BURÇ MASʼULIYaTINI HIS ETIB...
Inson tabiatan mehr-muhabbatga, yaxşilikka moyil. U özgalarga mehr-muhabbat, oqibat va muruvvat körsatiş barobarida özi ham boşqalardan mehr-oqibat, yaxşilik kutib yaşaydi. Çunki, mehr bilan boquvçi nigohlar inson yuragiga özgaça taft beradi. Muhabbatli nigohlar odamni ezgulikka yöllab turadi. Har bir yaxşilikning, yaxşi sözning zamirida esa yoruğlik bor. Könglini ğam-anduh, vujudini dard egallagan inson yaxşilikning, yaxşi sözning yoğdusida hayot gözalliklarini his etadi, ana şu yoğduga – gözallikka intilib yaşaydi.
Men şifokor sifatida insonlar tabiatida zohir bölgan ana şunday tuyğularga juda köp bora oşno bölganman. Oddiygina bir söz bemorning holatini oğirlaştirib qöygani yoki birgina söz bilan oğir xastaning oyoqqa turib ketganiga öz faoliyatimda neça yuz martalab guvoh bölganman.
Şifokorlar nima uçun oppoq libos kiyişadi? Heç öylab körganmisiz, şifokor libosining oqligi xususida?
Oqlik – avvalo poklik ramzi. Poklik esa nihoyatda keng qamrovli tuşunça, yaʼni, köngil tozaligi, vujud tozaligi, halollik va ezgulikka, yaxşilikka işora bor unda.
Demak, biz şifokorlar bemor könglining fariştalariday unga mehr-muhabbat, oqibat va muruvvat nigohi bilan boqişimiz, har bir mijozning qadr-qimmatini joyiga qöyişimiz bilan öz faoliyatimizda poklikka amal qilamiz.
TTBning fizioterapiya bölimiga muolaja oliş uçun har xil toifadagi bemorlar kelişadi. Ularni bezovta qilayotgan kasallik bilan kuraşişdan oldin eng avvalo bemorning ruhiyatiga monand muomala qilişga intilamiz. Çunki, fizioterapevtik muolaja usulida şifokor bilan bemorning özaro muomalasi muhim ahamiyatga ega.
Bölimimizga şifo istab kelgan har bir bemor bilan alohida-alohida muolaja kurslari olib boriladi. Buning uçun bizda barça şaroitlar muhayyo.
2012-2013-yillarda töliq taʼmirlanib, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan fizioterapiya bölimi kuniga 75-80 nafar bemorga malakali tibbiy xizmat körsatiş imkoniga ega. Elektroforez, magnitoterapiya, parafin qöyiş, UZT hamda davolaş-gimnastika-soğlomlaştiriş, uqalaş kabi muolaja xonalarining har birida kuniga 10-12 nafar bemor muolaja olmoqda. Hali yuqorida aytganimday, har bitta muolaja xonasida bemorlarga xizmat körsatuvçi şifokor va hamşiralarga şunday talab qöyiladi-ki, fizioterapevtik muolajadan söng albatta mijozlar xursand, yaxşi kayfiyatda çiqib ketişlari zarur. Biz öz faoliyatimizda albatta, bunga erişayapmiz. Zamira Allamberganova, Şohida Oymonova, Malohat Ozodova, Muhayyo Yangiboyeva, Latofat Sobirova, Malohat Örozimbetova singari hamşiralarimizdan mijozlar hamişa mamnun.
Men har gal bölimimiz şifokorlari bilan muloqotda bölganimda bir gapni juda köp takrorlayman:
- Inson-aziz, soğligi undan ham aziz. Biz ana şu azizlikka, barqaror hayotga, yaʼni insonlar salomatligiga masʼulmiz. Ularga yaxşi muomala, mehrli nigoh bilan xizmat körsatiş – burçimiz!
Ana şu burç masʼuliyatini his etib mehnat qilayotgan barça salomatlik posbonlariga anʼanaviy kasb bayramingiz qutluğ bölsin, deyman.
Zulxumor MAMATQULOVA,
tuman tibbiyot birlaşmasining fizioterapiya bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶