28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:12
Iqtisodiyot 👁 3,729

TADBIRKOR – ELGA MADADKOR

TADBIRKOR – ELGA MADADKOR

Mustaqilligimiz tufayli mamlakatimizda tadbirkorlik sohasiga keng eʼtibor berilayotgani, shu tufayli yurtdoshlarimizning xususiy mulkka ega boʻlishayotgani umr boʻyi oʻqituvchilik kasbini eʼzozlab, shu sohada fidoyi mehnat qilib kelayotgan taniqli muallim Rajab aka Davumovning havasini keltirardi.

Turmush oʻrtogʻi bilan uch oʻgʻil va bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan Rajab aka farzandlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlarini maslahat qildi. Farzandlariga Mangʻit shahrida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar, ularning muvaffaqiyatlari haqida gapirib berdi. Shu tariqa Davumovlar oilasi tadbirkorlik sari dadil qadam tashladi.

2000-yilning oktyabr oyida "Davum Rajab” xususiy doʻkoni ish boshladi. Doʻkonda xaridorgir mollarning sotuvga chiqarilgani, xaridorlar bilan yaxshi muomalada boʻlishlik, eng asosiysi ular haqiga xiyonat qilmaslik "Davum Rajab” xususiy doʻkonining dovrugʻini elga tanitdi.

Oradan yillar oʻtib, Davumovlar oilasida amalga oshirilayotgan tadbirkorlik ishlarini yanada kengaytirish ehtiyoji sezildi.

Shu boisdan ham 2012-yilda "Davum Rajab” savdo shoxobchasi shu nomdagi masʼuliyati cheklangan jamiyatga aylanatirilib, uning qoshida umumiy ovqatlanish shoxobchasi ham tashkil etildi. Ayni kunda ushbu masʼuliyati cheklangan jamiyatda 6 kishi mehnat qiladi.

Biz "Davum Rajab” MChJ raisi NuriddinDavumovdan oʻz faoliyati haqida gapirib berishni iltimos qilganimizda u shunday dedi:

- Biz faoliyatimiz davomida xodimlarimizning hamisha oʻz vazifalariga munosib ravishda ish yuritishlarini doimiy ravishda nazorat qilib boramiz. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilishimiz, taom tayyorlashimiz albatta bizdan birinchi navbatda tozalikka eʼtibor berishimizni talab qiladi. Xoʻrandalarga xizmat koʻrsatadigan xodimlarning toza yurishlari, oʻrinlarning, idish-tovoqlarning toza tutilishi albatta ularning yaxshi ishtaha bilan ovqatlanishlariga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Otamiz Rajab Davumov biz – tadbirkor farzandlariga hamisha bir narsani - xaridorni ham, davlatimizni ham aldamaslikni nasihat qiladi. Shu sababdan ham biz otamiz oʻgitlariga amal qilgan holda xaridorlarga sidqidildan xizmat qilamiz va soliq hamda boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashga, hisobotlarimizni belgilangan muddatlarda topshirishga harakat qilamiz.

Biz yangi ish oʻrinlarini yaratishga ham alohida eʼtibor bermoqdamiz. Joriy yilda yana bir ish oʻrin yaratib, kollej bitiruvchisini ishga qabul qildik.

Rajab aka Davumovning yana bir farzandi Faxriddin Davumov ham ancha yillardan buyon tadibkorlik faoliyati bilan shugʻullanib keladi.

- ­­­­­­­­­­Men ham ukam Nuriddin kabi savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalariga rahbarlik qilaman. Shunday turdagi faoliyatlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan "Davumovlar” deb nomlangan masʼuliyati cheklangan jamiyatimizda 6 ishi mehnat qiladi, - deydi biz bilan suhbatda Faxriddin Davumov. – Biz oʻz faoliyatimizni olib borishda hamisha otamiz Rajab Davumovning maslahatlariga amal qilib kelamiz. Maqsadimiz - xalqimizga namunali xizmat koʻrsatib el ishonchini, ota-onamiz ishonchini oqlash.

Biz "Davum Rajab” va "Davumovlar” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati bilan tanishganimizda, ushbu jamiyatlar rahbarlari bilan suhbatlashgan vaqtimizda ularning Prezidentimiz Islom Karimovning va Hukumatimizning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, uni yanada rivojlantirish, ular faoliyatiga xalaqit beradigan gʻovlarni olib tashlash borasidagi Farmon va qarorlaridan benihoya hursand ekanliklarini his qildik.

Tadbirkorlarni el madadkorlari deyishadi. Biz bu gapning isbotini Rajab aka Davumovning tadbirkor farzandlari kabi el yurtimizga fidoyi xizmat qilayotgan kishilar misolida koʻrib turibmiz.

Allambergan JUMANIYoZOV,
www.amunews.uz muxbiri.

Maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026