QISQA SATRLARDA
19-noyabr
"Jayxun ilhomlari" nodavlat notijorat taşkiloti aʼzosi, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist Saʼdulla Xöjaniyozov taşkilotçiligida şeʼriyat keçasi ötkazildi.
Keçada tumanimizning badiiy ijod bilan şuğullanayotgan 30 nafardan ziyod havaskor ijodkorlari iştirok etdilar.
Tadbirda taniqli yozuvçi Bahodir Xudoyberganov ham qatnaşib, yoş ijodkorlarning maşqlarini tinglab, yöl-yöriq va maslahatlar berdi.
* * *
23-noyabr
1-sonli Bolalar va ösmirlar sport maktabida seminar bölib ötdi.
Seminarda "Sport tögaraklarida tarbiyalanuvçi bolalarga zarur hollarda birinçi tibbiy yordam körsatiş”, "Sportçi şaxsiy gigiyenasi”, "Guruh jurnalini yuritiş tartibi”, "Sportçilarni BÖSMga qabul qiliş” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.
Şuningdek, kelgusida ötkazilişi rejalaştirilayotgan musobaqalar tartibiga kiritilgan yangiliklar haqida batafsil maʼlumot berildi.
* * *
24-noyabr
Manğit Iqtisodiyot kollejida Özbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi faxriylar Kengaşi tomonidan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi oldidan öquvçi-yoşlar bilan tadbir ötkazildi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining faxriylar Kengaşi raisi Ermuhammad Şermatov iştirok etdi va Konstitutsiyamizning xalqimiz, ayniqsa, yoşlar hayotida tutgan örni va ahamiyati haqida gapirdi.
* * *
25-noyabr
Manğit iqtisodiyot kollejida "Mahallam – mening taqdirimda” körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi. Unda körik-tanlovning saralaş bosqiçida eng yuqori ball töplaşga erişgan 11 ta ovul va mahallalar jamoalari iştirok etişdi.
Uçta şartdan iborat bölgan körik-tanlov natijalariga köra "Qiliçboy” ovulining "Nurafşon” jamoasi birinçi, Oybek nomli mahallaning "Oybek” jamoasi ikkinçi, "Toşyop” ovulining "Kelajak” jamoasi esa faxrli uçinçi örinni egalladi.
Ğoliblikni qölga kiritgan "Nurafşon” jamoasi mazkur körik-tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritdi.
* * *
26-noyabr
Törtköl şahrida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo va Törtköl tuman Kengaşlarining qöşma majlisi bölib ötdi.
Qöşma majlisni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi M.Yerniyazov oçdi va olib bordi.
Qöşma majlisda "Amudaryo va Törtköl tumanlarida 2016-yil hosili uçun zamin yaratiş, qişloq xöjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalaniş, qişloq xöjaligida tölov intizomini mustahkamlaş va fermer xöjaliklarining yer uçastkalari maydonlarini maqbullaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar haqida”gi masala muhokama qilindi.
Qöşma majlis qarori bilan Amudaryo va Törtköl tumanlari hokimlariga yer uçastkalarini beriş (realizatsiya qiliş) masalalarini körib çiqiş böyiça tuman komissiyalari tomonidan yer maydonlari maqbullaştirilgan va yangidan taşkil qilingan fermer xöjaliklari bilan yer ijara şartnomalarini tuziş topşirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶