KÖRGAZMALI SEMINAR BÖLIB ÖTDI
3-mart kuni tumanimizda Respublika Hukumati tomonidan belgilab berilgan
qişloq xöjaligiga oid 11 ta ustuvor yönalişdagi işlarni taşkil qiliş
masalalariga bağişlangan Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça körgazmali seminar
bölib ötdi.
Yangi taşkil qilingan fermerlar Kengaşi faoliyatini rivojlantiriş, qişloq
xöjaligi korxonalarida debitor va kreditorlik hisob-kitoblarni yuritiş, aholi
tomorqasidan unumli foydalaniş, texnikalarni yangi mavsumga tayyorlaş va
yangilarini sotib oliş, irrigatsiya, agrotexnika tadbirlarini sifatli ötkaziş,
meva-sabzavot, uzumçilik va boğdorçilik, çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik
va asalariçilik, pillaçilik sohalarini rivojlantiriş, dehqon bozorlarini
tartibga soliş, narx-navoning asossiz ösib ketişining olldini oliş, qişloq
xöjaligi mahsulotlarini uzoq muddatga saqlovçi siğimlar taşkil qiliş hamda
hududlarda yengil sanoatni rivojlantiriş masalalari seminar kun tartibida böldi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Musa
Yerniyazov, Respublikaga Vazirlar Mahkamasidan biriktirilgan vakil Şuhrat Teşayev,
Vazirlar Kengaşi raisi Bahodir Yangiboyev, vazirlik va idoralar xodimlari hamda
boşqalar iştirok etdilar. Iştirokçilar tumanimiz hokimi Rajabboy Yöldoşev
boşçiligida dastlab tumanimizdagi «Amudaryo Agrotexservis» masʼuliyati çeklangan
jamiyatida bölişib, qişloq xöjaligi texnikalarining yangi mavsumga tayyorgarligini
közdan keçirdilar va mazkur parkka yangidan olingan texnikalar böyiça maʼlumotga
ega böldilar. Söngra «Tursunboyeva Umida» fermer xöjaligida buğdoyni
oziqlantiriş işlari bilan tanişib, erta bahorda buğdoy tarbiyasida amalga
oşiriladigan agrotexnik tadbirlar töğrisida maʼlumotga ega böldilar.
"Çoyköl” ovulida aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalaniş böyiça
qilinayotgan işlar hamda «Yöldoşev Örozboy» fermer xöjaligida meliorativ
tadbirlarlarni amalga oşiriş jarayoni bilan tanişdilar.
Seminar iştirokçilari tumanimizdagi «Amu sohili» fermer xöjaligida ham
bölişib, bu yerda yangi taşkil etilgan çorva kompleksi faoliyati bilan tanişdilar.
Iştirokçilar "Çoyköl” ovulidagi «Amudaryo biomahsulot» biolaboratoriyasi faoliyati
bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, mazkur ovul hududida taşkil qilingan yangi
boğda intensiv usulda ekilgan nihollar parvarişi, boğlarda bahorgi agrotexnika
tadbirlarining bajarilişi va boğdorçilikni rivojlantirişga oid boşqa masalalar
böyiça fikr almaşildi.
Qişloq xöjaligida faqat mahsulot yetiştiriş emas, yetiştirilgan
mahsulotni qayta işlaş va eksportga çiqariş şu kunning dolzarb masalalaridan
biridir. Seminar qatnaşçilari «Aziya Silk» şöʼba korxonasida bölişib, bu yerda
tumanimizda yetiştirilgan pillani töliq qayta işlaş imkoniyatlari bilan
tanişdilar.
Seminar
Qiliçboy ovulidagi «Amirxon» fermer xöjaligida davom etdi. Bu yerda fermer
xöjaliklarini köp tarmoqli xöjalikka aylantiriş masalalari muhokama qilindi.
Söngra körgazmali seminar tuman hokimligi binosiga köçdi. Unda tuman Qişloq va
suv xöjaligi bölimi hamda tuman fermerlar Kengaşining xonalari közdan
keçirilib, bu yerga taşrif buyuruvçilar va işlovçilar uçun yaratilgan
şart-şaroitlar yuqori baholandi.
Seminar
hokimlik binosida iştirokçilarning yakuniy uçraşuvi bilan nihoyasiga yetdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶