"Obod turmush yili" yangiliklari
KOLLEJ OʻQUVChILARI UChUN OROMGOH
"Doʻrman” qishloq xoʻjalik va kasb-hunar kollejida oʻquvchilarning yozgi taʼtilda dam olishini tashkil etishga alohida eʼtibor berilmoqda. Shu maqsadda kollej yotoqxonasini oʻquvchilar oromgohiga aylantirish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Yozgi taʼtil boshlanishi bilan ushbu oromgoh 100 nafar oʻquvchini oʻz bagʻriga oladi. Taʼtil davomida bu yerda 300 nafar oʻquvchi miriqib dam olish, sport oʻyinlari bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
BALLI, QIZLAR!
Yaqinda Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida taʼlim olayotgan qizlar oʻrtasida "Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovda kollejning birinchi bosqich talabalari faol ishtirok etishib, gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Kollejning birinchi bosqich talabalaridan Mehribon Tursunboyeva birinchi oʻrinni, Shahnoza Xolmurodova ikkinchi oʻrinni va Shahlo Xolboyeva uchinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlishdi.
Koʻrik-tanlov gʻoliblari boʻlgan bu epchil va zukko qizlar kollej maʼmuriyatining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
YoSh SPORTChILAR YuTUGʻI
Shu yilning 15-16-may kunlari Nukus shahrida 1997-2005-yillarda tugʻilgan sportchilar oʻrtasida sportning stol tennisi va tennis oʻyinlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchiligi uchun musobaqalar oʻtkazildi.
Ushbu sport musobaqalarida Mangʻit shahridagi 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi yosh sportchilari faol ishtirok etishdi.
Stol tennisi musobaqasida Marina Kamlova va Muhriddin Rajabovlar birinchi oʻrinni, tennis boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda Boniyor Sobirov 1-oʻrinni, Dilshod Karimov 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldilar.
Yosh sportchilarimizning bu yutuqlarida stol tennis boʻiycha murabbiyi Xursand Rajabov va tennis boʻyicha murabbiy Bahrom Soatovlarning hissalari katta boʻldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶