Kumuş qişim
Odamlar bahorni yoşlikka mengzaydilar, yozni gullar fasli, sevgi-muhabbat fasli deb ardoqlaydilar. Kuzni pişiqçilik fasli, deb qadrlaydilar.
Qorli qişim, sen xafa bölma, sening ham özingga yaraşa jozibang bor, öynab-öynab yoğayotgan kapalak qorni körganda qaysi qalbda oq niyatlar uyğonmaydi, deysan.
Menimça, sen beğuborlik, poklikni uyğotasan. Lekin nimalardir seni xafa qiladiki, qahring keladi – ayovsiz izğirin yöllaysan baʼzan...
Balki odamlar qalbidagi xiralikni, hasadgöylikni, ğiybatçilik, bir-birovga çoh qaziş kabi illatlarni şu sovuq şamollaring bilan olib ketmoqçi bölarsan. Balki bu inson nomiga yaraşmagan odatlar yana kengroq tomir yoymasin, deb muzlatmoqçi bölarsan.
Maqsading neligini bilmayman-u, şunday savollarga özimça javob topganday bölaman.
Men hammaning yuragi qordek oppoq, quyoşdek porloq bölişini xohlayman.
Manzura SULTONOVA,
44-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶