12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:37
Iqtisodiyot 👁 3,626

TARAQQIYoT YÖLIDAGI MUSTAHKAM KÖPRIK

TARAQQIYoT YÖLIDAGI MUSTAHKAM KÖPRIK

Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan dastlabki yillarda davlat  soliq siyosatining asosiy yönalişi bozor munosabatlarini qaror toptirişga qaratilgan qator ilmiy asoslangan soliqlarni joriy etiş va şu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qayta taşkil etişdan iborat böldi. Soliq siyosatining keyingi yönalişi esa joriy etilgan soliqlarning samarali amal qilişini taʼminlaş maqsadida  soliq munosabatlarini amalga oşiruvçi tegişli muassasalarni taşkil etişga qaratildi.

Xususan, dastlab 1992-yilda Vazirlar  Mahkamasi qoşida Soliq boş boşqarmasi taşkil etilgan bölsa, 1994-yilga kelib, bu boşqarma Davlat Soliq qömitasiga aylantirildi va uning hududiy bölinmalari taşkil etildi.

Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanişini yaqqol tasavvur qiliş uçun şu davrni tört bosqiçga bölib körsatiş mumkin.

Birinçi bosqiç – Özbekistonning  öz soliq tizimini taşkil etiş va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oşiriş bosqiçi bölib, bu davr 1991-1994-yillarni öz içiga oladi.

1995-1997 yillarda amalga oşirilgan soliq islohotlarining ikkinçi bosqiçida soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslaştiriş va korxonalarning işlab çiqarişini rağbatlantirişga eʼtibor kuçaytirildi, yaʼni bu davrda işlab çiqariş samaradorligini oşirişga soliqlarning taʼsiri kuçaytirildi.

Soliq islohotining uçinçi bosqiçi 1998-yildan 2007-yilning oxirigaça davom etdi. Bu davrni soliq tizimida soliqlarni ixçamlaştiriş kontseptsiyasining boşlaniş davri deb ataş mumkin.

Bu bosqiçda soliq tölovçi yuridik şaxslarga imkoni boriça soddalaşgan, ixçamlaşgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlari va soliq tölaş muddatlari ixçamlaştirildi.

Törtinçi bosqiç 2008-yilning 1-yanvaridan, yaʼni Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining amalda kuçga kiritilişi bilan boşlandi va hozirgi kungaça davom etib kelmoqda.

Soliq islohotining hozirgi bosqiçida soliq tölovçi yuridik va jismoniy şaxslarga imkoni boriça soddalaşgan, ixçamlaşgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlari, soliq tölaş muddatlari ixçamlaştirilmoqda va soliq yuki muntazam ravişda yildan yilga kamaytirilmoqda.

Mustaqilligimiz eʼlon qilingandan keyingi 25-yil içida mamlakatimizda el-yurt, xalq farovonligi yuksaldi. Mana şu muvaffaqiyatlarimizda albatta soliq tizimining örni benihoya katta. Mamlakatimiz taraqqiyoti yölidagi mustahkam köprik vazifasini ado etayotgan uşbu soha rivojida bizning  tumanimiz soliq inspektsiyasi xodimlarining ham munosib hissalari bor.

Biz tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Javlon Örazmetov bilan suhbat uyuştirib, unga bir neçta savollar bilan murojaat qildik.

- Amudaryo tumani  Qoraqalpoğiston Respublikasidagi eng katta tumanlardan biri hisoblanadi. Tuman Davlat soliq inspektsiyasi jamoasi, yaʼni kadrlar tarkibi ham şunga yaraşa bölsa kerak?

- Haqiqatan ham, tumanimiz yirik tumanlardan biri bölganligi sababli Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat soliq boşqarmasi tomonidan 2015-yil 1-yanvar kuni tasdiqlangan  ştatlar jadvali böyiça  inspektsiyamizda 43 ta ştat mavjud bölib, şundan asosiy ştatlar böyiça işlovçilar soni 33 nafarni, xizmat körsatuvçi xodimlar soni 6 nafarni, texnik xizmat körsatuvçilar soni 4 nafarni taşkil etadi. Jamoa  rahbariyat, 9 ta şöʼba va 5 ta bölimdan taşkil topgan.

- Byudjet daromadlari davlatimiz xazinasini boyituvçi manba hisoblanadi. Davlatimiz qançalik boy bölsa, farovonligimizning ham yuksalişini biz hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan katta bunyodkorlik  işlarida yaqqol körib turibmiz. Aytingçi, tuman byudjetining daromadlar qismi qanday bajarilayapti?

- Byudjet daromadlari böyiça 2015-yil uçun belgilangan prognoz körsatkiçi 6 778,4 mln. sömni  taşkil qilib, haqiqatda 7 001,6 mln. sömga, yaʼni bu boradagi reja  103,4 foizga bajarildi. Bu körsatkiç oldingi yilning mos davriga nisbatan 13,4 foizga köp böldi.

- Jismoniy şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortiş böyiça olib borilayotgan işlar haqida gapirsangiz?

- Jismoniy şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortiş böyiça bir qança işlar amalga oşirilayapti. 2015-yilning 1-yanvar holatiga 724 nafar yakka tadbirkor yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan şuğullaniş maqsadida röyxatdan ötgan. Şundan 2 nafar yakka tadbirkor Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentyabrdagi 413-sonli Qaroriga asosan importyor sifatida tuman davlat soliq inspektsiyasida röyxatdan ötgan.

Yakka tartibda faoliyat körsatayotgan tadbirkorlar uçun soliq tölaş böyiça belgilangan rejalar töliği bilan bajarilayapti.

- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-yanvardagi "Çakana savdo va xizmat körsatiş sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga soliş töğrisida”gi PQ-1910-sonli Qarori ijrosini taʼminlaş hamda naqd pul mablağlarining bankdan taşqari muomalasini yanada qisqartiriş borasida qanday nazorat tadbirlari  amalga oşirilmoqda?

- Tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan hududlarda naqd pul tuşumlarini nazorat qiliş va hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan bir qança işlar amalga oşirildi.

Tuman hududida naqd pul tuşumi imkoniyatiga ega bölgan 711 ta savdo va pullik xizmat körsatuvçi şoxobçalar faoliyat yuritib, inkassatsiya bölimlari orqali bank kassalariga kunlik naqd pul tuşumlarini topşirib kelmoqda.

- Savdo va pullik xizmat körsatiş obʼektlarida tölov terminallarining örnatilişi böyiça ham gapirib ötsangiz?

- Tuman hududida 2015-yil 31-dekabr holatiga savdo va pullik xizmat körsatuvçi 663 ta şoxobçada tölov terminallari örnatilgan.

Tumanda alkogolli mahsulotlar savdosi bilan şuğullanuvçi, yaʼni litsenziyaga ega bölgan savdo şoxobçalarining soni jami 35 tani taşkil qilmoqda. Ularda ham tölov terminallaridan töla foydalanilmoqda.

- Tuman Davlat soliq inspektsiyasining taşkiliy nazorat inspektorlik şöʼbasida murojaatlarga qanday munosabatda bölinmoqda?

- Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq tuman Davlat soliq inpektsiyasida ijro intizomiga alohida eʼtibor berilayapti. 2016-yilning 1-yanvar holatiga inspektsiyamizda jami 13357 ta hujjat röyxatga olingan bölib, şundan 4835 tasi yuqori taşkilotlardan, 28 tasi tuman hokimligidan va 1325 tasi tumandagi boşqa taşkilotlardan kelib tuşgan hujjatlardir. Tuman Davlat soliq inspektsiyasiga kelib tuşgan murojaatlar öz vaqtida körib çiqilib, ijrosi töliq taʼminlanmoqda.

Tuman Davlat soliq inspektsiyasiga 2016-yil 1-yanvar holatiga fuqarolardan yozma ravişda 54 ta  murojaat kelib tuşgan. Yozma ravişda kelib tuşgan 54 ta murojaatdan 53 tasi DSI tomonidan belgilangan tartibda örganib çiqilgan va xat egalariga yozma ravişda javob yuborilgan.

2015-yil davomida tuman Davlat soliq inspektsiyasining 515-49-02 raqamli işonç telefoniga jami  52 ta xabar kelib tuşgan.

Şundan 50 ta xabar böyiça tegişli çoralar körilgan va murojaat egasiga yozma ravişda javob xati   taqdim etilgan. 2 ta murojaat körib çiqilmoqda.

Biz bundan keyin ham sohamizni rivojlantirişga munosib hissa qöşişga, iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga öz uluşlarini qöşayotgan tadbirkorlarimiz faoliyatini qöllab-quvvatlaşga eʼtiborimizni yanada kuçaytiramiz.

Suhbatni "Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbiri Allambergan JUMANIYoZOV yozib oldi.

(Foto - http://turkistonpress.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026