʼlim muassasalarining jami 232,6 kvadrat metr hajmdagi singan oynalari almashtirilib, 8 ta qozonxonalar, 170 pogonometr ichki isitish tizimlari, 76 kvadrat metr tomlar joriy taʼmirlandi. 12 ta taʼlim muassasalarining 46 ta isitish qozonlari 119,6 mln. soʻmlik mablagʻ evaziga koʻmir va boshqa qattiq yoqilgʻilarga moʻljallangan tejamkor qozonlarga almashtirildi.

Halq taʼlimi sohasiga joriy yilda jami 690 tonna briket yoqilgʻisi jamgʻarish rejalashtirilgan boʻlib, 164,2 mln. soʻm mablagʻ briket olish uchun toʻliq oʻtkazib berildi va tez kunlarda taʼlim muassasalariga toʻliq yetkazib beriladi. Shuningdek, 51 ta taʼlim muassasalariga 135,8 tonna suyuq pech yoqilgʻisi yetkazib berish uchun "Ellikqalʼa neftbazasi” unitar korxonasining "Qoratov” filiali bilan shartnoma imzolandi va 138,9 mln. soʻm mablagʻ oʻtkazib berildi.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida 72 mln. soʻm mablagʻ evaziga 3 ta qozonxona va 8 dona qozonlar yoqilgʻining muqobil manbasi, yaʼni koʻmirga moslashtirilgan tejamkor qozonlarga almashtirildi. Jami 320 kvadrat metr singan oynalar yangisiga almashtirildi va 812 ta choʻgʻlanma lampalar elektr tejovchi lampalarga almashtirildi.

Mavsumga tayyorgarlik koʻrish jarayonida mazkur muassasalarning 3 ta qozonxonalari, 8 ta qozonlari, 0,4 km. uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini mukammal taʼmirlash ishlari toʻliq yakuniga yetkazildi. 51 ta qozonxonalar, 80 ta qozonlar va 0,32 km. uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirlandi.

Sogʻlikni saqlash muassasalarini 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha olib borilgan ishlar natijasida tuman tibbiyot birlashmasi va unga qarashli joylardagi tibbiyot muassasalari mavsumga toʻliq shay holga keltirildi. Bundan tashqari, 32 metr issiqlik tarmoqlari, 24 metr suv tarmoqlari, 41 metr tabiiy gaz tarmoqlarini joriy taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlandi. Markaziy shifoxonaga qarashli 45 ta oʻringa ega ftiziatriya boʻlimi binosi 2 mlrd. 448,6 mln. soʻm mablagʻ evaziga, "Oʻzbekiston” qishloq vrachlik punkti esa 100 mln. soʻm mablagʻ evaziga kapital taʼmirlandi. Shuningdek, "Qipchoq” qishloq vrachlik punktida homiylar hisobidan bajarilayotgan joriy taʼmirlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasi boʻyicha 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumiga 157 tonna koʻmir, 60 tonna suyuq yoqilgʻi jamgʻarish rejalashtirilgan boʻlib, shartnomalar imzolangan va mablagʻlar toʻliq oʻtkazib berilgan. Yaqin kunlar ichida barcha tibbiyot muassasalari koʻmir va suyuq yoqilgʻi bilan toʻliq taʼminlanadi.

Aholining kuz-qish mavsumini yaxshi oʻtkazishiga koʻmaklashish maqsadida tuman boʻyicha jami 8 ming tonnadan ortiq koʻmir va briket yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, shu kungacha 1380 tonna yoqilgʻining muqobil manbalari jamgʻarildi. Yaqin kunlar ichida aholiga talab qilinadigan koʻmir va briket mahsulotlarini toʻliq keltirish va sotish, zarur hollarda aholi yashash joylariga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Tumanda 2015-2016 yillar kuz-qish mavsumida barcha infratuzilmalarni uzluksiz ishlashga tayyorlash choralari koʻrilmoqda. Jumladan, elektr energiyasi yetkazib berishda uzilishlar boʻlishining oldini olish maqsadida 34 ta transformatorlar va jami uzunligi 104,5 km. boʻlgan havo tarmoqlari mukammal taʼmirlandi. 124 dona transformator va 640.7 km. uzunlikdagi havo liniyalarini joriy taʼmirlash ishlari ham deyarli yakuniga yetay deb qoldi.

"Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasining "Amudaryotumangaz” filiali tomonidan aholiga gaz yetkazib berishda uzilishlar boʻlishining oldini olish maqsadida 1 km. uzunlikdagi gaz quvurlarini rekonstruktsiya kilish, 245 dona gaz taqsimlash qurilmalarini taftish qilish, 65,3 km. uzunlikdagi gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash, 21,2 km. uzunlikdagi yer osti gaz quvurlarining holatini pribor usuli bilan tekshirish, 0,54 km. uzunlikdagi gaz quvurlarini boʻyash, 14500 ta dudburonlarning sozligini tekshirib, dalolatnomalar tuzish ishlari toʻliq va sifatli yakuniga yetkazildi. Shuningdek, 44 ta gaz taqsimlash shoxobchalari va 48 ta zadvijkalar boʻyalib, korroziyaning oldini olish choralari koʻrildi.

Tabiiy gaz bosimi past boʻlgan va gaz yetib bormaydigan uzoq masofada joylashgan aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Mangʻit shahrida suyultirilgan gaz ballonlarini toʻldirish shoxobchasi, Xolimbeg, Kuyuk koʻpir, Qipchoq ovullarida servis markazlari aholiga xizmat koʻrsatmoqda. 2015-yilning oʻtgan davri mobaynida aholiga 812,6 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi va 11 491 ta yangi ballonlar ijaraga tarqatildi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, tumanda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2015-2016 yillar kuz-qish mavsumida uzluksiz ishlashga tayyorlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar mavsumni yaxshi oʻtkazish imkonini beradi.

Bahodir ERNAZAROV, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari.

(Foto - https://kun.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026